Ishchi muhаndis vа tеxnik xоdimlаrni
xаvfsiz ishlаsh usullаrigа o’rgаtish tаrtibi.
Kоrxоnаlаrdа kаsbi bo’lmаgаn yoki kаsbini o’zgаrtirishni istаgаn hаmmа ishchilаrni ishlаb chiqаrish jаrаyonining xаvfliylik dаrаjаsidаn qаt’iy nаzаr, xаvfsiz ishlаsh usullаrigа o’rgаtilishi shаrt. Kоrxоnаlаrdа xаvfsiz ishlаsh usullаrini o’rgаtishni tаshkil qilish, shukоrxоnа rаhbаri zimmаsigа yuklаtilаdi.
Xаvfsiz ishlаsh usullаrini o’rgаtishning sifаtini tеkshirib bоrish, shu kоrxоnа mеhnаtni muhоfаzа qilish bo’yichа muxаndisi yoki birоrtа muxаndis-tеxnik xоdimgа (аgаr bоshliqning buyrug’i chiqаrilgаn bo’lsа) yuklаtilаdi.
Xаvfsiz ishlаsh usullаrini o’rgаtish dаsturi: yo’l-yo’riq bеrish, hаmdа аmаliy ishni xаvfsiz bаjаrish yo’llаrini, ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi, yong’in xаvfsizligi tаlаblаrini o’rgаnishni o’z ichigа оlаdi.
Xаvfsiz ishlаsh usullаrini o’rgаnishgа kеtаdigаn vаqtni bаjаrilаdigаn ishning оg’ir еngilligigа vа xаvfliylik dаrаjаsigа qаrаb bоsh muxаndis tоmоnidаn bеlgilаnаdi.
Ishlаb chiqаrishdа ishchilаrgа mеhnаt muhоfаzаsini o’rgаtish dаsturi ikki bo’limgа bo’lib o’rgаtilаdi.
1. Mеhnаt muhоfаzаsi bo’yichа umumiy mаsаlаlаr (umumiy bo’lim)
2. Ishchi o’z kаsbi bo’yichа ish bаjаrishidа mеhnаt xаvfsizligi (аsоsiy bo’lim) Mеhnаt muhоfаzаsi bo’yichа umumiy mаsаlаlаrdа ishchilаr quyidаgilаrni bilishi shаrt. Mеhnаt qоnuniyatlаri, mеhnаt xаvfsizligi ustidаn dаvlаt vа jаmоаt nаzоrаti, bаxtsiz hоdisаlаrni оldini оlish, ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi vа gigiеnаsi, elеktr xаvfsizligi; yong’in xаvfsizligi bo’yichа аsоsiy tushunchаlаr.
Аsоsiy bo’lim dаsturi, bаjаrilаdigаn ishning оg’irligi vа xаvfliyligigа bоg’liq bo’lib, quyidаgilаrni o’z ichigа оlаdi: ishlаb chiqаrish jihоzlаri vа dаstgоhlаrini ishlаtishdа hаmdа tеxnоlоgik jаrаyonlаrni bаjаrishdа, qоnun, qоidа vа yo’llаnmаlаrni yaxshi o’rgаnib, ish bаjаrish hаmdа xоm-аshyodаn fоydаlаnishdа, dаstgоhlаrning tuzilishi vа bоshqа xаvfsizlik qоidаlаrigа o’rgаtilаdi.
Mazkur yo'riqnoma turli charxlash stanoklarida kesuvchi asboblarni charxlash va me'yoriga (o'lchamiga) yetkazishni bajaruvchi charxchilar uchun mo'ljallangan.
Charxchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
tibbiy ko'rikdan o'tganlar. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar. kirish instruktaji, shuningdek, bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar. Charxchi quyidagilarga majbur:
ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;
ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish;
yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish;
ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlardagi qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga (brigadiri)ga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik.
Charxlash stanoklarida ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari charxchiga ta'sir etishi mumkin:
elektr toki;
abraziv changi;
detallarga ishlov berishda uchib chiqayotgan metall va abraziv zarralari;
ishlov berilayotgan detal va asbob yuzalarining yuqori temperaturasi (harorati);
titrash (vibrasiya) va shovqin.
Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ish boshlashdan oldin charxchi quyidagilarga majbur: ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual himoya vositalarini kiyish, tartibga solish, yeng qaytarmasini tuglash yoki rezina bilan bog'lash, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish. Quyidagilarni tekshirishi lozim:
Asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini. stanokning aylanuvchi qismlari va shpindelning chiqib turuvchi uchlari himoya to'siqlari yaroqliligini. oqimli-tortuvchi ventilyasiya va changtutgich qurilmalar yaroqliligi va ishlashini. jihozlar yaroqliligi va zaminlash konturining mavjudligini. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini. qo'llanilayotgan pardozlovchi toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi ko'rsatilgan jadval mavjudligini. gorizontal o'q bo'ylab aylanma harakatga ega charxlash stanoklarida sinmaydigan oynali aytaruvchi himoya ekranlari mavjudligini;
himoya ekranlari blokirovkasi (muhofazasi) ishini. Ekranning qaytarib tashlashi stanok shpindelining ishga tushirilishi bilan blokirovka qilinishini. flanes va pardozlovchi qism orasida qalinligi 0,5-1mm bo'lgan elastik karton qistirma (prokladka) mavjudligini hamda flanesni qisuvchi gaykalarning tortilish mustahkamligini. pardozlovchi charxtosh (ishlatilmagan, yangi) va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi masofa (zazor) mavjudligi va quyidagi o'lchamlarda bo'lishini. diametri 100 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 9 mm;
diametri 101-300 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 10 mm. diametri 301-600 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 15mm. Ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash. Qo'ltirgak (podruchnik) chekka qismi bilan pardozlovchi charxtosh ishchi yuzasi orasidagi masofani (zazor) rostlash. Bu masofa charxlanayotgan buyum qalinligi yarmidan kichik bo'lishi va 3 mm dan oshmasligi (podruchnikning pardozlovchi charxtosh tomoniga joylashgan chekka qismida o'yiq, singan joyi va boshqa nuqson (defekt)lar bo'lmasligi) shart. Stanok ishini salt yurishda tekshirish. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik.
Ish davomida charxchi kuyidagilarga majbur: charxlash uchun berilgan kesish asbobi, detal va tayyorlanmalarni (zagotovka) ish va o'tish joylarini tirband qilmasdan dastgohga (verstakka) tartib bilan joylashtirish; tayyorlanma va detalga ishlov berishdan oldin uni moydan tozalash; mayda detallarni charxlashda yoki pardozlashda qo'lning jarohatlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni tiski yoki iskanjalash moslamalarida mustahkam mahkamlash; o'rtacha yoki yirik detallar bilan ishlashda qo'lkoplardan foydalanish; markazlarda ishlov berilayotgan o'qli (osevoy) asboblarini charxlashda normal markaz teshiklaridan foydalangan holda, markazlar uchi markaziy teshiklar tubiga tegib qolmasligini ta'minlash; dastaki surishda tayyorlanma yoki asbobni pardozlovchi charxtoshga siltashlarsiz, zarblarsiz, shiddatli bosimsiz ravon yo'naltirish. Asbobni olmos charxtosh bilan charxlash va me'yoriga yetkazishni faqat sovutish suyuqliklari qo'llanilgandagina amalga oshirish. Asboblarni sovutish suyuqligi bilan charxlashda suyuqlik abraziv yoki olmos charxtoshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z vaqtida kaytishini kuzatish.
Quruq charxlashdan nam (sovutish suyuqligi ishtirokida) charxlashga o'tishda, pardozlovchi toshning yorilishi oldini olish uchun, uni birlamchi sovutish va shundan so'ng asbobni sovutish suyuqligi bilan charxlashni boshlash mumkin. Abraziv charxtoshlarni rostlashni olmosli, olmos-metall qalamlar yoki maxsus sharoshkalar bilan rostlashning belgilangan texnologiyasiga muvofiq ravishda amalga oshirish. Abraziv va metall changlarini stanokdan maxsus cho'tkalar yoki qirg'ichlar yordamida tozalash. Pardozlovchi charxtoshni zarb va turtinishlardan saqlash kerak.
Abraziv pardozlovchi charxtoshlarni almashtirishda quyidagi xavfsizlik choralarini qo'llash zarur: stanok ishini to'xtatish va elektrodvigatelni o'chirish; abraziv charxtosh tashqi holatini, o'yiq va yoriqlarini aniqlash maqsadida ko'zdan kechirish. Sinov sanasi va ruxsat etilgan ishchi tezligi ko'rsatilgan yorliq mavjudligini tekshirish. Charxlash stanogida ishlashda kuyidagilarni tekshirish zarur: pardozlovchi toshning o'q bo'ylab yoki radial tepishi yo'qligini; boshqarish organlarining yaroqliligini; pardozlovchi charxtosh yorilib ketishi mumkin bo'lgan xavfli zonadan chekkada turish, stanokni salt yurishda 3 minut davomida tekshirish. Quyidagi hollarda stanokni to'xtatish va elektrodvigatelni o'chirish: qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok yonidan uzoqlashganda; vaqtinchalik ish to'xtatilganda; elktr energiyasining uzatilishi uzilganda; stanokni yig'ishtirishda, moylashda va tozalashda; xavfli bo'lgan biron-bir nosozlik aniqlanganida; boltlarni va boshqa mahkamlash detallarini tortishda; ishlov berilayotgan asbobni o'rnatishda, rostlashda va yechishda. Quyidagilar taqiqlanadi: har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash; stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish; stanokka sinalmagan hamda yoriq, o'yiq va siniq joylari mavjud pardozlovchi charxtoshlarni o'rnatish; shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismlariga qo'lni bosish bilan to'xtatish; pardozlovchi charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish; ishlayotgan stanokda kalitlarni, moslama va boshqa asboblarni qoldirish; pardozlovchi tosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda pardozlovchi tosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa; charxlashda asbobni osilgan holda tutib turish; pardozlovchi toshni mahkamlashda gayka kalitlariga uchlik(nasadka)larni va zarba beradigan asboblarini qo'llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |