Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo‘lib, zanjirdagi tok va kuchlanish o‘zaro qanday nisbatda bog‘langanligini ifodalaydi. Bu qonunga ko‘ra tarmoqlanmagan berk zanjirdagi (konturdagi) tok EYuK ga to‘g‘ri proporsional, zanjirning to‘la qarshiligiga teskari proporsionaldir. Mazkur qonunga binoan 1.4-rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi:
Bu yerda r - manbaning ichki qarshiligi; RL=1/2RL+1/2RL- elektr uzatish liniya simining qarshiligi; r0+RT zanjirning to‘la qarshiligi; RT=RL+Rn - tashqi zanjirning qarshiligi:
(1.2) formula berk kontur uchun Om qonunini ifodalaydi. Shuningdek, EYuK manbai bo‘lmagan elektr zanjirining istalgan qismi uchun ham tadbiq etish mumkin. U holda zanjirning бв qismidagi (1.4 va 1.5-rasmlar) tok:
bundan
Demak, Ris qarshiligida kuchlanishning pasayishi U orqali o‘tgan tokning mazkur qarshilikka ko‘paytmasiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |