O’lchashlar aniqligi nazariyasi. Bu bo’limda o’lchashlarning muayyan
soh’alarida rivojlanadigan usullar umumlashtiriladi. U xatoliklar nazariyasi,
o’lchash vositalari aniqligi nazariyasi va o’lchash jarayonlari nazariyasi boblaridan
tarkib topgan.
O’lchashlar xatoliklari nazariyasi. Metrologiyaning markaziy bo’limlaridan
h’isoblanadi. Chunki o’lchashlar natijalarining qay darajada obektivligi bevosita
ularning xatoligi qanchalik to’g’ri bah’olanganligi bilan bog’liqdir. Xatoliklar
nazariyasi o’lchashlar xatoliklarini tasniflash, ularning xossalarini o’rganish va
ifodalash bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |