1-Ma’ruza: Fizika tarixi fanining predmeti va vazifalari.
Kirish. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati.
Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Ioniylar va Ellinlar
davri. Miloddan avvalgi VII-I asrlar.
Fizika tarixini o’rganish bu umumiy fizikaviy bilimlarning ajralmas bir
qismidir. chunki fizika fanini o’rganish bilan uning tarixi ham o’rganib boriladi, bu
fanning qonun qoidalarining ochilishi, ushbu qonunlarni ochishda olimlarning
tutgan o’rnidir. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu qonunlarning yozilishini, asl
nusxasini o’rganish uchun asl ma’nosini o’rganishda muhim o’rin egallaydi.
Fanlarning tarixini o'rganish fan rivojlanish taraqqiyotining ya'ni, yangi
ilmiy mulohazalar yaratishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Fizika tarixi minglab
yillik tarixga ega bo'lgan tabiiy fanlardan biri hisoblanadi. Fizikaga oid
qonunlarning yaratilish tarixi, ularning hozirgi zamon texnika va texnologiyasidagi
tutgan o'rni, fizik asboblar va qurilmalarning yaratilishi tariхi, fizika fanining
jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni, kelajakda qator fanlarning rivojlanishida muhim
bosqich bo'lib hizmat qiladi.
Marhum 1-birinchi Prezidentimiz I.Karimovning yuqori minbarida turib
«Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo'q» degan so'zlari, bu nafaqat, tom
ma'nodagi biz tushunadigan halq tarixi to'g’risida aytilgan. Bu so'zlar bir xil
ma'noda istalgan fan sohasi- hox ijtimoiy, hoh siyosiy, hoh tabiiy yoki texnikaviy
soha bo'lsin barchasiga tegishlidir. Umuman olganda har qanday soha bilimdoni-
tadqiqotchisi o'zidan avval qanday yutuqlarga erishilgani haqidagi ma'lumotlarga
ega bo'lishi, o'zidan avvalgi avlodlarning erishgan natijalariga tanqidiy nuqtai
nazaridan baho berish va keying bosqich faoliyatini belgilab olishi lozim. Bu ishlar
jamiyat rivoji, fan texnika rivoji uchun muhum ahamiyatga. Insoniyat o'zi
yashayotgan olam to'g’risidagi bilimlarni to'satdan va tayyor tugallangan holda
ololmaydi. Masalan hozirda har bir o`quvchiga ma`lum va "Nyuton qonunlari"
nomini olgan harakat qonunlari haqidagi bilimlar juda uzoq, ming yillarni o`z
ichiga qamrab olgan yo`lni talab etgan. Yana ikki yarim asrdan ortiq vaqt
Nyutonning qonunlari yetarlicha mukammal emasligi va ular juda katta tezliklar
bilan harakatlanayotgan jismlar va o`ta kichik jismlar (zarralar) uchun qayta
aniqlik kiritish lozimligini tushunib yetishga ketdi. Insoniyat bilmaslikdan bilishga
bo'lgan uzoq va mashaqqatli masofani bosib o'tdi. Bunda u unchalik aniq va to'liq
bo'lmagan bilimlarni aniq va to'liq tushunchalar bilan almashtirib bordi. Qisqa qilib
aytadigan bo`lsak, bilim tarixiydir, fan o`z tarixiga ega bo`ladi. Shuning uchun
ham, fan tarixi paydo bo`lgan zamondanok bu tarixni o`rganish ehtiyoji tug`ildi.
Umuman olganda, har bir tadqiqotchi u o`rganayotgan masalada undan oldin nima
ishlar qilinganligi haqida xabardor bo`lishi, ungacha bo`lgan ajdodlar qo`lga
kiritgan natijalarga tanqidiy nazar bilan qaramog`i lozim. Boshqacharoq aytadigan
bo`lsak, u yoki bu darajada tarixchining ishini bajarmog`i kerak. Bo`sh joyda
bajariladigan ishlarning o`zi bo`lmaydi, har bir yangi avlod ishini undan oldingilari
to`htagan joyidan davom ettirib ketadi va bajargan qismini keyingi avlodga
topshirib ketadi. Yevklid va Arximedning ishlarisiz Nyutonning ishlarini
tushuntirib bo`lmasdi, o`z navbatida Nyutonning ishlarisiz esa, Eynshteyn va
Borlarning ishlari yuzaga ham chiqmas edi. Shuningder, Horazmiy va
ForobiysizBeruniy yoki Ibn Sino, Umar Hayyom va Umar Chag’moniysiz
Ulug’bek, bularsiz Qozizoda Rumiy (zamonasining Aflotuni) yoki Ali Qushchi (15
asrning Ptolomeyi) bo'lmas edi. Ya'ni, har bir avlod o'zidan avval o'tganlar
merosini o'rganib, ular qoldirgan ishlar zaminida fan va texnikaning kelgusi
rivojini amalga oshiradi. Bilishlik rivojlanishining jarayonini o`rganish maxsus fan
- fan tarixi vazifasini tashkil etadi. Fizika tarixi fizika fanining rivojlanishini
o`rganuvchi fandir. Ixtiyoriy fanning asosiy vazifasi shu fan shug`ullanadigan
sohadagi amal qilinayotgan qonunlarni ochishdir. Shunday qilib, fan tarixining
asosiy vazifasi shu fanning rivojlanish jarayonlarini boshqaradigan qonunlarini
topishdan iboratdir. Birinchi qarashda bunday qonuniyatlar yo`qdek tuyuladi.
Arximed, Nyuton Lobachevskiylar ishlarining paydo bo`lishini oldindan bashorat
etib bo`lmasdi, olimning fikrlashi, ongi va ijodini boshqarib bo`lmaydi.
Tashqaridan nazar tashlaganda fan tarixi ayrim daholarning boshqaruvsiz va
nazoratsiz faoliyatidek tuyuladi, ularning hulq-atvorini tortishish maydonida
harakatlanayotgan tosh hulqatvoriga o`xshatib bo`lmaydi. Shubhasizki, fan
insonlarning faolligi natijasidir, natijasi bo`lganda ham eng murakkab va eng nozik
faollikning, ya`ni bilishlik, ijodiy faollikning mevasidir. Biroq, fanning rivoji katta
ahamiyatga ega ma`lum tarixiy sharoitlarda kechadi, bu sharoitlarni esa ilmiy tahlil
qilish imkoni bor. Tarixiy materializm ilk bor insoniyatning tarixiy rivojlanishini
ilmiy o`rganishga imkon yaratdi, insonlar faolligining real asosini, shu jumladan
ularning ma`naviy faolligi asosini ochib berdi. Bunday real asos har bir inson va
butun jamiyat yashashi uchun zarur bo`lgan moddiy farovonlikni ishlab chiqarish
usullari deb qabul qilindi. Aynan ishlab chiqaruvchi mehnat faolligi jarayoni
insonni hayvonlar podasidan ajratib olishda muhim rol o`ynadi, uning bilishlik va
yashash ijtimoiy sharoiti rivojlanishini ta`minladi. Shunday qilib, fanning paydo
bo`lishlikning o`zi faqatgina iqtisodiy rivojlanishning ma`lum pog`onasida,
dehkonchilik rivojlangan mamlakatlarda, shahar madaniyatida mumkin bo`ladi,
keyinchalik esa fan rivojlanishi iqtisodiyot rivojlanishiga moslashib ketaveradi.
Fan rivojidagi jamoat ishlab chiqarishning ahamiyati ayniqsa zamonaviy tarixiy
bosqichda bilinadi. Zamonaviy fan o`zining rivojlanishi uchun juda ulkan
mablag`lar sarflanishini talab etadi. Atom fizika va yadroviy energetikaning
rivojlanishi izotoplarni ajrata oluvchi maxsus korxonalarni yaratishni, reaktor va
tezlatgichlarni qurishni, qimmatbaho asboblar yaratilishini talab etdi. Zamonaviy
kosmik fan ham juda ulkan mablag`larni talab etadi. Iqtisodiy nuqtai nazaridan
qudratli mamlakatlargina kosmik kemalar va baquvvat kosmik raketalarni
yaratishga qodir bo`lib qoldilar. Birinchi yadroviy reaktorlar ham ana shu
mamlakatlarda yaratildi. Zamonaviy fan shuningdek, juda katta miqdorda yuqori
malakali mutaxassislarni, ya`ni, qudratli rivojlangan xalq ta`lim tizimini talab
etadi. Yaqqol ravshanki, zamonaviy fanning rivojlanishi uchun o`ta kuchli
iqtisodiyotgina bu sharoitlarni ta`minlab bera oladi. Bu muhim fakt fanning paydo
bo`lishi va rivojlanishi uchun ishlab chiqarishga bog`liqligi ta`kidi naqadar chuqur
ma`noga ega ekanligini ko`rsatadi.Shu bilan birga bu ta`kidni jo`ngina qabul qilish
yaramaydi va har bir ilmiy kashfiyot uchun iqtisodiy sababni axtarib bo`lmaydi.
Fan rivojlanish qonunlari anchagina murakkabroqdir. Iqtisodiy sharoitlar, jamoat
ishlab chiqarish usullari butun jamiyat hayoti uchun, shu jumladan fan uchun ham
zarur asosiy sharoitlarni hosil qiladilar. Biroq, bu sharoitlar mavjudligida boshqa
faktorlar muhim rol o`ynaydi. Masalan, har bir tadqiqot uchun ichki faktorlar
muhimdir, ya`ni, ilmiy bilimlarning holati, muammoning dolzarbligi, shaxsiy
qiziqish va qobiliyati va x.k. Fan nafaqat mustaqillikga, albatta, iqtisodiy
sharoitlarga qarab ma`lum chegarada, erishibgina qolmay, o`z navbatida o`zi ham
jamoat ishlab chiqarishga ta`sir etaoladi, o`zi ham ishlab chiqarish kuchiga aylanib,
ishlab chiqarishni rag`batlantiradi va tezlashtiradi. Ta`kidlab o`tish lozimki,
fanning ishlab chiqarish bilan bog`lanishi ham tarixiydir va ishlab chiqarish hamda
fanning rivoji bilan o`sib boraveradi. Aytilganlardan, fan, xususan, fizikaning
rivojlanish qonuniyatlarini o`rganish masalasi aniq ma`noga va katta ilmiy
axamiyatga ega. Fanning o`zi jamoat rivojlanish faktori bo`lgan zamonaviy
bosqichda bu masala ayniqsa dolzarbdir. Fan rivojlanishiga katta mablag`larni
tikish zarurati bu rivojlanishning eng samarali yo`llarini oldindan ko`ra bilishlikni,
uni ma`lum bir rejaga bo`ysundirishni talab etadi. Bu kutilmaganda ilmiy
kashfiyotlar paydo bo`lishini inkor etmaydi, bular fan tarixida juda ko`p bo`lgan,
biroq, fanni rejalashtirish jamiyat zaruratiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham
fanni rivojlanish qonunlarini o`rganish yangi fanni, ya`ni, fanshunoslik fanini
keltirib chiqargan dolzarb masalaga aylandi. Fan tarixi - fan asoslari haqidagi
fandir. Fan tarixi bilishlik nazariyasida ham muhim rol o`ynaydi. Bilishlik
nazariyasida fanning boshqa sohalaridagi kabi dialektik fikr yuritish lozimdir
ya`ni, bizning bilimlarimizni tayyor va o`zgarmas deb faraz qilish emas, balki
bilimsizlikdan qanday qilib bilim paydo bo`lishini, to`liqsiz bilim qanday qilib
to`liqroq va aniqroq bo`lishini tahlil qilish kerak. Shunday qilib, fanning tarixini
ilmiy tushunchalarning rivojlanishini o`rganmoq bilishlik nazariyasini, binobarin
fanning o`zini boyitib boradi. Fan tarixining asosiy ilmiy axamiyati ham ana
shundadir.
Fan tarixi shuningdek, muhim uslubiy va tarbiyaviy axamiyatga egadir.
Ayrim holda bilimlarni tarixiy ma`lumotlar orqali berish eng yaxshi samarali yo`li
bo`lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, fizika o`qituvchisiga Fizika
fanining tarixini bilish zarurdir, u o`qituvchini ilmiy va uslubiy tomondan
qurollantiradi. Fan tarixi fanga bo`lgan muhabbat, mehr va hurmatini tarbiyalaydi
to`g`ri dunyoqarash, ma`naviy insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Eng muhimi shundaki, fan tarixini bilmoq o`qitishda dogmatizm va rasmiyatchilik
bilan kurashda yordam beradi, o`quvchilarning ilmiy va ma`naviy dunyoqarashini
kengaytiradi. Shunday qilib, fizika fanining tarixini bilish kelajakda fizika fani
o`qituvchilarining ilmiy va mutaxassislik jihatidan tayyorgarligining o`sishini
ta`minlaydi. Ta`lim uchun fan tarixining axamiyati muhimligi shubhasizdir, va
undan yetarli darajada foydalanilmaganidan afsuslanish lozim. Lekin, kelgusida
ta`limdagi fan tarixi mavqei o`sib borishi shubhasiz
Do'stlaringiz bilan baham: |