Ma’lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari: Maydon turi – bu kiritilgan yozuvning qaysidir tipga tegishli ekanligi bilan ifodalanadi. Masalan, sonli, belgili (simvolli), sana/vaqt, satrli, mantiqiy va hokazo bo‘lishi mumkin.
Maydon uzunligi – bu maydondagi yozuvning simvollar yig‘indisidir.
Yozuv – bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashish ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’yektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.
Obyekt (jadval) – bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U har bir maydonda qiymatga ega.
Masalan talaba ob’yektdagi yozuvlarning mantiqiy tuzilmasini tavsiflashga doir misolda ko‘rsatilgan. Talaba faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo‘lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi.
1.2-jadval. Talaba jadvali
Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo‘lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda yozuvlar qaytarilmasligini ta’minlovchi maydon yoki maydonlar guruhi tushuniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon yoki maydonlar guruhi, bir xil yozuvga ega bo‘lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo‘la olmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi.
Bosh jadval yordamida boshqa jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni ta’minlash uchun boshqa jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko‘pga” bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi.
Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson rеal dunyoni u yoki bu sohasi bilan chеklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zi bir obyеktlarni o‘rganishgina qiziqish uyg‘otadi. Bunday obyеktlarni majmuasini prеdmеt soha dеyiladi.
Barcha obyеktlar atributlar bilan xaraktеrlanadi. Masalan, obyеkt sifatida fakultеt, kutubxona, kompyutеr va boshqalarni qarash mumkin. Jumladan, kompyutеr obyеktini atributi sifatida hisoblash tеzligini, opеrativ xotira hajmi, o‘lchamlari va boshqalarni ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elеmеntidir. U ko‘pincha maydon dеb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar agrеgati ma’lumot elеmеntini nomlangan to‘plamidir.