Operatsion tizim nima? Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
Axborot texnologiyalarining inson faoliyati jabhalariga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. 100 milliondan oshib ketgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham ko’payib bormoqda. Bu turli – tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko`payib borayotganini bildiradi. Bunda 2 qarama – qarshi tendensiya rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan arxitekturalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo’llash uchun chuqur bilim talab qilinmoqda. Boshqa tomondan foydalanuvchilarning arxitekturalari bilan muloqoti soddalashmoqda. Bu narsa eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari hisoblash texnikasi bilan maxsus tizimli dasturiy ta’minotning operatsion tizim orqali muloqot qilganliklari uchun yuzaga keladi. Operatsion tizim foydalanuvchilar uchun ham bajariluvchi ilovalar uchun ham interfeysni tashkil qiladi. Foydalanuvchilar va ko`pgina xizmatchi dasturlar dasturiy ta’minotining dasturlarida tez – tez uchraydigan amallarni bajarishni so`raydi. Bunday amallarga 1 – navbatda kiritish – chiqarishni, biror – bir dasturni ishga tushirish va to`xtatish, qo`shimcha xotira blokini olish yoki uni bo`shatish va hokazo amallar kiradi. Bunday amallarni hamma vaqt ikkilik kod yordamida dastur ichiga bevosita kiritish maqsadga muvofiq emas. Amallarni ularni birgalikda yig`ib dasturdan so`rov orqali bajarishga berish qulay. Operatsion tizim asoslarini va ular ishlash psinsipini bilish ham undan samarali foydalanishga olib keladi. Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deyiladi. Odatda hisoblash texnikasining axborot va dasturiy vositalari alohida olib o`rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat funksiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib o`rganiladi. Dastur buyruqlarining tartiblangan ketma – ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan dastur vazifasi axborot vositalarini boshqarishdir. Bir qaraganda dasturlarning qurilmalar bilan hech qanday bog`liqligi yo`qdek ko`rinadi. Yani dastur kiritish qurilmalaridan ma’lumotlarni kiritishni va chiqarish qurilmalaridan ma’lumotlarni chiqarishni talab qilmasa ham baribir uning ishi kompyuter qurilmalarini boshqarishga asoslangan.
Operatsion tizim – bu boshqaruv va qayta ishlab beradigan dasturlar majmuasi.
Har xil hisoblash tizimining qurilmalar va amaliy dasturlar orasida interfeys bilan qo`llaniladi. Boshqa tarafdan hisoblash jaroyonni boshqarish, boshqarish tizimlarini hisoblash, resurslarni effektiv taqsimlanishi va aniq hisoblanishini aniq tashkillashtirish uchun qo`llaniladi.
Operatsion tizim qurilmalarini boshqaradigan dasturlar to`plami
Boshqa dasturlarni boshqaradigan dasturlar to`plami
Har bir hisoblash tizimining mantiqiy strukturasida operatsion tizim fizikaviy qurilmalar ichki mikrodasturlar hamda amaliy dasturlar orasida joylashadi. Dasturiy interfeys – hisoblash tizimining chegarasidan dasturlar va qurilmalar bir – biri bilan ta’minlab beruvchi vositalar yig`indisi.
Foydalanuvchi interfeys – foydalanuvchi dastur yoki EHM bilan ishlashni ta’minlab beruvchi dasturiy va tizimli vositalar. Foydalanuvchining interfeysi buyruqli yoki obektga yo`naltirilgan bo`lishi mumkin.
Buyruqli interfeysga ega operatsion tizimga misol: DOS
Obektga yo`naltirilgan interfeysga misol: Windows
Buyruq interfeys foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan buyruqlarga va so`rovlarga asoslangan. Ushbu buyruqlar kompyuter resurslarini boshqarishga mo`ljallangan.
Obektga yo`naltirilgan interfeys hisoblash tizimining resurslari bilan ushbu tizim obektlari ustida harakatlar bilan boshqarilishi.
Operatsion tizimning asosiy funksiyalari: