Transformator moyining ishlatilishi
Quvvati 100kVA gacha bo’lgan kuch transformatorlarda ishlatish davrida moydan namuna olinmaydi, moyning sifati uning profilaktik sinovlari natijalariga ko’ra baholanadi. Moyning holati transformatorning holati haqida ma’lumot bera oladi. Ishonchli ishlab turishi uchun transformator moyi yuqori sifatli bo’lib, standart ko’rsatkichlarda bo’lishi kerak. SHu sababli kuch transformatorlarining ishlatishda uning moyi doim nazoratda bo’lib qoladi. YAngi keltirilgan moy pasporti bilan qabul qilib olinadi. Moyning sifati undagi aralashmalar borligi bilan belgilanadi. Agar moyda 0.01-0,02% namlik bo’lsa, moyning teshilish kuchlanishi 4-5 barobar pasayadi. Buning sababi moyda suv tomchilari qutblanuvchi bo’lib yagona zanjirlar hosil kiladi va elektr maydon bo’ylab elektrodlar orasida tortiladi. SHu suv zanjirlari bo’ylab moy teshiladi. Zajir hosil bo’lishi uchun moyning kamgina namlanishi yetarli bo’ladi. Keyingi moy namligini oshishi teshilish kuchlanish miqdoriga ta’sir ko’rsatmaydi. YA’ni parallel suv tomchilari zanjirlari paydo bo’ladi xolos. Notekis elektr maydon yuqori kuchlanganligi ta’sirida yirik suv tomchilari paydo bo’lib, u bak ostiga cho’kadi. Ular elektr maydon tashqarisida bo’lib moyning teshilish kuchlanishiga ta’sir qilmaydi.
Moyni quritish. Energosistemada moy ikki uslubda quritiladi: moy orqali quruq azot yoki (uglekisliy gazni) karbonat angidrid haydab. Oddiy atmosfera sharoitida, moy ustida 20-30kPa vakuum hosil qilib, 2,5-5,5kPa qoldiq bosim va atmosfera bosimida moyni purkab. Quritish jarayonini tezlashtirish uchun moyni 40-50°S gacha qizdiriladi va 8-12kPa qoldiq bosimda jarayon bajariladi.
Uncha katta bo’lmagan ta’mir korxonalari sharoitida moyni 25-35°S haroratgacha qizdirib tindirib quritiladi. Tindirish-oddiy quritish usuli, lekin u uzoq vaqt talab qiladi. Qizdirib quritish ham, ayniqsa o’z bakida, o’zining toki bilan, ancha sodda va arzon uslub, lekin uzoq muddat qizdirilsa qizdirilgan moy o’z sifat ko’rsatkichlarini yo’qota boradi.
Moyni tozalash. Ishlatish davrida moy faqat namlanmay ifloslanib ham boradi. Suv va mexanik aralashmalardan moy tsentrifuga qilib va filtrlab tozalanadi. TSentrifuga moydan undan og’irroq bo’lgan begona aralashmalarni ajratish uchun xizmat qiladi. Moy harorati bunda t= 45-55°S bo’lishi zarur. harorat past bo’lsa, moy quruqroq, ilashimlirok bo’ladi va suv va aralashmalar yomon ajraladi. Harorat yuqori bo’lsa (t>70°C) suv moyda erib parlanib, moydan yomon ajraladi. Bundan tashqari yuqori harorat moyni tez eskirishiga olib keladi.
Filtrlashda moy karton, qog’oz, material, silikogel yoki shunga o’xshash mayda teshiklari (tirqishlari) bo’lgan g’ovak muhitdan siqib o’tkaziladi. Filtrlash filtr-pressda bajariladi. Karton, qog’ozlar faqat filtrlamay moy tarkibidagi namlikni ham tutib qoladi. SHuning uchun yuqori gigroskopligi bo’lgan yumshoq, g’ovak karton ishlatiladi. Lekin bunday filtr shlam va ko’mirni yomon tutib qoladi, ko’p qog’oz tola ajratib chiqaradi. Filtr pressda yumshoq karton bilan qattiq karton aralash qo’llanilib moyni tozalanish sifati oshiriladi. Moyni 40-50°S haroratda filtrlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Harorot oshsa kartonni gigroskopikligi pasayadi va suvni moyda erishi kuchayadi. Kartonni vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi. Karton toza moyda yuviladi, chayiladi, quritiladi va yana qayta filtrga o’rnatiladi. 1 t moyni tozalash uchun 1 kg karton ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |