1.2 Metrologiyaning predmeti va vazifalari.
Metrologiyaning umumiy tarifi O’z.RST 8.010-93. “O’lchashlar birligini
taminlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va tariflarda berilgan: metrologiya
– o’lchashlar, ularning birligini taminlash usullari va vositallari h’amda kerakli
aniqlikka erishish yo’llari h’aqidagi fan. “Metrologiya” yunoncha so’z bo’lib
“metron” - o’lchov va “logos” - (talimot) so’zlaridan tuzilgan.
Metrologiya fizik kattaliklarini o’lchash, o’lchashlarning talab etilgan
aniqligiga erishish usullari va ularning muvofiqligini taminlash vositalari va
uslublari h’aqidagi fandir. Metrologiyaning asosiy vazifalari quyidagilar: fizik
kattaliklarning birliklarini o’rnatish, ularning etalonlarini yaratish va ishlatish, fizik
konstanta(doimiy)lar, material va moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini
belgilash va aniqlashtirish, standart boshlang’ich malumotlar h’izmati va standart
namunalar h’izmatini yuritish, o’lchov asboblarini tekshirish va sozlashning
standart usul va vositalarini yaratish va joriy etish, o’lchov vositalarining davlat
sinovini o’tkazish.
Metrologiya uchta mustaqil va bir-birini to’ldiruvchi bo’limlarga
bo’linadi. Ularning asosiysi “Nazariy metrologiya” bo’lib, unda o’lchash
nazariyasining umumiy masalalari bayon qilinadi. “Amaliy metrologiya”
bo’limida nazariy tadqiqotlar natijalaridan faoliyatning turli soh’alarida amalda
foydalanish masalalari o’rganiladi. Va nih’oyat, yakunlovchi “Qonunlashtiruvchi
metrologiya” bo’limida esa o’lchashlar birligini va o’lchash vositalarining bir
xilligini taminlashga yo’nalgan texnikaviy va h’uquqiy meyor, qoida va talablarga
rioya etilishini taminlash va davlat tomonidan muvofiqlashtirishga oid masalalar
o’rganiladi.
Obektlar va jarayonlarning xossalari h’aqida miqdoriy malumotlarni etarli
aniqlik va ishonchlilik bilan ajratib olish metrologiyaning predmeti h’isoblanadi.
Metrologiya vositalari - bu o’lchash vositalari va metrologik standartlarning
ratsonal ishlatilishini taminlaydigan uslublar to’plamidir.
Metrologiyaning asosiy tushunchasi o’lchash.
O’z RST 8.010-93 bo’yicha tariflasak, o’lchash - maxsus texnikaviy
vositalari yordamida tajriba yo’li bilan fizikaviy kattalikning miqdorini topish.
O’lchashlarsiz bironta fan yashay olmaydi, shuning uchun h’am
metrologiya o’lchashlar h’aqidagi fan sifatida boshqa barcha fanlar bilan uzviy
aloqadadir. Metrologiya rivojisiz h’ech bir fan rivojlana olmaydi.
O’lchashlarning ah’amiyatligi uch tomonlama: falsafiy, ilmiy va
texnikaviy jih’atlarda namoyon bo’ladi.
O’lchashlar fizik h’odisalar va jarayonlarni bilishning muh’im universal
uslubi ekanligida metrologiyaning falsafiy jih’ati aks etadi. Shu manoda
metrologiya boshqa fanlar o’rtasida aloh’ida o’rin tutadi.
O’lchashlar vositasida fanda nazariya bilan amaliyot o’rtasida aloqali
kuzatish va o’rganish mumkinligi metrologiyaning ilmiy jih’atini ko’rsatadi.
O’lchashlarsiz ilmiy farazlarning qay darajada to’g’riligini tekshirish va fanni
rivojlantirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |