C++ tilining tayanch turlari
C++ tilining tayanch turlari, ularning baytlardagi о‘lchamlari va qiymatlarining chegaralari 1.2-jadvalda keltirilgan.
Butun son turlari. Butun son qiymatlarni qabul qiladigan о‘zgaruvchilar int (butun), short (qisqa) va long (uzun) kalit sо‘zlar bilan aniqlanadi. О‘zgaruvchi qiymatlari ishorali bо‘lishi yoki unsigned kalit sо‘zi bilan ishorasiz son sifatida qaralishi mumkin.
Belgi turi. Belgi turidagi о‘zgaruvchilar char kalit sо‘zi bilan beriladi va ular о‘zida belgining ASCII kodini saqlaydi. Belgi turidagi qiymatlar nisbatan murakkab bо‘lgan tuzilmalar - satrlar, belgilar massivlari va hakozalarni hosil qilishda ishlatiladi.
1.2-jadval. C++ tilining tayanch turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |