1-ma’ruza «Elektr jixozlariga texnik xizmat koʻrsatish» faniga kirish. Reja


Elektr qizdirish vositalari ishlatish



Download 1,3 Mb.
bet33/38
Sana30.08.2022
Hajmi1,3 Mb.
#847904
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
ELEKTR JIXOZLARI MA\'RUZA

Elektr qizdirish vositalari ishlatish
Elektr qizdirish vositalarini ishlab chiqarish sharoitida o’rnatishga energiya nazorati organlaridan ruhsat olish zarur.
Ruhsat olish uchun quydagilar tayyorlanishi zarur:
- elektr qizdirishning samarali yechim ekanligini texnik - iqtisodiy asoslangan hisoblari;
- o’rnatishi mo’ljallangan elektr qizdirish vositalarining pasport kattaliklari, tipi, nomi, tayyorlangan korxona ko’rsatilgan ruyhati;
- elektr qizdirish vositalarining maksimal yuklama davrlarida ishlash rejimi umumiy yuklamani kamaytirish tadbir choralari ko’rsatilgan, texnik iqtisodiy hisoblari bilan asoslangan quvvatlarning ulanish grafiklari.
Quyidagi xolatlarda elektr qizdirish vositalarining ulanishiga ruhsat olinmaydi:

  • agar elektr qizdirish vositasi inkubatsiya va jo’jalar turgan joyini qizdirish uchun ishlatilsa;

  • yosh hayvonlarning joyini qizdirish va ularni nurlatish;

  • ona cho’chqa, qo’y, sigirlar poli elektr qizdirishli bo’lsa;

  • ozuqalarni parlash uchun ishlatiladigan par qozonlari, sut tovar fermalarida sut idishlarni yuvish uchun va sug’orish uchun iliq suv olishda ishlatilsa;

  • maydon 100 m2 gacha bo’lgan ishlab chiqarish xonalarni isitishda va issiq suv ta’minotida, (maishiy xonalar, vagonlar, ustaxonalar, veterinar sanitar punktlari, idoralar, omborlar, tozalash punktlari, nasoslar xonasi, yoqilg’i quyish shoxobchasi), agar ular issiqlik ta’minot tizimidan uzoqda joylashgan bo’lsa (L>600 m va elektr qurilmalar quvvati 20 kVt gacha bo’lsa).

Elektr qizdirish vositalaridan fodalanishda tarmoqqa ulanishga texnik shartlar rayon elektr tarmoqlari tomonidan beriladi. Elektr qizdirish vositalari energiya nazorati, yong’in nazorati, xo’jalikning elektrotexnik xizmati, qurilish montaj tashkiloti, va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan ishlatishga qabul qilinadi.
Komissiya quydagilarni tekshiradi:

  • texnik hujjatlar (tasdiqlangan loyiha, elektr qizdirish vositalar posporti, izolyatsiya qarshiligini ulchash aktlari, yerga ulanish qarshiliklari va elektr qizdirish vositalar potentsialini tekshirish o’lchash aktlari);

  • bajarilgan ishlarni ishchi loyihaga va elektr va yong’in xavfsizligi texnikasi meyoriylarga mos ravishda ekanligini;

  • elektr qizdirish qurilmasini ishga yaroqliligini, iste’mol quvvati va ishchi haroratini pasport ko’rsatgichlariga to’g’ri kelishi. Komissiya ishi akt bilan rasmiylashtiriladi.

Elektr qizdirish vositalarining ishlab chiqarish ishlatishda ularning texnologik samaradorligini oshirish tadbirlari amalga oshiriladi. Bunda elektrotexnik xizmat xodimlari elektr qizdirish qurilmalarini to’liq but holda bo’lib, yangi samarali elementlar bilan to’ldirib, yangi samarali elementlar bilan to’ldirib turadi, texnologik, biologik va agrotexnik talablardan kelib chiqib, optimal ish rejimlarini belgilaydi va nazorat qiladi. Energosistema ish rejimlari bilan energiya istemoli grafigini korrektirlaydi va minimal energiya iste’moli oraliqlarida ishlab turishini tashkil qiladi.
Elektr qizdirish vositasining samarali butlash (komplektlash) elektr qizdirishining imkoniyatlarini to’liq amalga oshirish imkonini beradi.
Elektr energiyasining cheksiz bo’lina olishi va elektr energiyasini uzatishning minimal energiya yo’qotishlari bilan bajarilishi elektr qizdirish vositalarini bevosita qizdirish ob’ektlarida o’rnatish va amalda har qanday qizdirish uslubi va tiplaridan foydalanish imkonini beradi. Elektr qizdirish optimal haroratni, texnologik rejimlarni aniq, avtomat ravishda ushlab turishni ta’minlaydi.
SHuning uchun nisbatan past haroratli va energiya hajmli texnologik jarayonlarda elektr qizdirish vositalarini qo’llash samaralirok bo’ladi. Bunda energiyani uzatish isroflari kamayadi, kapital mablag’lar tejaladi, elektr energiyasi sarfi kamayadi. Markaziy issiqlik sistemalar yirik komplekslar, katta energiya iste’molchilarida samarali bo’lib, hozirda keng tarqalgan mayda va o’rta kattalikdagi xo’jaliklarida elektr qizdirish imkoniyatlarini hisoblab chiqish zarur. Elektr qizdirish uslublari, vositalarini ham eng optimali tanlab olinishi mumkin. Masalan xo’jaligi ob’ektida elektrokaloriferni elektr qizdirish poli to’shaklari (kover) bilan almashtirish mikroklimat yaratish uchun zarur elektr energiya iste’molini 2-3marta kamaytiradi. Elektr qizdirish qurilmalari ish rejimlarini to’g’ri tanlashni faqat qizdirish texnologiyasini yaxshilamay yana ularni energiya iste’moli maksimumida ajratib, tungi minimumda ishga tushirib, grafikni tekislash imkonini beradi. Bunda elektr qizdirish vositalari tizimiga issiqlik akkumlyatsiyalovchi (yig’uvchi) elementlar qo’shiladi. Issiqlik yig’uvchi element sifatida issiqlik izolyatsiyali suv baklari olingan. Suv bak idishi hajmi issiq suv iste’moli grafigiga, issiqlik sig’imiga suvning maksimal haroratiga, minimal haroratga va elektr qizdirish qurilmasining ishlamay turish vaqtiga bog’liq bo’ladi. Eng samarali elektr qizdirish qurilmasi kechki va kunduzgi maksimumda tarmoqdan ajratiluvchilaridir. YAna ularning qulayligi to’liq avtomat rejimda ishlashi va kompaktligidir.
Energiya – issiqlik ta’minoti tizimida energiya tejovchi sistemalarni samarali ishlatish qilish elektr qizdirish qurilmasining o’rnatilgan quvvatini pasaytirish va elektr energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi. Bu borada issiqlik almashinuvchi ventilyatsiya sistemasi, yer osti yoki quyosh energiyasidan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan foydalanish, sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilarini qayta ishlab energiya olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Issiqlik tashuvchilarni (issiq suv, havo) retserkulyatsiya qilish ham 20-30 % issiqlik energiyasini tejash imkonini beradi. Izlanishlar yana qator energiya manbaalarini tejash yo’llarini ko’rsatishi mumkin.
Elektr qizdirish qurilmasining texnik ishlatish o’z vaqtida texnik qarovlar va ta’mir tadbirlarini o’tkazib, ularni yuqori ishonch bilan ishlab turishga yo’naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Elektr qizdirish qurilmasining texnik qarovlari reja asosida 2 oyda bir marta qurilmaning o’rnatilgan joyida o’tkaziladi. Texnik qarovlar texnologik jarayon rejimlari oralig’ida elektr qizdirish qurilmasining tipaviy texnik qarovlari quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi: tashqi tomonini changdan tozalash, kontakt ulanishlarini tekshirish zarur bo’lganda tozalash, yerga ulanish tarmoqini tekirish, elektr qizdirish qurilmasini tarmoqqa ulab ko’rish, ish ko’rsatkichlarini tekshirish.
Joriy ta’mir elektr qizdirish qurilmasida har yili, turgan joyda bajariladi. Demontaj qilinmaydi, lekin zarur bo’lsa ayrim qismlari yechib olinadi, masalan qizdirish elektrodlari. Qizdirish elementini ta’miri, sozlashi, avtomatlashtirish vositalarini rostlash maxsus stendi, ustaxonada bajarilishi lozim. Ta’mir hajmi elektr qizdirish qurilmasining konstruktsiyasiga bog’liq. Barcha elektr qizdirish qurilmalari uchun quyidagi jarayonlar bajariladi: chang va iflosliklardan tozalash (kompressorda yuqori bosimli havo yordamida), qismlarga ajratish va barcha asosiy qismlarni bevosita ko’rib chiqish, tekshirish, nosozliklarni yo’qotish, boshqarish sxemasini ishlashini tekshirish, qizdirish elementlari izolyatsiyasi va yerga ulanish qarshiligini o’lchash, elektr qizdirish qurilmasini tarmoqqa ulab, ish ko’rsatkichlarini pasport qiymatlariga mosligi tekshirib ko’riladi, uning barcha ish rejimlarida ishlatib ko’riladi. Ba’zi bir elektr qizdirish qurilmasida qo’shimcha ravishda yana quyidagilar bajariladi: elementli suv qizdirgichlar ustidagi kuyindi qoplamasi tozalanadi. Bakning ichki devorlarida va qaynoq suv quvurlaridagi qoplamalar tozalanadi, qayta oqim klapanini, to’kish va bosimli suv yo’lidagi kranni yuvish va tozalash. Harorat regulyatori va saqlovchi klapanni ishga yaroqliligini tekshirish, defektli qismlarni tuzatish, bo’yash, tashqi korpusini tozalash va bo’yoq qilish. Elektrodli elektr suv qizdirgichlarda – elektrodlar yuzasidagi kuyindini tozalash, bak ichki devorlari va quvurlarni tozalash, yuvish; elektrodlar izolyatorini artish va tozalash; yeyilgan prokladkalarni almashtirish, rostlovchi mexanizmlarni ravon yurishini tekshirish, elektr suv qizdirgichlarni o’rnatish, quruq holda elektr qizdirgichlar izolyatsiyasini tekshirish, yerdan izolyatsiyalangan qozonlarda izolyatsiya qarshiligini o’lchash, yerga ulanish konturini tekshirish; suvni sovuq va qizigan holatidagi elektr qarshiligini o’lchash, qurilmani suvga to’ldirish va ularni ishga yaroqliligini ko’rish;
Elektr kalorifer qurilmalarida – ichki yuzasini tozalash, bo’yash; elektr qizdirish elementlarini holatini tekshirish, yeyilgan prokladkalarni almashtirish; ventilyatorni elektr tarmog’ini tekshirish;
Elektr qizdirish qurilmalari ishlatilgan texnologik jarayonlar ishonchliligiga qat’iy talablar qo’yiladi, ularning turib qolishi qishloq xo’jaligi xonalarida mikroiqlimni va mahsulot sifatini buzilishiga olib keladi. Ularning elektr qizdirish qurilmasi elementlariga yetarli ehtiyot qismlar bo’lishi zarur. Extiyot qismlarga quyidagi normalar belgilangan (1 yilga) mavjud qurilmalar miqdoridan % larda olingan: elektr qizdirish elementlari –60-80 %, harorat relesi va boshka avtomatik vositalari –14-40 %, zolyatorlar – 45 %, klapanlar – 27 %, prokladkalar – 40-60 %.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish