1-Ma’ruza: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Diniy dunyoqarash odamlarning g’ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql»



Download 421,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana17.01.2021
Hajmi421,27 Kb.
#55881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
1-Ma’ruza Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.

Diniy dunyoqarash odamlarning g’ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», 

qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo’lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-

atvori  va  o’ziga  xos  harakatlaridir.  Agar  mifologiyada  an’anaga,  rivoyat 

qiluvchining,  ya’ni  oqsoqolning  obro’siga  e’tiqod  kuchli  bo’lsa,  dinda 

g’ayritabiiy  narsalarga  e’tiqod  birinchi  o’rinda  turadi,  oliy  kuchlar  nomidan 

rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro’si esa ikkinchi darajali rol o’ynaydi.  

Diniy  e’tiqodlarning  tarixiy  shakllari.  Insoniyat  tarixiga  ko’p  sonli  turli-

tuman  dinlar  ma’lum.  Xususan,  madaniyat va bilimlar  darajasi  juda past bo’lgan 

inson o’ziga qudratli, yot va sirli bo’lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga 

qarshilik  ko’rsata  olmagan  ibtidoiy  jamoa  davrida  dinning  ancha  sodda  shakllari: 

fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.  



Fetishizm  u  yoki  bu  predmetni  mo’jizakor  xislatlarga,  odamlar  hayotiga  ta’sir 

ko’rsatish  qobiliyatiga  ega  deb  hisoblaydi.  Bunday  predmet  ilohiylashtiriladi, 

sig’inish va topinish ob’ektiga aylanadi.  

Animizm (lot. anima  – jon) – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va 

borliq hodisalarini ham  ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir. Animizm nuqtai 

nazaridan butun dunyo ruhli va jonli. 

Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig’inish ob’ekti 

sanalgan  ajdod  deb  e’lon  qilinadigan  u  yoki  bu  hayvon,  o’simlik,  predmet  bilan 

umumiy  kelib chiqishiga bo’lgan ishonch  tashkil etadi, zero totem  mazkur  jamoa 

yoki  urug’ning  qudratli  homiysi,  himoyachisi  hisoblanadi,  uni  oziq-ovqat  va  shu 

kabilar  bilan  ta’minlaydi.  (Hindistonda  Xonumon  maymuni,  sigir,  Avstriyada 

kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet ) 



Magiya (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo’lib, 

uning  zamirida  tabiiy  kuchlar  yordamisiz  sirli  tarzda,  rasm-rusumlar,  o’ziga  xos 

amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto  g’ayritabiiy kuchlar – 

ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko’rsatish mumkinligiga bo’lgan ishonch 

yotadi.  

Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va 

politeizm  (ko’pxudolik)da  ham,  monoteizm  (yakkaxudolik)da  ham  u  yoki  bu 

darajada o’z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.  

Taxminan  10  ming  yil  muqaddam,  inson  chorvachilik  va  ziroatchilik  bilan 

shug’ullanib, o’troq hayot kechirishga o’tgach, neoletik inqilob yuz berdi. Jamiyat 

rivojlanishining  ayni  shu  bosqichida  politeizm  yuzaga  keldi,  chunki  mehnatning 

ijtimoiy  taqsimoti,  hukmronlikka  bo’ysunish  ruhlar  va  sanamlarga  bo’lgan 

ishonchga emas, balki xudolarga bo’lgan e’tiqodga ko’proq mos kela boshladi.  

Keyingi  davrlarda  davlatchilikning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi,  qadimgi 

buyuk madaniyatlarning paydo bo’lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, 

monarxiyalar  tashkil  topishi  va  shundan  kelib  chiqadigan  yakkaboshchilikning 

yuzaga  kelishi  natijasida  diniy  dunyoqarashda  ham  bir  xudoga  sig’inish 

tendensiyasi  paydo  bo’ldi.  Odamlar  ko’p  sonli  xudolar  orasida  kuch-qudratda 

yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm  suruvchi real hayot 

haqidagi  o’z  tasavvurlarini  yagona  va  qudratli  xudo  yashaydigan  narigi  dunyo 

bilan go’yoki muvofiq holatga keltirdilar. SHu tariqa monoteistik dinlar (yunon. 


Download 421,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish