Inkapsulyatsiya: Yuqorida qayd qilingandek sinf uchta mohiyatni – maydon (berilganlar), metodalar va xossalarni birlashtirishni angalatadi. Inkuapsulyatsiya sinfni programmaning boshqa qismlaridan ajaratish imkonini beradi va ma‟lum bir ma‟noda sinfni «mustaqil» holda biror bir konkret masalani yechish uchun yetarli qiladi. Natijada alohida holda sinf qandaydir amaliy xususiyatga ega bо„ladi. Masalan, TForm sinfi Windows darchasini yaratish uchun, TMemo - matn tahriri uchun, TTimer – taymer bilan ishlash uchun zarur «narsalarni» о„z ichiga oladi va hakoza.
Inkapsulyatsiya foydalanishga tayyor programma ishlanmalarini almashinuvi uchun kuchli vositasidir. Delphi sinflar kutubxonasi - bu programmani qurishda ishlatiladigan, Borland programma tuzuvchilari tomonidan yaratilgan «g„ishtchalar» majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |