1.7. Elektron pochta: xabarlar uzatish serveri (E-mail):
asosiy tushunchalar, xususiyatlari va afzalliklari
Elektron pochta servisi-Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to’la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda elektron pochta shunday afzalliklarga egaki, u xabarlarni istalgan vaqtda jo’natishi va qabul qilishi mumkin. Haqiqatan ham E-mail yuborayotib Siz odatdagi xatni yuborishdagi kabi xat qaerga va kimga yuborilayotgani, teskari manzili (faqat barcha nomlar va manzilgohlar, albatta elektrondir) ko’rsatiladi. Siz xatni «nusxa» orqali bir necha manzilgox bo’yicha jo’natishingiz, xatga fayl qo’shib yuborishingiz mumkin. Elektron xat bilan bo’ladigan keyingi ishlar oddiy xatni jo’natishni eslatadi. Siz pochta serveri bilan bog’lanasiz (odatda POP 3-Post Office Protocol-Pochta protokoli, 3-versiya) va xatni shu serverga jo’natasiz. («Pochtaga olib borasiz»). Keyin pochta serveri xatni oluvchining pochta serveriga yetkazib berishni tashkil qiladi, u yerdan xatni oluvchi olishi mumkin. Odatda elektron xat jo’natilgan zahoti kelib elektron pochta idishida xat oluvchi tomonidan olinish uchun saqlanadi. Shunday qilib, bu tizim oddiy pochtaga nisbatan kuchliroq va egiluvchandir. Elektron pochta xabarlarni shunchaki tez yetkazishga nisbatan xizmatlarni kengroq turlarini tavsiya qiladi. Elektron pochta, matndan tashqari, ovozli yoki grafikli fayllarni hamda boshqa ikkilik axborotlarni, masalan, dasturlarni ham o’zida tutishi mumkin. Elektron pochtaning eng asosiy afzalligi xatlarni tez yetkazib berishidir. Agar siz xatni elektron pochta orqali yuborayotgan bo’lsangiz, siz bilan pochta oluvchi o’rtasida qancha masofa borligi sizga baribir. Amalda jo’natilgan zahotiyoq xatingizni olishi mumkin. Xatni bir yo’li bir necha adresatga yuborish xam juda oson. Bu degani istalgan vaqtda Siz xabarlarni yuborishingiz va ularni bir necha sekunddan so’ng dunyoning turli joylarida o’qishlari mumkin.
Elektron pochtaning yana bir afzalligi shundaki, adresatning uzoqligi yetkazib berish tezligiga ham, qiymatiga ham xech qanday ahamiyati yo’q. Xatni elektron pochta orqali Germaniyani ichida Shimoliy Kutbga yoki bir vaqtda bir necha punktga yuborishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni xost-kompyuteringiz telefon aloqasidan foydalanganligingiz uchun haq to’laysiz. Internetga mustaqil ulangan kompyuterlar xost-kompyuterlar (host-ho’jayin) deyiladi.
Internet elektron pochtasi taxminan oddiy pochtaga o’xshash ishlaydi.
Sizning E-mail dasturingiz xatingizni xatning sarlavxasiga - konvertga o’hshab - (mail-header) joylashtiradi. va SMTP yordamida uni tarmoqqa jo’natadi. Pochta -server bilan muloqat qilish uchun elektron pochtaning mijoz-dasturi ikkita protokolidan foydalanadi: bittasi xabarni jo’natish uchun, ikkinchisi uni olish uchun. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol)- Pochtani uzatishning oddiy protokoli xabarlarni jo’natish uchun foydalaniladi; ROR3 (Post Office Protocil) - Pochta protokoli, 3-versiya, ularni olish uchun foydalaniladi. Keyin sizning xabaringiz tarmoq orqali tarmoqlararo o’tishlar (mail gateways) yordamida uzatiladi. Xabaringiz kerakli tarmoqqa kelib tushgandan so’ng, pochta agenti (mail agent) uni oluvchining pochta qutisiga yetkazib beradi. Adresat xabarni tarmoqdan POP3 pochta protokoli orqali oladi.
Xat sarlavxasi (mail header) quyidagicha bo’ladi:
E-mail. Xat sarlavxasi
Kimga
Nusxa
Biriktirish (vlojenie)
Mavzu
Klient E-mail
Elektron pochtadan foydalanishning turli xil turlari mavjud. Ulardan ayrimlari:
Oddiy yozishma. E-mail asosan xabarlar va fayllarni boshqa kishilar bilan almashish uchun foydalaniladi. Elektron pochta muassasalar tomonidan ilgaritdan foydalaniladi. Lekin hozir ko’pchilik undan do’stlari va qarindoshlari bilan muloqat qilish uchun foydalanadi.
«Daydi ritsarlar yozishmasi». Xizmat safarlari davrida, elektron pochta orqali odamlarga xabarlar yuborib, ular bilan idorada bog’lanish imkoniyati. Bugungi kunda istalgan mehmonxona yoki aeroportda telefon liniyasiga ulanish imkoniyatini topish mumkin.
Axborot serverlari. Ba’zi E-mail adreslar alohida xususiyatga ega - ular avtomatlashtirilgan. Siz bu adres bo’yicha qandaydir axborot yoki xujjatga so’rov yuborasiz va sizga avtomatik ravishda kerakli axborotlari bo’lgan javob yuboriladi. Masalan, Siz 1965 yilning ma’lum kunida qanday voqea sodir bo’lganini yoki ob-havo ma’lumotini bilishingiz mumkin. Bular hammasi oddiy elektron pochta orqali bo’ladi.
Jo’natish (mailing lists). Elektron pochta yordamida siz jo’natishga yozilishingiz mumkin. Ularning ayrimlari gazetalarga o’xshash tuzilgan: yozilganingizdan keyin, siz davriy ravishda nashriyotchidan yangi axborotlar olib turasiz.
Elektron pochta adreslari.
Internetning barcha E-mail adreslari bir - biriga o’hshash ko’rinishga ega. E-mail adres name @domain1.domain2.domain3.
Adres o’rtasidagi @ belgisi adresni ikki qismga bo’ladi: foydalanuvchi nomi chapda va domen nomi o’ngda.
Domen nomi (domain name)- Internetda aniq kompyuterga berilgan noyob nom. Internet tarmog’ini foydalanuvchining nomi unchalik qiziqtir-maydi. U, ko’proq, xabarni, o’ng tarafda nomi ko’rsatilgan, kompyuterga yetka-zish xaqida, o’ylaydi. Keyin bu kompyuter xabarni adresning chap tarafida ko’rsatilgan pochta qutisiga yetkazadi.
Elektron pochtaning adresi formati umumiy ko’rinishda quyidagicha bo’ladi:
foydalanuvchi nomi @ xost-kompyuter adresi
@ belgisi ko’pchilik klaviaturalarda (ALT)+ klavishlar kobinatsiyasi orqali teriladi.
Internetda marshrutizatorlar komanda qatorining @ belgisidan o’ng tarafda joylashgan qismini ishlaydi, uning chap tarafiga foydalanuvchi nomini xost-kompyuter o’qiydi.
Masalan, E-mail adres:
Oleg @ freenet. uz.
Nomi Tashkilot Mamlakat
Do'stlaringiz bilan baham: |