1-Ma'ruza: Kurash tarixi, istiqbollari va mutaxassislarni tayyorlash istiqbollari. Reja



Download 28,4 Kb.
bet2/8
Sana14.12.2022
Hajmi28,4 Kb.
#885783
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Ma\'ruza Kurash tarixi, istiqbollari va mutaxassislarni tayyor

2. Kurash trenirovkasi vositalari

Sport trenirovkasi vositalari - bu turli xildagi jismoniy mashklar bo'lib, ular to'rtta guruxga bo'lingan: umumiy tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaka.


Umumiy tayyorgarlik mashklariga sportchi organizmini xar tomonlama funktsional rivojlantirishga xizmat kiluvchi mashklar kiradi. Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos kelishi bilan birga, u bilan ma'lum bir karama-karshilikda turish mumkin. Bunda fakat xar tomonlama rivojlantirish vzifasi xal etiladi, xolos. Sport kurashida - bu sport gimnastikasidagi mashklar (buyum bilan va buyumsiz, sherik bilan va sheriksiz, bir joyda va xarakatda bajariladigan ko'l, oyoklarning turli xarakatlari), yordamchi sport turlaridagi mashklar (ogir atletika va yengil atletika, sport o'yinlari, suzish, akrobatika xamda boshkalar).
Yordamchi mashklar u yoki bu sport faoliyatida kelgusida takomillashish uchun poydevor yaratuvchi maxsus xarakatlarni o'z ichiga oladi, mashklarning bu guruxiga trenajerlar, maxsus moslamalarda, ya'ni gilam tashkarisida ishlash paytida kurashchining tezkor-kuch kobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan vositalar kiradi. Shuningdek boshka sport turlaridan olingan va kurashchining aerob xamda anaerob imkoniyatlarini oshirishga karatilgan vositalar (kross yugurish, regbi va boshkalar) kiradi.
Maxsus tayyorgarlik mashklari yukori malakali sportchilar trenirovkasi tizimida markaziy o'rinni egallaydi va musobaka faoliyati elementlarini o'z ichiga oladigan vositalar doirasini, shuningdek shakli, tuzilmasi va organizm funktsional tizimi faoliyatini namoyon kilish xususiyati xamda sifatiga ko'ra ularga yakinlashtirilgan xarakatlarni kamrab oladi.
Sport kurashida maxsus tayyorgarlik mashklariga kuyidagilar kiradi.
1. Yakinlashtiruvchi mashklar. Ular usullarning texnik tuzilmasini va uni amalga oshirish taktikasini egallash xamda takomillashtirishga yordam beradi.
2. Kurashchi uchun zarur bo'lgan maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashklar.
3. Ishorali mashklar. Ular nafakat usullarni bajarish texnikasini, balki ular bir ma'lum taktik ko'rinishda (turli xil xolatlardan, taktik tayyorgarlik usullarini ishora orkali ko'rsatishdan so'ng) ko'llanilgan paytda ma'lum ma'noda uning taktikasini xam takomillashtirishga yordam beradi. Ishorali mashklar snaryadlarsiz va snaryad (kurash manekeni) bilan bajariladi.
4. Sherik bilan maxsus mashklar. Kurash manekeni bilan mashklar bajarishga karaganda, sherik bilan bajariladigan mashklar amalga oshirilayotgan texnik yoki taktik xarakatning xamma kismlarini yanada chukur xis kilish imkonini beradi. Sherik bilan ishlash paytida berilgan xarakat vaziyatini xamda zarur karshilikni anik kayta ko'rsatib berish mumkin. Mashk bajarayotgan kurashchining oldida turgan vazifaga karab, sherik bo'sh, yarim kuch bilan yoki bor kuchi bilan karshilik ko'rsatishi mumkin. Shunday sherikni tanlash lozimki, uning kobiliyatlari, tayyorgarligi, bo'yi, vazni sportchi oldiga ko'yilgan vazifalarni xal etishga yordam berishi lozim.
5. O'kuv, o'kuv-trenirovka va trenirovka bellashuvlari.
a) O'kuv bellashuvi kurash texnikasi va taktikasi bo'yicha yangi o'kuv materialini o'zlashtirishga karatilgan. Sherik bo'sh yoki yarim kuchi bilan karshilik ko'rsatadi xamda bellashuv davomida vakti-vakti bilan (topshirikka binoan) shugullanuvchiga usulni bajarish uchun kulay sharoitlarni yaratib turadi.
O'kuv bellashuvining o'ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, u kandaydir bitta usul yoki usullar birikmasini egallashga karatilgan va, odatda, fakat tik turishda yoki parterda o'tkaziladi. Agar xarakat noanik bajarilsa, bellashuvni to'xtatish xamda kurashchiga yo'l ko'ygan xatosini ko'rsatish lozim.
b) O'kuv-trenirovka bellashuvlari asosan kurash texnikasi va taktikasini keyinchalik xam egallash xamda takomillashtirishga karatilgan. U muayyan kamchiliklarni bartaraf etish, ma'lum bir jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan rakiblar bilan kurash olib borishning u yoki bu taktik manevrlarini xosil kilishga karatilgan vazifalar bilan amalga oshiriladi. Ikkala kurashchi bir vaktning o'zida bellashish uchun vazifa olishi mumkin.
Bellashuvlar turli formulalar bo'yicha tuzilishi mumkin: tik turishda va parterda kurash olib borishni turlicha almashtirib, fakat tik turishda yoki fakat parterda kurashish. Bellashuvni kurashchilar yo'l ko'ygan xatolarni ko'rsatish uchun to'xtatish mumkin, lekin bu ishni fakat o'ta zarur xollarda bajarish lozim.
v) trenirovka bellashuvlari texnika, taktika, musobaka sharoitlarida kurashchiga zarur bo'ladigan jismoniy va boshka sifatlarni rivojlantirishga karatilgan. Trenirovka bellashuvi yukori sur'atda o'tkaziladi. Xamma xarakatlarni bajarish ularning to'gri bajarilishi ustidan to'lik javobgarlik bilan o'tadi. Birok kurashchi, bellashuvni olib borayotib, maglub bo'lishdan cho'chimasligi lozim. Kanday kilib bo'lsa xam maglubiyatdan o'zini saklab kolishga intilish okibatida kurashchi, fakat ximoyalanib, o'zining eng yaxshi ko'rgan usullari xamda karshi usullarini takomillashtira olmaydi.
Trenirovka bellashuvlari xam vazifa bilan, xam vazifasiz (erkin bellashish) o'tkazilishi mumkin. Bu yerda bellashuvning umumiy vakti aniklanadi xamda kurashchilar bellashuvni xam tik turishda, xam parterda olib boradilar.
O'kuv va o'kuv-trenirovka bellashuvlaridan farkli ravishda, trenirovka bellashuvini ogoxlantirish berish maksadida to'xtatish tavsiya kilinmaydi. Juda zarur bo'lgan xolda kamchiliklar bellashuv davomida aytib turiladi.
Musobaka mashklari mavjud musobaka koidalariga muvofik sport ixtisosligi predmeti xisoblangan xarakatlar kompleksini bajarishni nazarda tutadi. Sport kurashida ularga nazorat va musobaka bellashuvlari kiradi.
- Nazorat bellashuvi musobaka sharoitlariga yakinlashtirilgan sharoitlarda rakiblarning o'zaro to'lik karshilik ko'rsatishi bilan o'tkaziladi.
Uning maksadi - kurashchining mashklanganlik darajasi, uning musobakalarda ishtirok etishga bo'lgan tayyorgarligini belgilash, kurashchining u yoki bu texnik-taktik xarakatlarni egallab olganlik darajasini aniklashdir. Nazorat bellashuvi musobaka koidalariga mos bo'lgan formula bo'yicha o'tkaziladi, uni to'xtatish va kandaydir tushuntirishlar bilan birga olib borish mumkin emas. Xatolar bellashuv tugagandan so'ng taxlil kilinadi.
- Musobaka bellashuvi musobaka koidalariga muvofik xolda o'tkaziladi. Uning maksadi - o'z vazn toifasida eng kuchli kurashchini aniklashdir. Musobaka bellashuvida kurashchi tayyorgarligining xamma tomonlarini keyingi takomillashtirilishi amalga oshiriladi. Bu bellashuvlar o'zining ruxiy shiddatiga ko'ra kurashchi musobakalarda o'tkazadigan bellashuvlarga yakinlashtirilishi mumkin.

Download 28,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish