2- MA’RUZA
Metallga kesib ishlov beruvchi dastgohlarda ishlaganda xavfsizlik qoidalari va mashinasozlik jihozlarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari.
Reja:
Xavfsizlikni umumiy talablari
Tokarlik, parmalash va yo’nib kengaytirish dastgohlarida mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi
Jilvirlash, kombinatsiyalashgan, tish va rezba kesish, frezalash dastgohlarida mehnat xavfsizligi.
Oyish va sidirish, kesib tushirish va har xil guruhga kiruvchi dastgohlarida mehnat xavfsizligi.
Mashinasozlik sexlarida metallarga metal qirquvchi dastgohlar yordamida turli operatsiyalar bajarilib, detallar olinadi. Bu jarayon inson ishtirokisiz bo’lmaydi.Dastgohlarda ishlashda ishchi xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilmaydigan bo’lsa nafaqat o’zi balki atrofidagi boshqa insonlar hayotiga ham rahna solishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida korxona va zavodlar tomonidan barcha ishga yangi kirgan ishchilar texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitilib, ruxsatnomalar berilib keyin ish o’rinlari bilan ta’minlanadi.
Ishchini normal ishlay olishi uchun:
Dastgohlarni asosi polga siljimaydigan qilib mahkamlangan bo’lishi lozim.
Dastgohlarni alohida qisnlari bir-biri bilan boltlarda mahkamlanishi shart, o’rnatish va ta’mirlash ishlarini oson bo’lishini ta’minlash maqsadida.
Ish joyida stellaj (zagatovka va tayyor detallarni qo’yish uchun), shkaf (asboblar va moslamalarni qo’yish uchun) va yuk ko’tarish moslamalari bilan ta’nimlangan o’lishi lozim
Ishchi quyidagilarga majbur:
Ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;
Ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
Ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish;
Berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, ximoya kuzoynaklaridan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;
Yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish;
Ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
Stanokda qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik.
Ishchi quyidagilarga majbur:
O’zi ishlayotgan stanokni ekspluatasiya kilish bo'yicha zavod yo’riqnomasini bilish va bajarish;
Kuchlanish ostiga tushib qolgan kishilarni elektr toki ta'siridan ozod qilish va birinchi yordamni ko'rsatish usullarini bilish;
Yonginni o'chirish vositalaridan foydalanishni bilish;
Elektr va yongin xavfsizligi talablarini bajarish;
Ishchi ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishchiga ta'sir etishi mumkin:
Jixozda ishlash jarayonida elektr toki urishi;
Moylash-sovutish suyuqligi (SOJ) bilan ishlash;
Detallarga ishlov berishda metall qirindilaridan shikast yetkazilishi;
Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik qoidalari
Ish boshlashdan oldin tokar quyidagilarga majbur:
Ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va himoya kuzoynaklarini kiyish, tartibga solish, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish;
Stanoklarda sovutish moylari va suyukliklari qullanilgan xollarda, qulga profilaktik malxam(pasta)larni surish;
Ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash;
Asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini tekshirish;
Blokirovka (muhofazasi) va saklagichlar, zaminlash konturi yaroqliligini va jihozlar yaroqliligini tekshirish;
Tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar xamda elektr apparatlari tok o'tkazish qismlari; kirindilardan, sovutish suyuqliklaridan saqlash qurilmalari; asbobni mahkamlash qurilmalari himoya to'siqlarining mavjudligini tekshirish;
Oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini tekshirish.
Stanokni salt yurishda sinab ko'rishi va quyidagilarni tekshirishi lozim:
Boshqarish organlarini yaroqliligini (bosh harakat mexanizmlari, surish, harakatni ishga tushirish, to'xtatish va boshqalar);
Moylash va sovutish sistemalari yaroqliligini.
Yaqin atrofda joylashgan ish joylarini va o'tish joylarini uchayotgan qirindi va moylash-sovutish suyuqligi (soj) sachrashidan saklash uchun ximoya ekranlari va qalqonlari o'rnatish kerak.
Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik.
