MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI Ona tilini chuqurlashtirib o‘rgatishning ba’zi masalalari. O‘zbekistonda ona tilini chuqurlashtirib o‘rgatish ishi asosan 1989-90 o‘quv yilidan boshlandi. Shu o‘quv yili boshida “Yangi o‘quv yilida ona tilini o‘qitish haqida” deb nomlangan maqolada mana bunday yo‘l-yo‘riq berilgan edi:
“Respublikamizning bir qator rayonlaridagi ayrim maktablarda ona tili chuqurlashtirib o‘rganilyapti. Bu ishni qo‘llab-quvvatlash zarur. Ammo ona tilini qaysi sinfdan boshlab chuqurlashtirib o‘rgatish kerak, degan masalaga turlicha yondashilmoqda. Ba’zi o‘qituvchilar bu ishni V sinfdan boshlayaptilar”.
O‘zbek maktablarida ona tilini chuqurlashtirib o‘rgatishda mazkur mashg‘ulot turlari o‘quvchilarning til haqidagi fan asoslariga oid nazariy ma’lumotlar bilan chuqurroq tanishtirish hamda ularning nutq boyliklarini kengaytirish masalalari maqsad qilib olinadi.
Ona tili kursini qaysi sinfdan chuqurlashtirib o‘rganish kerak? Ba’zi mutaxassislar bu tilni V sinfdan boshlashni tavsiya qiladilar. Shunday qilinsa V sinfda amaldagi dastur asosida “Fonetika” va “Grafika”, “So‘z yasalishi” kabi bo‘limlar yuzasidan nazariy ma’lumotlar bayon qilinganda ana shu ma’limotlarni yana ham chuqurlashtirish zarur bo‘ladi. Bunday qilinishi esa bolalarning yosh xususiyatlariga va umumiy tayyorgarliklariga mos kelmaydi. Hozirgi V-VI sinflarda ona tilidan berilayotgan nazariy ma’lumotlarni o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari ham birmuncha qiyinroq bo‘lyapti.
Ona tili chuqurlashtirib o‘rgatiladigan maktablarda hozircha odatdagi maktablarning mazkur sinflari uchun nashr qilingan darsliklar asosida ishlashga to‘g‘ri keladi. Bunda o‘qituvchi ishga ijodiy yondashib, chuqurlashtirib o‘rgatiladigan mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga mos nazariy va amaliy materiallar to‘plashi, mashg‘ulotlarda ana shu materiallardan foydalanishi kerak bo‘ladi.
O‘quv fanlarini chuqurlashtirib o‘rgatish va fakultativ mashg‘ulotlar O‘quv fanlarini chuqurlashtirib o‘rgatish va fakultativ mashg‘ulotlar bir narsa emas. Ammo bu ikkisi ham chuqurlashtirib bilim berishga xizmat qiladi. Bular o‘rtasida umumiylik, ayni vaqtda malum farqlar ham bor. Chunonchi
1. Fakultativ mashg‘ulotlar sinfda hamma o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan o‘quv soatlaridan tashqari , 12-15 o‘quvchi bilan kelishilgan holda belgilangan vaqtda uyushtiriladi . O‘quv fanining chuqurlashtirib o‘rgatish esa yuqorida nazarda tutilgan sinflarda qatiy dars jadvali asosida o‘tkaziladi.
2. Ayrim o‘quv fanlarini chuqurlashtirib o‘rgatish va fakultativ mashg‘ulotlarning har biriga alohida-alohida o‘z dasturlari bo‘ladi, chunonchi o‘zbek maktablarida ona tilidan fakultativ mashg‘ulotlar dasturlari 1974- yilda nashr qilingan edi. Ona tilini VII-XI sinflarda chuqurlashtirib o‘rgatish dasturi esa, 1992-yilnashr qilindi.
Maktab fakultativ mashg‘ulotlar dasturlari ikki xil qoida asosida tuziladi:
a) maktab dasturida o‘rganilishi nazarda tutilmagan qo‘shimcha bo‘limlar yoki kusr yuzasidan dastur tuzish asosida ,chunonchi,1974-yida ona tilidan fakultativ mashg‘ulotlar dasturi maktabda o‘rgatilmaydigan amaliy uslubiyat kursi yuzasidan hozirlangan edi;
b) amaldagi dastur bo‘limlariga yangi mavzu va qismlar qo‘shib ,uni chuqurlashtirish qoidasi asosida hozirlanadi.
3. Ayrim o‘quv fanlarini chuqurlashtirib o‘rgatish yuzasidan tuzilgan dasturlar amaldagi maktab dasturini nazariy va amaliy jihatidan chuqurlashtirish asosida tayyorlandi. Bu esa maktab tizimidagi izchillikni saqlashga imkon beradi.