So‘z va leksema munosabati
Tilshunoslikda so‘zning markaziy birlik ekanligi haqida yuqorida aytib
o‘tgan edik. Bunda muayyan tilning lug‘at tarkibiga kiruvchi barcha so`zlar
nazarda tutiladi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Atash xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar.
Bular, shaxs
(odam, bola),
narsa
(kitob, daftar),
belgi
(yaxshi, go‘zal),
miqdor
(olti, yettinchi),
holat
(tez, oson),
payt
(hozir, bugun),
harakat
(yurmoq, yozmoq),
ishora
(bu, shu)
kabi tushunchalarga
nom bo‘lib keladi.
2. Atash xususiyatiga ega bo‘lmagan so‘zlar.
Bular so‘zlarni bir-biriga
bog‘laydigan
(va, uchun),
so‘zlarga qo‘shimcha ma’no kiritadigan
(faqat, xuddi),
tovush va harakatlarga taqlid bildiradigan
(gurs, jimir-jimir),
inson his-tuyg‘ularini
aks ettiradigan
(oh, voy),
aytilgan fikrga munosabat bildiradigan
(shekilli,
menimcha)
kabi so‘zlardir.
Ma’no jihatidan birinchi guruhga mansub so‘zlar
lug‘aviy birlik
hisoblanadi
va leksikologiya bo‘limida o‘rganiladi, ikkinchi guruh so‘zlar esa
Do'stlaringiz bilan baham: |