3.
Avtomatlashtirilgan ish joylari.
Ayni paytda avtomatik ish joylari (AIJ) dan tashkil topgan axborot muhiti keng tarqalgan.
Tizim tuzilishi bir necha elementlarni o`z ichiga oladi. Tizim bazasiga AIJning tovar qabul
qiluvchilari, tovar kassirlari va boshqa operativ mutaxassislar kiradi.
2-darajada, avtokorxona va avtoxo`jaliklarning hisoblash markazlari joylashgan.
Eng yuqori darajada avtojamlanmaning markaziy hisoblash markazi turadi.
Bu tuzilmada axborotlar lokal tarmoq orqali uzatiladi. Hozirgi kunda optik-tolali tarmoq
asosida ma’lumot almashish eng ilg`or tizim deb hisoblanadi. Uning asosiy afzalligi shundaki,
ma’lumot va operativ resurslar markaziy serverda to`planadi va quyi darajadagi bo`limlar unga
ma’lumotlarni kiritish va zarur ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydi.
Ushbu tizimlar yaratilishi uchun asosiy vazifalari quyidagicha:
• elektron hujjatlarni yaratish va nazorat qilish;
• harakatdagi transport yo`nalishining monitoringi.
Axborot tizimini yaratish va ijro tizimlari uchun texnik va texnologik asos bo`lib sun’iy
aloqa yo`ldoshlari hisoblanadi.
Sun’iy yo`ldosh - yer stantsiyasi(YeS)dan signallari qabul qiluvchi, kuchaytiruvchi va
sun’iy yo`ldosh ko`rish zonasida joylashgan barcha yer stantsiyalariga signallari uzatuvchi aloqa
qurilmasidir. Sun’iy yo`ldoshning asosiy tarkibiy qismlari uning konstruktsion elementlari
hisoblanadi, bular, joylashuvni boshqaruvchi tizim, quvvat tizimi, telemetriya, kuzatish, buyruq,
qabul qiluvchi va antenna.
Nazorat savollari:
1.
“Axborot texnologiyalari” tushunchasiga ta’rif bering.
2.
Mamlakat transport sohasiga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy
etishdan qanday iqtisodiy samaradorlik?
3.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining asosiy maqsad va vazifalari?
4.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlarini sanab o`ting va ta’rif bering.
5.
Avtomatlashtirilgan ish joylari(AIJ)dan tashkil topgan tizim tuzilmasini
tavsiflang.
6.
Optik-tolali tarmoq asosida ma’lumot almashishga asoslangan tizimning asosiy
vazifalarini sanab o`ting.
7.
Sun’iy yo`ldoshning asosiy vazifasi va tarkibiy qismlari haqida tushuncha bering.
8.
Avtomobilь transportida qo`llaniladigan asosiy axborot texnologiyalari.
9.
Haydovchi va avtomobilning aloqa tizimlari.
3.
Zamonaviy sharoitda optimal nazoratni amalga oshirishda zarur omillarni sanab
bering.
4.
Hozirgi kunda avtoulovlarning nazoratini amalga oshiruvchi turli xil aloqa
vositalari va tizimlari qaysilar?
5.
HT(harakatlanuvchi tarkib)ni radio aloqa yordamida nazorat qilish qay tarzda
amalga oshiriladi?
6.
Radioaloqa turlarini sanab bering.
7.
Aloqa turlari bir-biridan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
8.
Avtomobilь bort kompьyuterlarining rivojlanish tarixini yoritib bering.
9.
Uyali aloqa va uning asosiy kamchiliklariga ta’rif bering.
10.
Magistral aloqaning ish tamoyili qanday?
11.
Bort kompyuterlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari.
12.
Radioaloqaning afzallaiklari va kamchiiklarini sanab o`ting.
Do'stlaringiz bilan baham: |