1-Ma'ruza: Kirish. Interfeys tushunchasi, turlari. OT asosiy funktsiyalari. Operatsion tizim vazifasi.
Reja:
Hisoblash tizimi tuzilishi: dasturiy va apparat ta’minot.
Dasturiy ta’minot sinflari: tizimli dasturiy ta’minot, instrumental dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot.
Tizimli dasturiy ta’minot dasturlari operatsion tizimlar vazifa va funktsiyalari.
Operatsion muhit tushunchasi.
Tayanch iboralar: operatsion tizim, hisoblash tizimi, tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot, apparat ta’minot, multidasturlash, utilita
1. Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi.
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta'minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |