1
1-Ma’ruza
Mavzu: Borland C++ Builder dasturlash muhitiga kirish.
Reja:
1.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining interfeysi.
2.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining menyular satri.
3.
Borland C++ Builder dasturlash muhitining tezkor tugmalari
Ixtiyoriy dasturlashdan minimal bilimga (dasturlashdan maktab kursidan)
ega foydalanuvchi ham Borland C++ Builder 6 muhitni tezda o’rgana oladi. Bu
muhitning soddaligi professional programmist bo’lishga xalaqit qilmaydi.
Dasturlash muhitlari ichida eng sodda
muhitlardan biri hisoblanadi, bir
nechta mashqlarni mustaqil bajargandan keyin, muhitdan kishining ajralgisi
kelmaydi.
Umuman har qanday yangi texnologiyani o’zlashtirayotganda bilgan
o’rgangan bilimlarni amalda tez-tez takrorlab turmasa xotirada
saqlab qolishning
iloji bo’lmaydi. Yangi tushunchani takrorlab xotiraga joylash va uni tadbiq
qilishni bilgandan keyingina xotirada mustahkam joylashadi. Har bir dasturlash
tili, muhiti o’zidan oldingi tillarning mukammal tomonlarini o’zida
mujassamlashtiradi,
uncha
muvaffaqiyat
qozonmagan
tomonlarini
mukammallashtirish hisobiga rivojlantiriladi. Shunga ko’ra bitta zamonaviy tilni
mukammal bilgan dasturchi ikkinchi tilni katta kuch va vaqt sarflamasdan
o’rgana oladi. Dasturchilar tillarni o’rganayotganda birini ikkinchisi bilan
solishtirib o’rganishadi. Masalan, Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash (OYD)
zamonaviy dasturlash tillarining asosini tashkil qiladi. Demak barcha zamonaviy
dasturlash tillari umumiy qoidalarga bo’ysunadi.
OYDda har bir dasturlash elementi obyekt sifatida qaraladi. Bunda obyekt,
barcha hollarda ma’lum umumiy qoidalarga va xususiy qoidalarga ega bo’ladi.
Bu obyektlar oynalar, tugmalar, konteynerlar va Canvas lar ko’rinishida bo’lishi
mumkin.
Bunda har bir ilova kichik qismlarga ajratiladi va yakunida
bu qismlar
birlashtiriladi.
Borland C++ Builder 6 muhitida Windows osti ilovalar yaratish juda oson.
Borland C++ Builder 6 interfeysi 1-rasmda keltirilgan.
OYD da qadamba qadam alohida uncha katta bo’lmagan dasturlarni
funktsiya metodlari amalga oshirsa, harakatlanuvchi jarayonlarni qayta ishlash
uchun
xodisa amalidan, chaqiriluvchi obyektlarni tugmalar va oynalar bilan
ifodalaydi.
Dasturchilar tilida bu interfeysga tez qayta ishlovchi muhit RAD
(Rapid Application Development) deb atashadi. Bunga sabab bu muhitda
dastur, ilova tuzish va uning dizaynini qurishda
tayyor obyektlar va
3
1-rasm. Borland C++ Builder 6 interfeysi
Masalan, kompyuter avtomatik ravishda xodisani qayta ishlovchi funktsiya dasturi
matnini hosil qiladi.
Interfeysning tepasi 2-rasmda C++ Builder 6 – Project1 asosiy oynasi
–
joylashgan
2-rasm. Interfeysning asosiy oynasi
Ilova bu – tayyor bajariluvchi fayl hosil qilish uchun kerak bo’ladigan barcha
fayllar to’plamidir. Masalan, ilova tarkibiga dastur matni,
tovush fayllari, ikonka
rasmlari va shu kabi ilovaga, kerakli fayllar kirishi mumkin. Bunda har bir ilova uchun
alohida papka hosil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki ilovani boshqa
kompyuterga o’tkazmoqchi bo’lsak va papkada saqlamagan bo’lsak, ularni
yig’ishimizga to’g’ri keladi. Bunda interfeysning o’zi
ilovani saqlashni talab qiladi,
ammo papka hosil qilishni o’zimiz bilishimiz kerak.
Interfeysning asosiy oynasi sarlavha oynasida ilova nomi, ilovani tiklash,
berkitish tugmalari joylashgan. Sarlavha nomi tagida asosiy menyu joylashgan. Bu
menyu orqali muhitning barcha funktsiya va komandalarini ishga tushirish mumkin.
Asosiy menyuning tagida tez tugmalar joylashgan. Bu tugmalar ma’nolariga ko’ra
guruhlarga ajratilgan. Bu tugmalar orqali tez-tez ishlatiladigan komandalarni ishga
tushirishimiz mumkin. Bu tugmalarning o’ng tomonida vizual komponentalar VCL
4
(Visual Component Library - vizual komponentlar kutubxonasi) palitrasi
joylashgan. Bu shunday obyektlarki yoki shunday
dasturlash komponentalariki,
bular yordamida Windows uchun vizual dasturlarni tezda yaratish mumkin.
Komponentalar yordamida har xil tugmalar, rasmlar, yozuvlar, taymerlar,
kalendar va hokazolarni ilovaga kiritishimiz mumkin.
Vizual komponentalar
palitrasi ma’nosiga va vazifasiga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
Bu muhitning barcha oynalarini berkitish mumkin faqat asosiy oynani berkitsa ilovadan
chiqib ketiladi, boshqa barcha oynalar o’lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish
imkoniyatiga egamiz.