1.4. Foydalaniladigan adabiyotlar
А.М.Эшмурадов.,М.Х.Нуруллаева., Н.А.Зайнутдинова.,И.А.Султанов. Рақамли коммутация тизими: дарслик.-Фан ва технология.2011
М.Х.Нуруллаева., Н.А.Зайнутдинова., Н.С.Ходжаев., И.А. Султанов. Рақамли коммутация тизимлари. 1 – қисм. Ўқув қўлланма. ТАТУ, Тошкент 2008.
1.5. Nazariy qism
Umumiy tushunchalar
Kommutatsiya maydon (KM) telefon stansiyalari va tugunlarining asosiy elementlaridan bo‘lib, ulash qurilmalari majmuasidan iborat. Kommutatsiya maydoni yordamida uning kirish va chiqish liniyalari orasida aloqa trakti o‘rnatiladi.
Kommutatsiya maydoni telefon stansiyalari va tugunlari hamda ulardagi boshqarish qurilmasi tuzilishini belgilab beradi. U, N kirish va M chiqish liniyalari (kanallari) bilan aniqlanadigan hajmi (sig‘imi), liniyalarning (kanallarning) taqsimlanish usuli, uni qurish uchun ishlatilgan kommutatsiya uskunasi, kirish va chiqish liniyalari orasidagi bo‘sh liniyalarni izlash tartibi, ichki tuzilishi (zvenolar va bosqichlar soni), o‘tkazuvchanlik qobiliyati va aloqani yo‘qotish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalanadi. Masalan, kanallarni fazo, vaqt yoki boshqa bir yoki bir necha taqsimlash usuli bo‘yicha kommutatsiya maydonini qurish mumkin. Eng ko‘p tarqalgani fazo, vaqt va shu ikki usulning birgalikda qo‘llanishi hisoblanadi.
Fazoda bo‘lish asosida qurilgan KMning qurilish tamoyillari
Kommutatsiya maydoni odatda bir necha alohida qismlardan tashkil topadi. 1.1 – rasmda ko‘rsatilgan kommutatsiya maydoni A, V va S qismlardan tashkil topgan bo‘lib, N kirish liniyalari bilan M chiqish liniyalari V1 va V2 oraliq liniyalari orqali ulanadi. Bu liniyalar orasidagi nisbat quyidagicha ifodalanadi:
N>V1; V1=V2; V2
Bu nisbat boshqa xollarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Demak,A qismda ko‘p sonli kirish liniyalari (odatda kam ishlatiladigan) kam sonli (odatda ko‘p ishlatiladigan umumiy) oraliq liniyalarig aulanadi. Keyingi V qismida V1 kirish va V2 chiqish liniyalari soni bir xil, S qismdagi foydalanuvchi esa, V2 oraliq liniyasisi orqali o‘zidan son jixatidan ko‘p bo‘lgan M chiqish liniyalariga ulanadi. A qism yuklamani yig‘ish, S qism esa yuklamani yoyish vazifasini bajaradi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, kommutatsiya maydoni faqat yuklamani yig‘uvchi (A qismiga o‘xshab) yoki faqat yoyuvchi (S qismiga o‘xshab) yoki yoyuvchi (S qismiga o‘xshab) yoki yig‘maydigan va yoymaydigan (V qismiga o‘xshab) vazifani bajaruvchi qilib qurilishi mumkin.
Kommutatsiya maydonini bir necha qismlarga bo‘linishi unga yuklangan vazifadan tashqari aloqa o‘rnatish usuliga ham bog‘liq. Agar 1.1-rasmda ko‘rsatilgan qismlarda aloqa boshqa qismlarda o‘rnatiladigan aloqaga bog‘liq bo‘lmasa, kommutatsiya maydonining bu qismi izlash bosqichi deyiladi.
Kommutatsiya tuguni turiga qarab izlash bosqichlarining soni har xil: dastlabki (DI), guruhli (GI), chiziqli (CHI) bo‘lishi mumkin.
1.1- rasm. Kommutatsiya maydonining tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |