1-Ma’ruza: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja


Qadimgi YUnonistonda falsafiy maktablarning yuzaga kelishi va rivojlanishi



Download 90,68 Kb.
bet15/24
Sana30.12.2021
Hajmi90,68 Kb.
#194652
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
1-Maruza Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsafasi. falsafasi.-1

Qadimgi YUnonistonda falsafiy maktablarning yuzaga kelishi va rivojlanishi. Qadimgi YUnonistondagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlari. Ellin madaniyati, uning YAqin SHarq mamlakatlarining madaniyati bilan bog’liqligi. Qadimgi YUnon mifologiyasi. Qadimgi YUnon va Rumo falsafasining o’ziga xos xususiyatlari, uning davrlarga bo’linishi va manbalari.

Ioniya falsafasi. Milet falsafa maktabi. Fales (mil.av. 625-547 y): “Suv-butun borliqning asosi”. Anaksimandr (mil.av. 610-540), uning “Tabiat haqidagi” asari, apeyron to’g’risidagi ta’limoti, kosmologiyasi, esxatologiyasi va sodda dialektikasi.

Anaksimen (mil.av. taxminan 588-525 y): “Havo-borliqning asosi”. Uning kosmologik va jon haqidagi ta’limoti. Milet falsafa maktabining Qadimgi YUnonistonda tutgan o’rni. Efeslik Geraklit (mil. av. 540-580 y): “Olov elementi- borliqning asosi” Geraklit- stixiyali dialektikaning asoschisi. “Logos” haqidagi ta’limoti va gnoseologiyasi. Geraklitning ma’naviy va ijtimoiy -siyosiy qarashlari.

Miloddan avvali VI asr- V asrning birinchi yarmida Italiya va Sitsiliyadagi ijtimoiy hayot va uning falsafadagi in’ikosi.

Pifagor (580-500) va pifagorchilarning falsafiy qarashlarining evolyusiyasi. Pifagorchilar Ittfoqi: “Mavhum sonlar-borliqning asosi”. Pifagorchilarning kosmologik ta’limotlari. Eley falsafiy maktabi. Parmenid va uning “Tabiat haqida” asari. Parmedning borliq, haqiqat va xushxabar to’g’risidagi ta’limoti. Parmenid tomonidan noborliqning inkor etilishi. Zenonning harakatini tadqiq etishi, uning aproiyalari.

Empedokl (mil.av. 490-430 y) borliq, uning moddiy asoslari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida. Uning kosmologik ta’limoti va biologik taxminlari. Empedoklning bilish nazariyasi. Anaksagor (mi.av. 500-428 y), uning gomeomeriyalar va Nous (aql) haqidagi ta’limoti. Anaksagorning kosmologik qarashlari, bilish nazariyasi.

Demokrit (mil.av. 460-370), uning atom va bo’shliq haqidagi ta’limoti. Demokritning hayot va jon, jamiyat va davlat to’g’risidagi fikrlari, til va san’at haqidagi qarashlari.

Suqrot (mil.av. 469-399 y). ning borliq va bilish to’g’risidagi qarashlari. “Mayevtika” usuli va uning dialektikaning haqiqatni bilish metodi sifatida shakllanishida tutgan o’rni. Suqrotning ijtimoiy qarashlari.

Aflotun (mil.av. 427-347) falsafasi, uning ijtimoiy va gnoseologik ildizlari. Uning kosmologik va kosmogonik ta’limoti. Aflotun dialektikasi. Uning jamiyat, davlat va ahloq to’g’risidagi qarashlari. Aflotun ta’limotining O’rta asr SHarq falsafasiga ta’siri.

Arastu (mil.av. 384-322 y) uning materiya va shakl to’g’risidagi ta’limoti. Bilish nazariyasi. Arastuning mantiqiy ta’limoti, axloq va nafosat to’g’risidagi qarashlari. Arastu dialektikasi. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ta’limotlari. Arastu ijodining O’rta asr SHarq va G’arb falsafasiga ta’siri.

Ellinizm falsafasi. Epikur (mil.av. 341-270): “Bog’” nomli falsafa maktabining tashkil etilishi. Epikur atomizmi. Bilish nazariyasi. Jon va ruhiyat to’g’risidagi ta’limoti. Epikurning jamiyat va davlat, ahloq to’g’risidagi qarashlari.

Stoya falsafasida bilish masalalarining tadqiq etilishi. Skeptitsizmning shakllanishi va mohiyati. Kiniklarning falsafiy qarashlari.

Qadimgi Rumoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi Kvint Enniy (mil.av. 232-169 y) –dastlabki Rumo faylasufi. Lukretsiy Kar (mil.av. 49-45 y) ning jon haqidagi qarashlari hamda ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy ta’limotlari.
O’rta asrlarda G’arb va SHarqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo’lgan, lekin ishchini o’ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integratsion asos din bo’lgan.


Download 90,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish