1 - ma’ruza. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar haqida asosiy tushunchalar
Elektr tizimidagi kechadigan elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘lishiga olib keladigan turkilar turlaridan eng ko‘p uchraydiganlari quyidagi sabablar tufayli paydo bo‘lishi mumkin:
Elektr sistemada yuklamalarni ulash va uzish;
Elektr sistemada sodir buladigan qisqa tutashuv (QT)ning barcha turlari;
Elektri sistemada turunlashmagan (QT)ni o‘chirish;
Avariya holatida o‘chirilgan elementlarni. Zanjirni va fazani qayta ulash;
Elektr sistemada kuzatiladigan maxaliy bo‘ylama nosimmetriklarni paydo bo‘lishi;
Sinxron generatorlarni o‘z - o‘zini sinxronlash va sinxronlash shartini bajarmasdan sistemaga parallel ishlashga ulash;
Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar qo‘zatish tokini jadal (forsirovka) oshirish va qayta kamaytirish (rasforsirovka);
Elektr sistemada kuzatiladigan QTni o‘chirishda kuzatiladigan o‘chirgichlar kontaklarida kechikish;
Elektr sistemadagi turli kommutatsiyalar.
Elektr sistemada simmetrik va nosimmetrik qisqa tutashuv deb sistemaning normal ishlash holatlariga muvofiq bo‘lmagan har qanday fazalararo qisqa tutashuv va neytrali zaminlangan sistemalarda esa bitta yoki bir nechta fazalarning erga tutashishiga aytiladi.
Ma’lumki elektr sistemada kuchlanishi 35 kVgacha bo‘lgan tarmoqlar va tarmoq elementlari neytrali izolyasiyalangan (zaminlanmagan) yoki moslovchi induktuv qarshilik orqali zaminlangan bo‘ladi. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori kuchlanishli sistemalarda esa sistemaning neytrali zaminlangan bo‘ladi. SHunga e’tibor berish lozimki tokning nolinchi ketma – keligiga bo‘lgan induktuv qarshiliqning to‘gri ketma – ketlik induktuv qarligiga bo‘lgan nisbati doima qo‘yidagi shartni bajarishi lozim ( bo‘lishi kerak). Neytrali zaminlangan sistemaning birorta fazasining erga tutashishi oddiy QT deb nomlanadi. Ko‘pincha QT nuqtasida elektromagnit o‘tkinchi jarayon ta’sirini e’tiborga oluvchi o‘tkinchi induktiv qarshilik vujudka keladi. Bu qarshilik QT paytida paydo bo‘lgan elektr yoyining yonish sharoitiga qarab uning qarshiligining o‘zgarishini xisobga olsak, o‘tkinchi qarshilik fazalararo yoki faza bilin er arosidagi qarshiliklardan tashkil topgan. Bir qator xollarda elektromagnit o‘tkinchi jarayon taxlilini engillashtirish maqsadida o‘tkinchi qarshilik miqdori anchagina kichik bo‘lishi mumkin deb faraz qabul qilinadi. SHuning uchun ayrim xollarda sistemada kisqa tutashuv paytidagi elektromagnit o‘tkinchi jarayonni taxlil qilishda e’tiborga olmasa xam bo‘ladi.
Elektr sistemada sodir buladigan qisqa tutiashuvlarning turlari va ularning paydo bulish extimoli 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval.QT turlari va belgilanishlari.
QT turi
|
Prinsipial sxemasi
|
Belgilanishi
|
Nisbiy sodir bo‘lish extimolligi %
|
Uch fazali
|
|
K(3)
|
5
|
Ikki fazali
|
|
K(2)
|
20
|
Ikki fazali erga
|
|
K(1,1)
|
10
|
Bir fazali
|
|
K(1)
|
65
|
Sistemada elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni xisoblashda va tahlil qilishda uni soddalashtirish maqsadida qisqa tutashuvning asosiy turlarini quyidagicha belgilaymiz:
- Uch fazali simmetrik QT - K(3) ;
- Ikki fazali fazalararo QT - K(2);
- Bir fazali erga yoki sistema neytraliga - K(1);
- Ikki fazali erga QT - K(1,1).
Elektr sistemasida qisqa tutashuv paytida kechadigan elektromagnit o‘tkinchi jarayonga sinxron generatorlarda qo‘zgatishni avtomatik rostlagichning ta’siri izoxlovchi qisqa tutashuv tokining tipik ossillogrammasi keltirilgan (1.1-rasm). Elektromagnit o‘tkinchi jarayonning boshlanish dovrida ikkala ossillogrammadagi qisqa tutashuv tokining o‘zgarishi deyarli bir xil bo‘ladi. Buni shunday izoxlash mumkinki qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisining paydo bo‘lishi va uning so‘nishi stator chulamining vaqt doimiysiga ko‘ra tezlikda bo‘lsa, ikkinchi tomondan qo‘zatish chulami va xosil qilayotgan davriy tashkil etuvchining o‘zgarishi qo‘zgatish chulami va qo‘zgatgichning qo‘zatish chulamining elektromagnit inersionligi ( ).
SHu sababdan elektromagnit jarayonning boshlanich davrida qo‘zatishni avtomatik rostlagichning (QAR) ta’siri uncha sezilmaydi. Keyinchalik esa elektromagnit o‘tkinchi jarayonning kechishi sinxron generatorda QAR o‘rnatilmagan yoki o‘rnatilishiga qarab xar xil kechadi. Sistemadagi sinxron generatorda QAR o‘rnatilmagan bo‘lsa qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisi so‘ngandan keyin statordagi qisqa tutashuv toki turunlashgan qiymatga keladi va uning amplitudasi quzgatish tokining qiymati bilan belgilanadi. Sinxron generatorda QAR uskunasi o‘rnatilgan xolda esa ma’lum QARning inersionligi bilan baholanadigan vaqt o‘tgandan so‘ng qisqa tutashuv toki o‘zining yangi turunlashgan holatiga erishadi. Uning amplitudasi QARning qo‘zgatish tokini o‘zgartirish darajasiga bogliq.
a)
b)
1.1-rasm. To‘satdan sodir bo‘lgan uch fazali qisqa tutashuvda stator chulamidagi tokning o‘zgarish ossillogrammasi. a) – sinxron generatorda QAR o‘rnatilmagan; b) – sinxron generatorda QAR uskunasi o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |