1-Ma’ruza. Fanning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning mexanikasi, elektr yuritma tarkibidagi motorlarning tavsifi va elektr mexanik xususiyatlari



Download 290,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi290,8 Kb.
#206043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza

 

1.Fanning rivojlanish tarixi 

 Elektr  yuritma  tarixi  XIX  asrning  birinchi  yarmidan  boshlanadi.  G.X.  Ersted 

(1777-1851) tomonidan tokli o‘tkazgich va magnit maydonini mexanik o‘zaro ta’siri 

qonunini (1819 y), shuningdek M. Faradey tomonidan (1791-1867) elektromagnit 

induksiya qonunini (1931 y) ochilishi amaliy elektrotexnikaning rivojlanishi uchun 

juda  kuchli  turtki bo‘lib  xizmat  qildi.  1834  yildayoq,  rus  akademigi  B.S.  Yakobi 

(1801-1874)  akademik  E.X.  Lensning  (1804-1865)  bevosita  ishtirokida  ushbu 

qonunlarga  asoslangan  aylanma  harakat  elektr dvigatelini  loyixalashtirdi va  1838 

yilda birinchi o‘zgarmas tok dvigatelini yaratdi. 

 

M.O.  Dolivo-Dobrovolpskiy  (1862-1919)  tomonidan  o‘zgaruvchan  tokning 



uch  fazali  uzatish  sistemasini,  transformator  va  asinxron  dvigatelni  yaratilganligi 

(1888-1889  yillar)  elektr  yuritmani  butunlay  keyingi  rivojlanishi  uchun  buyuk 

a’amiyatga ega bo‘ldi. 

 

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida elektr yuritmalar sanoatga jadal joriy qilina 



boshlandi.  O‘sha  davrda  Buyuk  Britaniya,  Germaniya,  Fransiya  va  Rossiyaning 

elektrotexnik  jurnallarida  quyidagi  masalalar  keng  yoritilgan:  turli  ko‘rinishdagi 

ko‘taruvchi  –  transport  mexanizmlar,  prokat  ishlab  chiqarish,  metall  qirquvchi 

dastgoxlarning  elektr  jixozlari,  tekstil,  sement,  tegirmon  va  boshqa  ko‘rinishdagi 

ishlab chiqarishlarning elektr jixozlari va ularni elektrlashtirish. 

Xuddi  shu  vaqtning  o‘zida  yangi  amaliy  fan  -  elektr  yuritma  nazariyasi 

asoslari  ham  yaratila  boshlandi.  Elektr  mashinalarning  qizish  nazariyasi  ishlab 

chiqildi.  Ushbu  nazariya dvigatel quvvatini  tanlash usullarini yaratish uchun  asos 

bo‘ldi (1910-1920 yillar - X.Brotton, G.Foks, S. Pappe va boshqalar). Shu yillarda, 

turli  dvigatellarning  tezligini  parametrik  rostlash  va  ishga  tushirish  uchun 

rezistorlarni 

hisoblash 

bo‘yicha 

ko‘plab 


materiallar 

yig‘ildi. 

Mexanik 

xarakteristikalarni  hisoblash  usullari  va  dvigatellarni  tok  va  e.yu.k  funksiyasida 

avtomatik ishga tushirish prinsiplari ishlab chiqildi. 

 

XX  asrning  qirqinchi  yillarigacha  elektr  yuritmalarning  statik  va  dinamik 



xarakteristikalarini  o‘rganish,  ularni  avtomatik  boshqarish  prinsiplarini  yaratish, 

shuningdek  yuritmalarning  energetik  ko‘rsatkichlarini yaxshilash  masalalarini  xal 

qilish amalga oshirildi. 



 

40-50  yillardagi  avtomatikaning  elektr  mashinali  va  elektr  magnitli 

sistemalarining  juda  tez  rivojlanishi,  nafaqat  elektr  yuritmalarning  ishonchliligini 

ortishi,  balki  ular  harakatini  boshqarishning  yanada  murakkabroq  qonunlarini 

shakllantirish  imkonini  ham  yaratdi.  Shuning  uchun,  bu  yillarda  elektr  yuritma 

nazariyasining  muxim  muammolari  sifatida  turli  ko‘rinishdagi  yopiq  boshqarish 

tizimlaridan  foydalanish  natijasida  elektr  yuritmalarning  ratsional  dinamik 

rejimlarini o‘rganish va shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Elektr yuritmalarni 

boshqarish  elementlari,  elektr  mashinali  va  magnitli  kuchaytirgichlarni  turli 

korreksiyalovchi  qurilmalarni  amalga  oshirish  usullarini,  elektr  yuritma  tizimini 

tadqiqot  qilish  va  loyixalashtirishda  avtomatik  boshqarish  nazariyasi  usullaridan 

foydalanishni o‘rganishga qiziqish ortdi. 

 

60-70  yillarda,  sanoat  elektronikasi  va  kuchli  tokli  yarim  o‘tkazgichlar 



texnikasining taraqqiyoti sababli, elektr yuritmalarning texnikaviy bazasini tubdan 

o‘zgartirishi boshlandi. Unda faqat elektromexanik energiya o‘zgartirgichi sifatida 

elektr  dvigatel  saqlab  qolindi.  Yuritmaning  kuchli  tokli  qismida  turli  statik 

o‘zgartirgichlarni  qo‘llash,  elektromexanik  tizimning  tezkorligini  keskin  orttirdi. 

Bunga  elektron yarim o‘tkazgichli boshqaruv  tizimlaridan  foydalanish ham  sabab 

bo‘ldi.  T.A.  Glazenko  -  Leningradda,  Yu.N.  Konev,  V.A.Labunsov  va  Yu.G. 

Tolstov - Moskvada, G.V.Grabovetsskiy - Novosibirskda, O‘zbekistonda esa M.Z. 

Xomudxonov  tomonidan  kuchli  tokli  o‘zgartkichlar  texnikasining  yetakchi  ilmiy 

maktablariga asos solindi.  


Download 290,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish