1-маъруза. Кириш. Фан мақсади, вазифаси ва долзарблиги


Paketli ma’lumotlarni deytagrammali uzatish



Download 10,69 Mb.
bet91/170
Sana04.04.2022
Hajmi10,69 Mb.
#528648
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170
Bog'liq
1 Mажмуа NGN тўлиқ

Paketli ma’lumotlarni deytagrammali uzatish. Paketlar tarmoqning bitta tugunidan ikkinchi tuguniga bir-biridan mustaqil ravishda umumiy qoidalar bo‘yicha uzatiladi (2.8-rasm.). Paketni qayta ishlash protsedurasi faqat unda bo‘lgan parametrlar va tarmoq holati bo‘yicha aniqlanadi. Uzatilgan paketlar bo‘yicha axborot tarmoq tomonidan saqlanmaydi va buni paket qayta ishlash paytida nazarga olinmaydi. Har bir alohida paket tarmoq tomonidan mustaqil uzatish birligi deb ko‘rib chiqiladi – deytagramma. Paket uzatish bo‘yicha qaror, kommutatsiya (marshrutizatsiya) jadvali asosida qabul qilinadi, bu ma’lumot bo‘yicha keyingi tranzit (oxirgi) tugun marshruti aniqlanadi.



2.8- rasm. Deytagrammali tarmoq




Paketli ma’lumotlarni logik ulanish orqali uzatish. Logik ulanishni o‘rnatish orqali uzatish – bu xost– uzatuvchi va xost–qabul qiluvchi orasida, paket almashish jarayonining bir nechta parametrlari (ikkita oxirgi tugunlar kelishuv protsedurasi) borligi hisoblanadi. Bu protsedura qo‘yidagicha aniqlanadi (2.9- rasm):

  1. Ulanishni initsiator tuguni qabul qiluvchi tugunga ulanishni o‘rnatish taklifi bilan xizmat paketini yuboradi.

  2. Agar qabul qiluvchi tugun uni qabul qilsa, ulanishni o‘rnatishni tasdiqlaydigan va bu logik ulanish chegarada ishlatiladigan, bir nechta parametrlarni taklif qiladigan boshqa xizmat paketi yuboriladi.

  3. Ulanishni initsiator tuguni uchinchi xizmat paketi yuborganida ulanishni o‘rnatish jarayonni tugatish mumkin, unda taklif qiladigan parametrlar unga mos tushadi deb xabar beradi.




2.9- rasm. Logik ulanishni o‘rnatish orqali uzatish




Virtual kanalni o‘rnatish orqali uzatish. Virtual kanalni o‘rnatish orqali uzatish – logik ulanishning xususiy misoli hisoblanadi. Unda barcha paketlar uchun marshrut kattiq aniqlangan. Bitta ulanish chegarasida uzatilayotgan barcha paketlar bitta aniq yo‘l bo‘yicha o‘tishi kerak (2.10- rasm). Paketli kommutatsiya tarmog‘ida oxirgi tugunlarni ulaydigan, bitta oldindan qo‘yilgan fiksatsiyalangan marshrut virtual kanal deb nomlanadi (virtual circuit yoki virtual channel VC). Virtual kanallar barqaror axborot oqimlari uchun o‘rnatiladi. Umumiy trafikdan axborot trafigini ajratish uchun har bitta paket maxsus belgi — metka bilan belgilanadi.
Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish protsedurasi qo‘yidagi qadamlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Virtual kanalni o‘rnatish – maxsus paketni manba tugunidan jo‘natish - ulanishni o‘rnatish so‘rovini (qo‘yiladigan shu virtual kanal yuboradigan adresi va oqim metkasi uchun).

  2. Tarmoq bo‘ylab o‘tish paytida so‘rov, har bir kommutatorda yangi yozuvni shakllantiradi, bu yozuv berilgan metkaga ega bo‘lgan paketni kommutator qanday xizmat qo‘rsatishi kerakligini ko‘rsatadi.




2.10- rasm. Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish.



  1. Shakllantirilgan virtual kanal shu metka bilan identifikatsiyalanadi.

  2. Virtual kanal o‘rnatilganidan keyin tarmoq kerakli ma’lumot oqimlarini bu kanal bo‘yicha yuborishi mumkin.

  3. Kirish interfeysiga paket qabul qilinganidan keyin kommutator paket boshidan metkani o‘qiydi va o‘zining kommutatsiyalash jadvalini ko‘rib chiqadi, bu jadval bo‘yicha paketni qaysi chiqish portiga yuborishni aniqlaydi.




Download 10,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish