Muayyan ma’no umumiyligi ostida birlashgan va o‘zaro bu
ma’noning parchalanishi, xususiylashuvi asosida zidlanadigan shakllar sistemasi GK hisoblanadi
. Shunday
qilib, grammatik kategoriyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Bir umumiy grammatik ma’no ostida
birlashuvchi, shu asosda bir-birini taqozo va bu umumiy ma’noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi
shakllar tizimi
grammatik kategoriya
deyiladi. O‘zbek tilshunosligida tilimizdagi 9 ta GK mavjudligi tan olinadi:
1) nisbat kategoriyasi; 2) o‘zgalovchi kategoriyasi; 3) harakat tarzi kategoriyasi; 4) bo‘lishli-bo‘lishsizlik
kategoriyasi; 5) son kategoriyasi; 6) daraja kategoriyasi; 7) kelishik kategoriyasi; 8) egalik kategoriyasi; 9)
kesimlik kategoriyasi: 9.1) shaxs-son; 9.2) zamon; 9.3) tasdiq-inkor; 9.4) mayl (modallik).
Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha.
Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli
vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik
ma’noni faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik
grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin.
Grammatik ma’no deganda
til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni
shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi.
Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko‘rinadiki,
ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar:
a)
grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi;
b)
bevosita (!) nutqni shakllantirishi;
d) umumlashma va abstraktligi.
Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik
grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo‘lmay qoladi. Masalan, [
bola
] leksemasining lug‘aviy
ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, subyektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik,
qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi
ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi.
Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko‘p lisoniy birliklarga birday tegishli,
umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so‘zlar
uchun umumiy. Lug‘aviy ma’no (semema) har bir leksemada o‘ziga xos va yakka, xususiy bo‘lsa, grammatik
ma’no bir turdagi juda ko‘p leksema uchun umumiy. Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita
kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi.
Grammatik ma’no morfologik sathda so‘zlarning umumiy ma’nosi bo‘lgan so‘z turkumlari (masalan,
otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek har bir so‘zshaklning ma’lum bir morfologik
kategoriya doirasida qarama-qarshi qo‘yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son egalik, kelishik) sifatida
yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so‘z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo‘laklarning
bir-biriga o‘zaro munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Keng ma’noda so‘z yasalish hodisasi ham grammatik
ma’noga daxldor Chunki yasalish natijasida so‘zning turkumlardagi o‘rni o‘zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi
grammatik tabiat kasb etganligini ko‘rsatadi. Masalan, [
aql
]
so‘zi «ot, mavhum ot, grammatik ma’nolariga ega.
Undan [
-li
]
so‘z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan albatta, grammatik ma’noda ham katta o‘zgarish
yuz berdi Ko‘rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo‘lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan
xoli bo‘lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug‘aviy va grammatik ma’no dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi.
Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud.
Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo‘lishi ham,
grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan,
(kitoblar)
so‘zshaklining
«turdosh ot» grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo‘lgani kabi uning mohiyatida mavjud, «ko‘plik»
ma’nosi esa ma’lum bir shakl
(-lar)
yordamida ifodalangan.
Kitobni o‘qimoq
birikuvidagi
(kitob)
so‘zining «tobe
uzv» grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida «yopishtirilgan».
Do'stlaringiz bilan baham: |