1-ma’ruza. Kirish. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari. Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi. Parazitizm va parazitlar haqida tushunchalar. Parazitizmni turli XIL shakllari



Download 52,52 Kb.
bet2/5
Sana03.01.2022
Hajmi52,52 Kb.
#315753
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MA’RUZA. Kirish. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari.

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:

Parazitlar haqidagi ma’lumotlar eramizdan ancha avval paydo bo‘lgan. Ebersning mashhur Papirusida odamlarda parazitlik qiladigan gelmintlar, jumladan, askarida, teniyalar haqida ma’lumotlar bor.

Eramizgacha yashab o‘tgan yunon vrachi, tibbiyot ilmining asoschilaridan biri Gippokrat (460-375-y.y.) odamlarda askarida, ostritsa, exinokokk uchrashi haqida ma’lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo‘lib «askaridoz», «helmins» atamalarini kiritgan. Lekin u parazit chuvalchanglarni va boshqa chuvalchanglarni, hatto bo‘g‘imoyoqlilar lichincalari va ilonlarni hammasini ham bir deb tushungan. U odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi emas, balki o‘z-o‘zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto‘g‘ri tushuncha bergan.

Eramizdan avvalgi 384-322-yillarda yashagan yunon faylasufi Arestotel qoramollardagi exinokokkoz, cho‘chqalardagi sistiserkoz, odam askaridasi va ostritsa to‘g‘risida ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Eramizdan avvalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to‘qayzorlarda boqqanda og‘iz va nafas yo‘llari orqali mol organizmiga ko‘zga ko‘rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo‘zg‘atadi deb fikr yuritgan.

Eramizdan avval va eramizning dastlabki yillarida qo‘tir kasalligiga qarshi oltingugurt, gelmintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq piyoz va boshqa surgi dorilari ishlatilgan. Parazitlar to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar bir qancha olimlarning qo‘lyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu kasalliklarni «davolash» uchun xudoga sig‘inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan.

Gabustius (1549) gelmintologiya sohasida birinchi qo‘llanmaning muallifi hisoblanadi. Olim qo‘llanmada o‘z davrida ma’lum bo‘lgan gelmintlarga tavsif bergan va davo xillariga to‘xtalib o‘tgan, jigar qurtiga to‘liq tavsif beradi.

Shvetsariyalik vrach K. Gesner (1516-1565) «Hayvonlar tarixi» asarida sodda organizmlar, ildizoyoqlilar haqida dastlabki ma’lumotlar keltiradi. Sodda organizmlarni tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmay turib, o‘zi topgan ildizoyoqlini, juda kichik mollyuska deydi.

Sodda hayvonlarni o‘rganilishda keksa tabiatshunos, gollandiyalik mikroskop ustasi Anton van Levengukning xizmatlari kattadir. Levenguk sistematik ilmiy tayyorgarlikka ega bo‘lmasada, buyuk aql, zakovat sohibi bo‘lgan va tabiiy fanlarni sevgan.

XVII–XVIII-asrlarda asosan, parazitlarning morfologik tuzilishi o‘rganilgan. XVII asrning o‘rtalariga kelib, Italiya tabiatshunosi F. Redi (1626–1698) tadqiqotlar orqali, go‘sht qurtlari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini, ular pashshalar tuxumidan chiqqan lichinkalari ekanligi va bu bilan organizmlar Arastu davridan mavjud bo‘lgan o‘z-o‘zidan yaralish qonunini noto‘g‘ri ekanligini, ya’ni yo‘qdan bor bo‘lmasligini ilmiy tomondan isbotlab berdi.

P. Pallas (1771-1811) mashhur biolog, sayohatchi olim bo‘lib, o‘z zamonasini olimlari, olimni tadqiqot uslublarini aniqligini ko‘zda tutib, zamonasidan avvalroq tug‘ilib qolgan deb ta’riflashgan. Olim akantosefallar, sestodalar va nematodalarning rivojlanish sikllarini o‘rganib, ular o‘ziga o‘xshash avlodlardan paydo bo‘lishini ilmiy asoslab bergan.

K.A. Rudolfi (1771-1832) butun hayotini parazit chuvalchanglarni o‘rganishga bag‘ishladi. U birinchi marta o‘ziga ma’lum bo‘lgan 981 tur parazit chuvalchanglarni to‘rtta sinfga: Trematoda, Cestoda, Nematoda, Akantosephala va 30 ta avlodga bo‘ldi.

Nemis olimi G.F.Kyuxenmeyster sestodalarni rivojlanish siklini o‘rganib, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi odam va cho‘chqa paraziti ekanligini aniqladi.

Protozoa termini birinchi bo‘lib fanga 1820-yilda Goldfus tomonidan kiritilgan.

K. Zibold va Kyollekerlar (1845) tomonidan sodda hayvonlar olamini shu termin bilan atash taklif qilindi. Sodda hayvonlar XIX-asrdan to‘liq o‘rganila boshlandi. Bu vaqtga kelib, erkin yashaydigan sodda hayvonlar bilan bir qatorda, odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan sodda hayvonlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar to‘plandi.

Parazitologiya fanining taraqqiyotiga mikroskop va mikroskopik tadqiqotlarning takomillashuvi yordam berdi, shu tufayli XIX-asrda parazitologiya fan sifatida shakllandi. Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o‘rganila boshlandi va eksperimental parazitologiyaga asos solindi.

1818-yilda L.Ya. Boyanus mollyuskalar tanasidagi serkariylarni trematodalarni lichinkalari bo‘lsa kerak deb faraz qiladi.

1827-yilda akademik K.M. Ber tomonidan bu farazning to‘g‘riligi eksperimentlar asosida isbotlandi va kelgusida ma’lum turdagi trematodalarning rivojlanish siklini o‘rganishga imkon berdi.

N.A. Xolodkovskiy odam va hayvonlarda uchraydigan gelmintlarning anatomiyasini, biologik rivojlanish bosqichlarini va sistematikasini o‘rganib, rus tilida gelmintlar to‘g‘risida birinchi atlas yozdi.

XIX-asrning ikkinchi yarmidayoq turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Sodda hayvonlarni zamonaviy klassifikatsiyasi R. Leykart (1879) nomi bilan bog‘liq. U Sporalilar guruhiga gregarina, koksidiyalarni qo‘shib o‘rganishni taklif qildi.

Keyinroq esa hasharotlar va kanalar ba’zi kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishdagi ro‘li, shuningdek, faqat odamlarga xos bo‘lgan parazitar kasalliklar ham aniqlandi. Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E.A. Ostrovskiy, A.P. Fedchenko, E.K. Brandt, N.M. Melnikov, I.I. Mechnikov, F.A. Lesh; nemis olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan R. Ross, P. Menson, J. Datton, J. Todd; Italiya olimi B. Grassi; fransuz olimi Sh. Nikol va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.

E.A. Ostrovskiy XIX-asrning 50-yillarida exinokokkoz va senuroz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining rivojlanish sikllarini o‘rganib, gelmintlarni o‘z-o‘zidan rivojlanish qonunini tanqid qiladi.

E.K. Brand XIX-asrning 70-80-yillarida odam va hayvonlar parazitlari to‘g‘risida kitob yozadi.

N.M. Melnikov it va uy hayvonlarini burgasi hamda junxo‘rlari tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiruvchi Dipyllidium caninum turining oraliq xo‘jayini ekanligini aniqladi.

I.I. Mechnikov nematodalarning xo‘jayin almashinuvini aniqlab, parazitar kasalliklarda allergiya xususiyati borligini eslatadi va bezgak kasalining qo‘zg‘atuvchisini haqli ravishda infektsion emas balki invazion kaslliklarga kiradi deb ko‘rsatadi.

Sobiq ittifoqda, shu jumladan, O‘zbekistonda XX-asrning boshlarida parazitologoyani o‘rganish jadal sur’atlar bilan bordi. Ko‘plab ilmiy tekshirish institutlarida, tajriba stantsiyalarida, oliy o‘quv yurtlarining laboratoriyalari va yo‘nalish kafedralarida mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berildi. Bu davrga kelib sobiq ittifoqda parazitologiya sohasida bir qator ilmiy maktablar vujudga keldi.

Akademik K.I. Skryabin (1878-1972) gelmintologiya maktabini asoschisi hisoblanadi.

K.I. Skryabin veterinariya, tibbiyot hamda biologiya yo‘nalishidagi gelmintolog mutaxassislarni birlashtirib, gelmintologiya maktabini yaratgan va bu maktabning asoschisi hisoblanadi.

K.I. Skryabin ma’lumoti bo‘yicha vetvrach, gelmintolog olim. Uning rahbarligida gelmintlar morfologiyasi, biologiyasi, filogeniyasi, sistematikasi, ekologiyasi, epizootologiyasi va epidemiologiyasiga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

K.I. Skryabin O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda gelmintologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. U O‘zbekistonning turli mintaqalariga bir necha marta gelmintologik ekspeditsiyalar uyushtirgan. O‘zbekiston FA zoologiya instituti qoshida gelmintologiya laboratoriyasini tashkil etgan.

K.I. Skryabin Sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1935-yil), Butunittifoq qishloq xo‘jalik Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1935-yil) va tibbiyot Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1944-yil) hisoblanadi. Shuningdek, u Rossiya (1927-yil), Qirg‘iziston (1954-yil) va O‘zbekistonda (1962-yil) xizmat ko‘rsatgan fan arbobi hisoblanadi. Sobiq ittifoqda gelminologiya fanini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun akademik K.I. Skryabinga 1958-yili «Mehnat Qahramoni» unvoni berilgan. Shuningdek, u ikki marta Davlat mukofoti laureatiga sazovor bo‘lgan hamda o‘ndan ortiq turli xil ordenlar bilan mukofotlangan.

K.N. Skryabin odamlarda va hayvonlarda uchraydigan parazit chuvalchanglarni o‘rganshga butun umrini bag‘ishlaydi. 700 dan ortiq ilmiy asarlar chop ettirgan, shulardan ko‘plari monografiyalar, gelmintologiya va parazitologiya fanlari bo‘yicha darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalar hisoblanadi, ulardan hozirgi kunda ham mutaxassislar va talabalar foydalanib kelmoqdalar.

Trematodalar bo‘yicha 26 tomlik asar yozib qoldirgan. Gelmint­larni butunlay yoki qisman (Devastastiya) tugatish ta’limotini ishlab chiqdi.

Tibbiyot sohasida general leytenant, akademik Ye.N. Pavlovskiy (1884-1965) umumiy parazitologiya muammolarini o‘rganadigan umumiy parazitologoya maktabi asoschisi hisoblanadi.

Akademik Ye.N. Pavlovskiy tabiiy manbali transmissiv kasalliklarni o‘rganish yo‘nalishidagi o‘z maktabini yaratdi, ya’ni kanalar va hasharotlar orqali tarqaladigan har xil viruslar, bakteriyalar va bir hujayrali parazitlar qo‘zg‘atadigan transmissiv kasalliklarni Sobiq ittifoqning turli mintaqalari bo‘yicha tarqalish qonuniyatlarini o‘rgandi.

Professor V.L. Yakimov (1870-1940) eng og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradigan bir hujayrali hayvonlarni o‘rganadi.

V.L. Yakimov chorva mollarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali parazitlardan-gemosporidoz, piroplazmidoz, trixomonoz, leyshmanioz, toksoplazmoz va koksidioz qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.

Prof. V.A. Dogel (1882-1955) ekologik parazitologiya maktabining asoschisi. U baliqlarni parazitologik yorib ko‘rish, parazitlarni yig‘ish va aniqlash usullarini ishlab chiqqan.

V.A. Dogel uzoq yillar davomida odam va hayvonlarni parazitlar bilan zararlanishida tashqi muhit ta’sirini organizmlar fiziologik holatiga bog‘liqligini o‘rganadi.

MDH da birinchilardan bo‘lib, baliqlarning parazitlarini o‘rganishni boshlab bergan olim V.A. Dogel tomonidan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, shu jumladan, bir qator darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan.




Download 52,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish