1-ma’ruza Kirish. Parallelashtirish – ishlov berish tezligini oshirishning bir yo‘li. Reja: Kirish


Parallelashtirish – ishlov berish tezligini oshirishning bir yo‘li



Download 181,96 Kb.
bet2/2
Sana01.06.2022
Hajmi181,96 Kb.
#628123
1   2
Bog'liq
1 maruza

1.2. Parallelashtirish – ishlov berish tezligini oshirishning bir yo‘li.

Konveyrli qayta ishlash. Qo‘zg‘aluvchan vergulli shaklda tasvirlangan xaqiqiy ikkita sonni qo‘shish uchun nima qilish kerak? Bunda bir qator mayda amallar bajariladi. Bular: tartibini solishtirish, tartibini tenglash, normallash va boshqa amallar. Dastlabki kompyuterlarning microprotsessorlari yuqorida keltirilgan barcha “mikro amallarni” har bir argumentlar juftligi uchun natijani xosil qilguncha ketma-ket bajargan va bundan keyin qo‘shiluvchilarning keyingi juftligini qayta ishlashga o‘tgan. Konveerli qayta ishlash g‘oyasida umumiy amal bir necha bosqichlarga ajratiladi (1.3-rasm).




    1. rasm. Konveyrli qayta ishlash

Har bir bosqich bajarilgandan keyin uning natijasi keyingi bosqichga beriladi va shu bilan birga kiruvchi axborotlarning yangi qismi qabul qilinadi. Bunda oldin bajarilgan amallarni natijalarini qo‘llash orqali qayta ishlash tezligi oshiriladi. Faraz qilaylik, amal beshta mikro amaldan iborat bo‘lishi va ularni har biri bitta vaqt birligida bajaradi. Agar ajralmas yagona ketma-ket kurilma mavjud bo‘lsa, u 100 ta argumentlar juftligini 500 vaqt birligida bajaradi. Agar har bir mikro amal konveyrli qurilmaning alohida bosqichida bajarilsa, u xolda bunday qurilmaning har bir qayta ishlash bosqichining beshinchi vaqt birligida birinchi 5ta argumentlari aniqlanadi. Birinchi natija vaqtning 5-birligidan keyin olinadi. 100 ta juftlikdan iborat to‘plam esa 5+99=104 vaqt birligidan keyin olinadi. Ya’ni parallel qurilmaga nisbatan 5 marta tez bajariladi.


Bir qarashda konveerli qayta ishlashni parallel qurilmalarini o‘rniga zarur miqdordagi konveyr qurilmalarini qo‘llash mumkindek ko‘rinadi. Biroq bunda xosil bo‘lgan sistema narxi va murakkabligi oshadi. Unumdorlik esa o‘zgarmay qoladi. Parallel dastur tuzish uchun, dasturdagi bir vaqtda va bir-biridan mustaqil microprotsessorlarda bajariladigan amallar guruhini ajratib olish kerak. Buning imkoniyati mavjudligi dasturda informatsion bog‘liqliklar mavjudligi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi. Agar dasturning biror amali natijasi ikkinchi amal argumenti sifatida qo‘llanilsa amallar informatsion bog‘liq deb ataladi. Agar V amali A amaliga informatsion bog‘liq bo‘lsa, u holda V amali faqt A amali tugagandan keyin bajariladi. Agar A va V amallari informatsion bog‘liqmas bo‘lsa, u xolda algoritmda ularni bajarish ketam-ketligiga cheklanish qo‘yilmaydi, xususan ular bir vaqtda bajarilishi mumkun. Shunday qilib, dasturni informatsion bog‘liq amallarni aniqlashdan va ularni xisoblash qurilmalariga taqsimlashdan, sinxronlashdan va zarur kommunikatsiyani o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Massivli-parallel kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan parallel jarayonlarni aloqasini qo‘lab-quvvatlovchi kutubxona interfeyslar keng tarqaldi (1.4-rasm). Bu yo‘nalishning toifali vakiliga Message Passing Interface (MPI) interfeysi misol bo‘ladi. Bu interfeys amalda vektor-konveerli super - EXM dan tortib shaxsiy kompyutergacha bo‘lgan barcha parallel platformalarda mavjud. Dasturning qaysi parallel jarayonlari dasturning qaysi qismida va jarayonlar bilan axborotlar almashishi yoki o‘z ishini sinxronlab borishi kerakligini dasturchining o‘zi belgilaydi. Odatda parallel jarayonlarning manzil soxasi turlicha bo‘ladi. Xususan, bu g‘oyaga MPI va PVI da amal qilinadi. Boshqa texnologiyalarda, masalan Shmem da lokal (private) va umumiy (shared) o‘zgaruvchilari qo‘llaniladi. Bu o‘zgaruvchilarga dasturning barcha jarayonlari murojat etishi mumkin va Put/Get toifasidagi operatsiyalar yordamida umumiy xotira bilan ishlash usuli tashkil etiladi. Linda sistemasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, unda ixtiyoriy ketma-ketlikda tilga to‘rtta: in, out, read va eval funksiyalarini qo‘shadi va parallel dasturlar tuzish imkonini beradi. Afsuski, ushbu keltirilgan g‘oya oddiy bo‘lishiga qaramasdan, uni amalda qo‘llash muammolar tug‘diradi.
Buyruqlarni parallelashtirish konsepsiyasining paydo bo‘lishi, mikroprotsessorlar rivojlanish tendensiyasiga ko‘p yadroli protsessorlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Ko‘p yadroli protsessorlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun, oqimli dasturlash modeli xususiyatlarini hamda platformaning apparat qismining imkoniyatlarini to‘liqroq tushunish kerak. Dasturlarning parallel ishlashini ta’minlash uchun apparat platformasi bir vaqtning o‘zida bir nechta dastur oqimlarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘p oqimli ishlov berish imkoniyatlaridan unumli foydalanish apparat resurslaridan yanada samarali foydalanish orqali ish faoliyatini yaxshilashimiz mumkin.

Download 181,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish