Sintaktik xatolar.
area() funksiyasini quyidagicha chaqirsak nima sodir bo’ladi:
int s1 = area(7; // xato: qavs tushirib qoldirilgan )
int s2 = area(7) // xato: nuqta vergul tushirib qoldirilgan ;
Int s3 = area(7); // xato: Int — tur emas
int s4 = area('7); // xato: tirnoqcha tushirib qoldirilgan '
Xar bir qator sintaktik xatoga ega, boshqacha qilib aytganda ular C++ grammatikasiga to’g’ri kelmaydi. Afsuski barcha hollarda ham xatolarni dasturchi tushinishiga oson qilib ifodalash qiyin. Natijada eng oddiy sintaktik xatolar xam tushunarsiz ifodalanadi, bundan tashqari xatolikka ko’rsatayotgan qator ham bir oz uzoqroqda joylashgan bo’ladi. Shuning uchun kompilyator ko’rsatayotgan qatorda hech qanday xatolik ko’rmayotgan bo’lsangiz biroz yuqoriroq qatorlarni tekshirib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |