Davlat standartlari.
Davlat
miqyosida
standartlar
davlat
ah’amiyatiga egadir. Chunki
standartlashtirish ishlari h’alq h’o’jaligini ravojlantirish ishlari bilan nafaqat bir
xil tempda borishi kerak, aksincha u bir muncha oldinda borishi shart. Keyingi
paytlarda
tashkilot
va
muassasalarda
standartlashtirish
ishlari
shu
tashkilotlarning asosiy ishlaridan biri bo’lishi shart degan xukumat qarorlari
chiqdi. Sababi vaqt o’tishi bilan, taraqqiyotni o’sib borishi sababli mavjud
standartlar va texnik shartlar zamon talabiga javob beraolmay qoladi, shuning
uchun mavjud standart va texnik shart-sharoitlarni tinmay yangilab borish,
ularni zamon talabi doirasida tutib turish majburiyati zarurati kelib chiqadi. Bu
esa o’z navbatida xom ashyolardan foydalanishda, tejamkorlikda, materiallar va
energoresurslardan esa iloji boricha unumli foydalanishda, demak ilmiy texnik
progress taraqqiyotini to’latishda tasir etuvchi asosiy omillaridan sanaladi.
Kelajakda mah’sulotlarni sifatini yaxshilash maqsadida standartlar va texnik
shart-sharoitlarni qayta qo’rib chiqish masalasini tezlashtirish to’g’risida bir
necha qonunlar qabul qilindi. Davlat standartlari qo’mitasi zimmasiga esa:
Ministrliklar va boshqarma rah’barlariga ishlab chiqarilayotgan mah’sulotlarni
sifatini, texnik darajasini, ishonchliligini va shular singari sifatini o’zgarmas
ko’rsatgichlarni oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarini, tadbirlarni
koordinatsiya qilish;
Standartlashtirish va metrologik taminlash ishlari orqali ishlab chiqarilayotgan
mah’sulot sifatiga sistematik tarzda tasir ko’rsatish;
Davlat qabul komissiyalari, organlari ishlari, effektivligini oshirish;
Standartlashtirish bo’yicha Halqaro tashkilotlar ishlarida ministrliklar va
boshqarmalar bilan birgalikda aktiv ishtirok etish singari vazifalar yuklatiladi.
Shuning uchun standartlashtirishni davlat ilmiy texnik siyosatini elementi deb
atash mumkin.
Standartlashtirish asosan quydagi yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi:
Parametrik va tip-o’lchovli qatorlarni tayinlash, asosiy konstruktsiyalar,
mah’sulotlar, ularni tashkil etuvchi qismlari, o’lchamlari h’ossa va
h’ususiyatlarini tayinlash, standartlashni optimal shart-sharoitlarni tayinlash
(xom-ashyo, materiallar, komplektatsiya mah’sulotlari, tashkil etuvchi qisimlar,
tayyor mah’sulotlar);
Mah’sulot ishlab chiqarishga progressiv talablarni joriy etish, yani ishlab
chiqargan mah’sulotlarni o’lchamlariga, sifatiga, ishlab chiqarishda xom-ashyo
energoresurslarni, materiallarni, eh’tiyot qismlar va instrumentlarni tejash,
meh’nat sarfini kamaytirish, tashqi bozor talablarni etiborga olish,
raqobatbardoshligini oshirish, meh’nat h’afsizligini oshirish, h’alq salomatligini
saqlash, tashqi muh’itni ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, zararli chiqindilardan
asrash, shuningdek ishlab chiqargan mah’sulot sifatini nazorat qilish usullari va
yo’llarini yaxshilash tadbirlarni ishlab chiqish;
Komplektlovchi mah’sulotlar, materiallar, o’lchamlar, parametrlar, asosiy
tashkil etuvchi qismlar, ularni almashinish ishlarni yo’lga qo’yish,
programmalash, diagnostikalash informatsion, elektron tizimlardan foydalanish
va shu singari ishlarni bajarishni konstruktiv taminlash.
Metrologik qoidalar, texnik asbob-uskunalar va tashkiliy asoslarni tashkil
etishda, o’lchov ishlarida keraklikcha aniqlikni va birlikni taminlash;
Maqsadli
programmalash
usulini
qo’llash asosida standartlashtirishni
rejalashtirish ishlari effektivligini oshirish h’amda mamlakatni iqtisodiy va
sotsial taraqqiyotini oshirishga qaratilgan standartlashtirish ishlarini yagonaligini
taminlash;
Chet davlatlarini ilg’or tajribalarini qo’llash, umumlashtirish va tadbiq etish
ishlarini, standartlashtirish bo’yicha albatta, amalga oshirish maqsadida h’alqaro
standartlash ishlarini olib borish;
Standartlash va texnik shart-sharoitlarni tadbiq qilishni nazorat qilish.
Demak, standartlashtirishni asosiy vazifasi davlat va h’alq h’o’jaligi soxalarda
ishlab chiqarilgan h’ar bir maxsulot uchun davlat h’imoyasini taminlash,
mah’sulotlarni ishlab chiqarishda normativ texnik h’ujjatlar sistemasini barpo
etish va shu h’ujjatlardan to’g’ri h’amda effektiv foydalanishni nazorat qilib
borishdan iboratdir.
Hozirgi paytda standartlashtirishni xuddi shunday ishni ilmiy uslubi deb
qarash kerakdir. Standartlashtirish h’alq h’o’jaligini ishlab chiqarishda
boshqaruvni qandaydir bir kichik qismi deb qaralsa, standartlar shu boshqaruv
sistemasini richaglari rolini o’ynashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |