4.Leksikologiya va frazeologiya. Bu bolimlarda ozbek tilining lugat boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lugaviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qollanish xususiyatlari organiladi.
5.Leksikografiya. Bu bolimda lugatchilik, lugat tiplari va turlari, lugatlarning tuzilish printsiplari, lugat maqolalarining sxemalari, lugatlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi.
6.Morfemika. Bu bolimda soz yoki sozning grammatik shakllari tarkibidagi manoli qismlarmorfemalar xususida, morfemalarning funksional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida malumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |