Biz matematik modellar haqida so‘z yuritamiz. Matematik modellarni tuzish tizimli tahlilining asosidir. Bu ixtiyoriy tizimni tadqiq qilishning markaziy bosqichidir. Keyingi tahlilning natijasi modelning sifatiga bog`liq. Matematik model tushunchasiga ham turli ta‘riflar berilgan. Ulardan ba‘zilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya‘ni jarayonni matematik tilda bayonlashni matematik model deb yuritamiz. Matematik model olamning ma‘lum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |