1-Ma’ruza: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja


Qadimgi SHarq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari



Download 90,68 Kb.
bet14/24
Sana30.12.2021
Hajmi90,68 Kb.
#194652
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
1-Maruza Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsafasi. falsafasi.-1

3. Qadimgi SHarq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi SHarq va G’arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma’naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o’ziga xosligi va betakrorligidan qat’iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.

Falsafa tarixi haqida fikr yuritishdan avval falsafa fanining bilish nazariyasi, qonun va kategoriyalari, tamoyillari, inson falsafasi, jamiyatni falsafiy anglash, uni ilmiy bilish va ilmiy boshqarish muammolari, insoniyatning istiqboli falsafa bilan mafkura o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, o’zaro ta’siri kabi masalalar haqida talabalarga ma’lumot berish lozim.

Falsafa tarixi fani bo’yicha talabalarga ma’lumot berishda, falsafiy dunyoqarash, inson faoliyatining asl maqsadi, mazmuni va mohiyati, moddiy borliq va ijtimoiy hayot o’rtasidagi o’zaro qonuniyatlar, aloqadorlik to’g’risida ma’lumot berishi darkor.

Falsafa tarixining shakllanishi va rivojlanishi, tarkibiy tuzilishining tarixiy bosqichlari, sinfiylik, xukm surgan davrda insonlarni xaqqoniylik, xalollik yo’lidan chalg’itib, g’ayri ilmiy fikrlar ya’ni “Evropotsentrizm”, “Osiyosentrizm” g’oyalarni ilgari surganliklari, G’arbni SHarqdan ustun turishi haqidagi fikrlari ilmiy asosga ega bo’lmaganligi sababli bu g’oya chok-chokidan so’kilganligi to’g’risida, hozirgi davrning ilmiy, falsafiy, diniy manzarasi, falsafa tarixining asosiy yo’nalishlari, oqimlari va maktablari, dunyoning globallashuvi, insoniyatning ekologik va boshqa global muammolari haqida tasavvurga ega bo’lishi lozimligi.

Falsafa tarixi fanini o’rganishda talaba dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mifologik dunyoqarash va uning xususiyatlari. Diniy dunyoqarash, uning xususiyatlari va ularning jamiyat hayotidagi o’rni. Falsafiy dunyoqarash – olam haqidagi yaxlit va sistemalashtirilgan bilimlar majmuasi. Falsafiy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari. Nazariya bilan amaliyotning birligi – falsafiy dunyoqarash tamoyili ekanligi. Qadimgi Misr va Bobilda diniy - falsafiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida aniq fanlar – astronomiya, matematika, tabiatshunoslikning rivoji va ularning xalq hayoti bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ilmiy fikrlarning o’ziga xos yo’nalishda, amaliy xarakterda, xukmron mifologik tasavvurlar an’analariga bog’liq holda rivojlanganligi. Xukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo’lganligi. Fikrimizning tasdiqi sifatida “Xo’jayinning o’z quli bilan suhbati”, “Arfis qo’shig’i”, “O’z ruhi bilan suhbat”, kabilarni olish mumkin.

O’tmish falsafiy ta’limotlar tarixini bosib o’tilgan bosqich sifatida o’rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etishini yodda tutmoq darkor. Bizning fikrimizcha falsafa bu ilmning shunday bir qismiki u na faqat yangi fanlarni tarixiy sharoitlarni, tabiiy ilmiy kashfiyotlarni tadqiq etish bilan taraqqiy etib qolmay balki o’zining falsafa tarixini anglash va yana qayta anglash yo’li bilan rivojlanadi. Falsafa tarixi bu ham falsafiy, ham tarixiy fandir. Falsafiy tarixshunoslik tushunchasidir. Falsafa tarixi falsafaning turli tamoyillari to’g’risidagi fandir. Falsafa tarixi predmetni o’rganishda falsafa bilan falsafa tarixining o’rtasidagi munosabatni ko’rish kerak. Falsafa tarixining turli tamoyillari to’g’risida, Gegel va uning ilmiy falsafa tarixining yuzaga kelishdagi roli haqida so’z yuritish lozim.

Talaba, shuningdek falsafa tarixida milliylik va baynalminalikning dialektik birligi to’g’risida muhim dasturul amalligini tushuntirish lozim.

Dastavval ilmiy falsafiy fikrlar eramizdan avval 2 ming yil avval shakllana boshlangan. Ilmiy-falsafiy fikrlar diniy-mifologik tushunchalar bilan o’ralgan edi. Qadimgi SHarq davlatlarida madaniyat, ilm va g’oyalarning shakllanishida kohinlarning roli katta bo’lgan.

Qadimgi Mirs va Bobilda ilmiy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi.

Dastavval ilmiy-falsafiy fikrlar eramizdan avval ikki ming yil avval shakllana boshlagan ilmiy falsafiy fikrlar diniy-mifologik tushunchalar bilan o’ralgan edi. Qadimgi sharq davlatlarida madaniyat, ilm va g’oyalarning shakllanishida qohinlarning roli katta bo’lgan. Ma’lumki, dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida Misr va Bobilda aniq fanlar- astronomiya, matematika, tibbiyotlarning rivoji va ularning xalq hayoti hamda ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o’ziga xos yo’nalishda, amaliy xarakterda, hukmron mifologik tasavvurlar an’analrga bog’liq holda rivojlangan. Hukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo’lgan.

Mirs va Bobilda falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ta’riflab, qadimgi Hindiston hamda Xitoy davlatlarida dastlabki sodda materilistik ta’limotlarning yuzaga kelishi to’g’risida fikr yuritmoq maqsadga muvofiq bo’lur edi.


  1. Qadimgi Hindistonda diniy-mifologik ideologiyasi. “Vedalar” braxmanizm ideologiyasining asosiy manbai.

  2. Qadimgi Hindistonda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Sinfiy kurashning keskinlashuvchi va asosiy falsafiy maktablarning yuzaga kelishi.

  3. Qadimgi Hindistonda idealistik ta’limotlarning rivojlanishda din va mifologiyaning ta’siri.

Birinchidan, Qadimgi Hindistonda jamiyat a’zolari tabaqalarga (kastalarga) bo’lingan edi. Braxmanlar (ruhoniylar davlatni idora qiliuvchilar). 2. Kshtariylar (xarbiy aristokratiya). 3. Vayshialar (erkin jamoa a’zolari, ya’ni noz-ne’mat bunyodkorlari.) 4. SHudralar ( past guruhlar bo’lib, ular jamiyat a’zolariga kirmas adilar). Jamiyatning oliy tabaqasi braxmanizm diniy ideologiyasini yartdi va rivojlantirgan. Bu oqim o’z mohiyatiga ko’ra reaksion edi. Vedalar esa braxmanizm ideologiyaining asosiy manbai hisoblangan. U to’rt qismdan iborat edi. 1. Rigveda. 2. Samaveda, 3. YAdjurveda, 4. Atxarvaveda.

Ikkinchidan, “Vedalar” garchand diniy mifologik ruhdagi asar bo’lishiga qarmay, unda olam qanday paydo bo’lgan uningboshi va oxiri bormi. Xudolarning vazifalari nimadan iborat deyilgan olam haqidagi dastlabki sodda qarashlarni qarashlarni uchratish mumkin. Vedalarning yakuni hisoblangan Upanishadlar (Mahfiy ta’limot) da falsafiy fikrlar bayon etilgan. Eramizdan oldingi VII asrdan –II asrgacha Qadimgi Hindistonda bir qator falsafiy maktablar, jumladan CHorvaka-Lokayata, Sankxiya, Vedanta, Vaysheshika, Yoga, Nyaya, Mimansa kabi maktablarning ta’limotlari asosiy o’rin egallagan. Bu maktablarda borliq, xarakat, olmani bilish masalalari o’ziga xos ravishda talqin qilingan.

Hindiston bilan bir qatorda qadimgi Xitoyda ham ilm-fan diniy mifologik va falsafiy fikrlar juda erta shakllanib borgan.

Qadimgi Xitoyda falsafiy ta’limotlarning yuzaga kelishi. Bu mavzuni quyidagi reja asosida o’rgansa bo’ladi.

Qadimgi Xitoyda quldorlik jamiyatning yuzaga kelishi hamda hamda “Osiyocha ishlab chiqarish usuli” ning o’ziga xos xususiyatlari.

Qadimgi Xitoy diniy-mifologik ideologiya haqida.

Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari haqida (Konfutsiy, Lao szi YAn CHju falsafiy maktablari).

Qadimgi Xitoyda sinfiy qarama-qarshiliklar tobora keskinlashuvi tufayli hukmron sinf o’z manfaatlarini himoya qilish uchun jonlariga oro kiradigan g’oyaviy qurol – dinga suyana boshladilar. Din va iohiy kuchlar to’g’risidagi mistik tasavvurlar qadimgi Xitoyda eramizdan taxminan XX—XV asr ilgari paydo bhlgan. Qadimgi Xitoy yozma manba’lari hisoblangan (“Go—YUy”), (“Qadimgi davr haqida so’z”), “SHitsain” (“Qo’shiqlar kitobi”), “Iqzin” (“O’zgarishlar to’g’risidagi asar”) va “In’fitszin” (“Zulmatning garmoniyasi to’g’risidagi asar”) nomli kitoblardir. Qul egalari diniy ideologiya yordamida podsholar ilohiylashtirilgan, ular xudoning erdagi vakillari deb e’lon qilingan, mehnatkash ommani ezishda dindan qurol sifatida foydalanishar, shu bilan birga falsafiy fikrlarning shakllanib borish jarayoni ham ifodalangan.

Qadimgi Xitoy madaniy merosining yozma yodgorliklarida mifologik tasavvurlar ifodalanishi bilan birga ayrim ateistik fikrlar, olamning moddiyligi va manguligini ta’kidlovchi fikrlarni ham uchratish mumkin.

Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda ham turli falsafiy maktablar yuzaga kela boshladi. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablarni analiz qilishda Konfutsiy (551-479 yillar) asos solgan falsafiy maktabning axloqiy siyosiy ta’limotiga e’tibor berish kerak.

Konfutsiy etikasining asosiy prinsplari insonparvarlik, adolat, rasm-rusumlarga rioya qilishlik, sadoqat, donishmandlik to’g’risida yuritmoq lozim. Bu ta’limotning keyingi falsafiy ta’limotlarning yuzaga kelishidagi ta’siri haqida ham gapirmoq lozim.

Qadimgi Xitoy falsafiy maktablaridan Lao Szi maktabi ham alohida o’rin tutadi. Bu falsafiy maktabning asoschisi Li Tan eramizdan avvalgi VI asrda yashab ijod etgan. Uning “Dao” va “De” ta’limoti haqida gapirish kerak. “Dao” dunyoning tabiiy qonuni bo’lsa, “De” jismlarning sifatidir. SHuningdek, bu falsafiy ta’limotdagi stixiyali dialektikaga, bilish nazariyasidagi ratsionalizmga e’tiborni jalb etmoq lozim. SHuningdek, unda ifodalangan, YAn-yorug’lik va In — qorong’u kuchlari haqida ham gap yuritish kerak bo’ladi.

Dastlabki falsafiy materialistik ta’limot eramizdan oldingi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga keldi. Bu maktabning asoschilari Fales, Aneksimandr va Anaksimen. Ular substansiya haidagi ta’limotlari. Gilozoistik ta’limot ongning kelib chiqishini hal etuvchi harakatdir.

Efeslik Geraklitning Logos haqidagi ta’limoti hamda uni bilish to’g’risidagi yo’llarini tushuntirmoq lozim. Sezgi va aql. Bilish jarayonida ularining o’rni va roli haqida gapirmoq lozim. Antik naturfalsafasining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida fikr yuritish lozim.

Qadimgi Gretsiyada idealizmning genezisi degan masalani ko’rishda Pifagor va pifagorchilar soyuzining ta’limotlarini o’rganish darkor. Ilk pifagorizmning asosini diniy-axloqiy muammo tashkil etishini anglash darkor. Ruhning abadiyligi va uning bir tanadan ikkinchi tanaga ko’chib yurishi to’g’risidagi fikrlar. Pifagorning aniq fanlarga va ayniqsa matematika faniga qo’shgan hissasi haqida fikr yuritmoq lozim. Uning abstrakt sonlar to’g’risidagi ta’limoti. SHakllarni tashkil etishda raqamlarning absalyutlashtirilishi. Pifagor idealistik dialektikaning asoschilaridan biri to’g’risida. Pifagorning dunyo to’g’risidagi ta’limotini tushuntirish lozim.

Eley falsafiy maktabi (VI asr oxiri V asr boshlari). Eley falsafiy maktabining asosiy namoyondalari Ksenofan, Parmenid, Zenonlarning falsafiy ta’limotlari haqida. Ksenofanning panteistik falsafasining o’ziga xos hususiyatlari haqida kosmologiyasi uning an’anaviy mifologiyaga qarama-qarshiligi to’g’risida gap yuritmoq lozim. Ksenofan asos solgan Eley maktabini Parmenid va Zenon davom ettiradi. Parmenidning aqlni hissiyotga qarama-qarshi qo’yishi to’g’risida. Uning gnoseologik muammoni shakllantirishdagi roli. Uning fikr va predmet (narsa) to’g’risidagi fikr birligi haqida.

Borliq haqidagi tushunchasi substansionallik g’oyalarining ifoda etilishi. Falsafada metafizik metodga Parmenid tomonidan asos solinishi. Parmenid ta’limotining Zenon tomonidan asosli ravishda o’zining aporiyalari bilan tasdiqlanishi. Zenonning o’ziga xos dialektikasi haqida. Zenonning ko’plikni fikrlash, o’arakatni fikrlashga qarshi argumentlari haqida gapirmoq lozim.

Demokrit ba’zan hissiy qabul qilina olmaydiganlarda qarama-qarshi qo’yadi. Lekin moddiy olamning asosini bo’linmas eng mayda zarrachalar – atomlar takil etadi, deydi Demokrit. Ma’lumki, dastlabki ilmiy fikrlarning shakllanishida Misr va Bobilda aniq fanlar astrologiya va matematika, tibbiyotlarning rivoji va ularning xalq xayoti hamda ishlab chiqarishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda o’ziga xos yo’nalishda amaliy xarakterda, xukmron mifologik tasavvurlarga an’analarga bog’liq holda rivojlangan. Xukmron dunyoqarash mifologik xarakterda bo’lgan. Qadimgi Misr va Bobilda ilmiy ratsionalistik fikrlarning yuzaga kelishi tufayli diniy mifologik qarashlar ildiziga bolta urilib, olamning paydo bo’lishi va uning tuzilishi haqidagi dastlabki sodda materialistik tasavvurlarning yuzaga kelishi.

Qadimgi Hindistonda diniy – mifologik ideologiya. Vedalar braxmanizm ideologiyasining asosiy man’bai. Qadimgi Hindistondagi mumtoz falsafiy maktablarning, falsafiy ta’limotlarning o’ziga xos xususiyatlari va bu maktablar ta’limotlarining ilk o’rta asr davrida Hindistonda yuzaga kelgan falsafiy ta’limotlarga ta’siri. Qadimgi Hindiston bilan bir qatorda qadimgi Xitoyda ham ilm-fan, diniy-mifologik va falsafiy fikrlar juda erta shakllanib borgan. Qadimgi Xitoyda quldorlik jamiyatining yuzaga kelishi hamda “Osiyocha ishlab chiqarish usuli”ning o’ziga xos xususiyatlari. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari. Konfutsiy va Lao szining diniy-falsafiy ta’limotlari. Antik davr falsafasini falsafa tarixi fanining ajralmas bir qismi sifatida o’rganish, ilmiy, g’oyaviy va tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega ekanligi.


Download 90,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish