solishdan iboratdir. Bu erda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi
va umumiy, yig’ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi
falsafaga tatbiqan ko’pincha ayni shu kontekstda qo’llaniladi, faylasuflar esa
olimlar deb ataladiki, bu qisman o’rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani
ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no
yuklanadi. Bu erda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan
bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo
fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar
tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob’ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy
bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o’zigagina xos bo’lgan maxsus
qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo’lgan til, kategoriyalar
apparati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash
va tushuntirish, hozirgi davrni to’g’ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida
albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo’lgan
voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi.
U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va
xalqlar uchun yagona bo’lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki
dunyoqarashiga mutlaqo bog’liq emas. Ular mazkur sohada olg’a siljish uchun
o’zlashtirish lozim bo’lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar yig’indisi
sifatida avloddan-avlodga o’tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga
tajriba yo’li bilan olingan ba’zi bir oqilona javoblar mavjud bo’lgan. Bu
javoblarni haqqoniy, ya’ni amaliyot sinovidan o’tgan, kundalik hayotda o’z
tasdig’ini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala
«yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo’lgan, boshqacha aytganda, aniq
ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak
burchaklarining yig’indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga
siqib chiqarilgan suyuqlik og’irligiga teng kuch ta’sir ko’rsatishi aniqlangani
zahoti bu masalalar o’zining «ochiq» xususiyatini yo’qotgan, ya’ni ular o’zining
boshqa variantlarni istisno etadigan aniq echimini topgan. Bu mazkur masalalar
atrofida har qanday qo’shimcha mushohada yuritish foydasizligi tufayli o’zining
har qanday ahamiyatini yo’qotganligini anglatgan. Echilgan masalalar va
muammolar esa aniq, ishonchli bilim darajasiga o’tgan va shu davrdan e’tiboran
o’zining falsafiy tusini yo’qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.YAspers bu
muhim qoidani ta’riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e’tirof
etgudek bo’lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa
hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo’ladi, deb qayd etdi.
SHunday qilib, azaldan yaxlit va bo’linmas dastlabki bilim sifatida amal
Do'stlaringiz bilan baham: |