Quyidagilar taqiqlanadi:
Qirindi uchish yo'lida turish;
Chirmashgan qirindi yo'nalishini o'ziga to'g'irlash;
Yo'nilgan teshikdan qirindini qo'lda olish;
Har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash;
Nosoz va zurur ximoya tusiqlari bo'lmagan stanokda ishlash;
Kulachaklarining ishchi yuzasi yeylangan siquvchi patronlardan foydalanish;
Teskari aylanishda (revers) o'z-o'zidan yechilib ketishini oldini oluvchi suxarilar bilan patron maxkamlanmagan xolata ishlash;
Gayka kalitlarini quvur yoki boshka ulanmalar bilan uzaytirish;
Quyrug'i shikastlangan asbobni o'rnatish;
Asboblarni, detallarni va boshqa predmetlarni stanina va oldingi babka qopqog'i ustiga qo'yish;
Dastagi halqasimon bo'lgan ilgakdan foydalanish;
Stanok ishlayotgan xolatda ishlov berilayotgan chiviqni qo'lda mahkamlash va shpindelga uzatish;
Detalni mahkamlagandan so'ng toresli kalitni patron uyasida qoldirish;
Muddatini o'tagan va urilgan markazlar bilan, xamda tezkor kesishda aylanmaydigan markazlar bilan ishlash;
Shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismiga yoki detalga qo'lni bosish bilan tuxtatish;
Texnologik jarayonda ko'rsatilgan kesish rejimlarini usta bilan kelishmasdan o'zgartirish;
Shpindel aylanayotgan xolatda stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish;
Kesib tushirish vaqtida ishlov berilayotgan detalni qo'lda ushlab turish;
Ish va o'tish joylarini ivirsitish va tirband qilib yuborish.
Detal va xom ashyolarni oyoq ostga polga joylashtirish (joylashtirish uchun tagliklar, konteynerlar, tayanchlar va boshqalar).
Ish boshlashdan oldin quyidagilarni tekshirishi:
Jilvir toshning yaroqliligini (o'yiq, singan va yorilgan joyi bo'lmasligi shart);
Stanok ishini salt yurishda bir minut davomida tekshirish va shu bilan birga ishlayotgan jilvir toshdan chetroqda turishi;
Changtutkich qurilmasining chang surishi qo'shilishi yoki qo'shilmasligini tekshirish (u stanok qo'shilishi bilan birlashtirilgan bo'lishi shart);
Qo'ltirak (podruchnik) to'g'ri o'rnatilganligini tekshirish, qo'ltirak bilan jilvir charxtosh orasidagi masofani (zazor) 3 mm dan oshmasligi shart. Bundan tashqari qo'ltirak ishlov berilayotgan detalni joylashtirish uchun yetarlicha yuzaga ega bo'lishi va uni shunday o'rnatilishi lozimki detalning jilvir tosh bilan teguvchi yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan yoki undan 10mm dan oshmagan balandlikdan o'tuvchi gorizontal tekislikda bo'lishi shart;
Himoya ekrani yoki hamma boltlari mahkamlangan orqa kojuxning yon devorlari bo'lmagan xolatlarda ishga kirishmastlik;
Charxlash stanogida ishlash davomida ishchi qo'yidagilarga majbur:
Jilvir tosh aylanish tekisligiga nisbatan yon tarafda turishi;
Ishlov berilayotgan detalni jilvir toshga siltashlarsiz, zarblarsiz, shiddatli bosimsiz ravon yunaltirish;
Jilvir toshning yon (tores) yuzasi bilan detalga ishlov bermaslik (bu kabi ishlar maxsus stanoklarda bajariladi);
Asbob yoki detalni charxlashda ularni qo'ltirak bilan jilvir tosh orasida qisilib qolmasligi uchun qo'lda ishonchli tutish kerak, bunda detalni qo'lqoplar yordamida ushlash ta'qiqlanadi;
Jilvir tosh yoylanishiga qarab uni markazga nisbatan balandligini xamda qultirak va jilvirtosh oralig'ini (zazor) rostlash.
Charxlash, shilish-jilvirlash stanogida quyidagi xolatlarda ishlash taqiqlanadi:
Jilvir tosh tepishida va stanok titragan (vibrasiya) xollarda;
Kojux bo'lmaganda, yaroqsiz bo'lganda yoki konstruksiyada ko'zda tutilgan barcha boltlar bilan mahkamlanmagan xolatlarda;
Changtutkich qurilmasining chang surishi talabga javob bermagan xolatlarda (abraziv chang stanok yoniga tushadi);
Qo'ltiraklarning ishonchsiz mahkamlanganida;
Jilvir toshning belgilangan normadan ko'proq yeylanganida;
Ruxsatsiz jilvir toshni almashtirish, xamda jilvir toshlarni (to'g'irlash) qayrash (bu ishlarni maxsus o'qitilgan ishchi bajarishi shart);
Qo'lni shikastlanishidan saqlovchi maxsus moslama va opravkalardan foydalanmasdan mayda detallarni jilvirlash va charxlash;
Aylanayotgan jilvir toshni yot predmetlarni bosish bilan to'xtatish;
Himoya ekranini ulab-uzgich blokirovkasini uzib qo'yish va usiz ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |