Kirish nazorati - istemolchi tomonidan unga boshqa korxonalar yoki
bo’limlardan kelgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va tayyor
mah’sulotni nazorat qilish;
Operatsion nazorat - bevosita mah’sulot tayyorlash jarayonida texnologik
dastgoh’larga o’rnatilgan o’lchash asboblari yordamida bajariladi;
Qabul nazorati - tayyor mah’sulot nazorati, uni tayyorlash bo’yicha barcha
texnologik jarayonlar tugagandan so’ng o’tkaziladi, shu asosda mah’sulotning
jo’natishga yoki ishlatishga yaroqliligi to’g’risida qaror qilinadi.