Use a Wizard (Ispolzovat master/Ustadan foydalanish) – yangi chizma parametrlarini o‘rnatishning qadamba-qadam jarayonini ishga tushirish; bunda o‘rnatishning ikkita varianti: detali – Advanced Setup va tezkor – Quick Setup bo‘lishi mumkin.
AutoCAD tizimida istalgan grafik primitivni qurish nuqtalar ketma-ketligini berishga asoslangan. Nuqtalar koordinatalari absolyut yoki nisbiy koordinatalar ko‘rinishida kiritilishi mumkin.
Absolyut koordinatalarni kiritish ikki formatda amalga oshiriladi:
to‘g‘ri burchakli (dekart) koordinatalari (X, Y);
qutb koordinatalari (r
Nisbiy koordinatalar oxirgi kiritilgan nuqtadan X va Y o‘qlari bo‘ylab siljishni beradi. Nisbiy koordinatalarning kiritilishi absolyut koordinatalarni kiritishga o‘xshash bajariladi, lekin ularning oldida @ belgisi qo‘yiladi (@dx,dy – to‘g‘ri burchakli tizim, @rQutb rejimida chiziqlar turli burchaklar ostida o‘tkaziladi, ortogonal rejimda esa chiziqlar faqat koordinatalar o‘qlari bo‘ylab o‘tkaziladi. Bir rejimdan ikkinchisiga o‘tish holatlar qatoridagi ORTHO(ORTO) va POLAR (Polyarnыy/Qutbiy) komanda knopkalarini sichqonni shiqillatish bilan amalga oshiriladi.
Chizma elementlari bilan ishlash qulay bo‘lishi uchun AutoCADda ekrandagi tasvirni boshqarishning turli komandalari mavjud. Ularning barchasi View (Vid/Tur) menyusida joylashgan. Zoom (Masshtab) komandasi ekrandagi tasvir masshtabini boshqaradi. Masshtab kattalashtirilganda ekrandagi hamma elementlar, go‘yo foydalanuvchiga yaqinlashgandek, kattalashadi. Masshtab kichiklashtirib berilgani sari tasvir maydoniga chizmaning tobora ko‘proq qismi tushadi. Zoom (Masshtab) komandasining opsiyalarini instrumentlarning standart panelidagi piktogrammalar yordamida chaqirish mumkin (1.8-rasmga qarang). Quyida bu komandaning asosiy opsiyalari keltirilgan:
– Zoom Window(Uvelichit do okna/Darchagacha kattalashtirilsin). Opsiya ramka yordamida masshtablanayotgan tasvir chegaralarini berish imkonini beradi;
– Zoom In (Uvelichit/Kattalashtirilsin). Opsiya sichqon piktogrammada har shiqillatilganida tasvirni ikki marta kattalashtiradi;
– Zoom Out(Umenshit/Kichiklashtirilsin). Opsiya sichqon piktogrammada har shiqillatilganida tasvirni ikki marta kichiklashtiradi;
– Zoom All (Pokazat vse/Hammasi ko‘rsatilsin). Opsiya tasvirni shunday masshtablaydiki, chizma chegaralari ekranning grafik zonasi bilan ustma-ust tushadi;
– Zoom Extents(Pokazat vse ob’ektы/Hamma obyektlar ko‘rsatilsin). Opsiya chizmada mavjud bo‘lgan hamma grafik elementlarni ko‘rsatish imkonini beradi;
– Zoom Preview (Predыduhiy masshtab/Oldingi masshtab). Opsiya masshtablashning oldingi parametrlarini tiklaydi;
– Zoom Realtime(Masshtab v realnom vremeni/Real vaqt masshtabi). Opsiya ekrandagi tasvir masshtabini boshqaradi;
– Pan Realtime (Peremehenie v realnom vremeni/Real vaqtda siljish). Opsiya panoramalashni boshqaradi.