1-маъруза Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash va sozlash



Download 13,08 Mb.
bet25/45
Sana31.12.2021
Hajmi13,08 Mb.
#217211
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
1 Loyixalash bosqichlari va t�xnologik jarayonlarni avtomatlashtirish loyixasining strukturasi

Tashkiliy ta’minot - loyiha tashkiloti va uning bo‘linmalari tarkibini, ular orasidagi bog‘lanishni, ularning vazifalarini, shuningdek loyihalash natijalarini ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to‘plamidir.

Metodik (uslubiy) ta’minot - ALT ta’minot vositalarini tanlab olish va ishlatish qoidalarini, tarkibini belgilovchi hujjatlar to‘plami. Metodik ta’minot loyihalashni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni belgilaydi.

Matematik ta’minot - matematik usullar, matematik modellar va loyihalash algoritmlari to‘plami.



Lingvistik ta’minot - loyihalash tillari to‘plami bo‘lib, unga atamalar va ta’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALTda matnlarni qisqartirish va kengaytirish uslublari kiradi.

Programmaviy ta’minot - amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina programmalari to‘plami.



Informasion ta’minot - LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami.

Texnik ta’minot - o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirlanuvchi texnik vositalar to‘plami. ALT texnik ta’minoti dastavval EHMni o‘z ichiga oladi. ALTda EHM sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHMning aniq turi ALT ierarxiyasidagi tegishli bo‘linmaning darajasi bilan, shuningdek, hal qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi.

EHM dan ALT da foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalarning tarkibi bilan belgilanadi. Chetdagi (atrofdagi) qurilmalarni minimal EHM kompleksi qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin. Qurilmalarning birinchi guruhiga an’anaviy chetdagi qurilmalar kiradi: magnit lentalaridagi, magnit disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va perfokartalardan kiritish - chiqarish qurilmalari; alfavit - raqamli bosish qurilmasi; perfolenta va perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari.

Maxsus qurilmalarga ekranda tekstli (matnli), raqamli va grafik axborotni aks etish uchun alfavit - raqamli va grafik displeylar, chizmachilik avtomatlari, dastlabki grafik materiallarni EHMga kiritish uchun grafik axborotni kodlash qurilmalari kiradi.

ALT ning ishlash rejimlari.



Foydalanuvchi - loyihachi ALT bilan quyidagi ikki rejimdan birida o‘zaro ta’sirlanishi mumkin: paketli yoki dialogli rejimda.

Paketli rejim - loyihalashning eng sodda rejimidir. Bu rejimda EHM barcha loyihaviy masalalarni avtomatik hal qiladi. Loyihachi EHMga programma kiritishi va alfavitli - raqamli yozish qurilmasi (ARYOK)da yoki graf yasovchida loyihalash natijalarini olish kerak. Biroq paketli rejim faqat loyihani ishlab chiqishning har daqiqasida programma barcha zarur ishlarni nazarda tutgan holdagina qo‘llanishi mumkin.

Dialogli rejim - loyihalash rejimi bo‘lib, unda sikl davriy takrorlanadi: mashinaga vazifa berish, javob olish va javobni tahlil qilish. Diaglogli rejimni samarali qo‘llash uchun EHM reaksiyasining (aks ta’sirining) o‘rtacha vaqti etarlicha kichik bo‘lishi zarur: sekundning ulushlaridan bir necha sekundgacha. Bu rejim loyihalashda barcha ishlarni oldindan pogrammaga solib bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Loyihalashning bundan keyingi yo‘nalishini bir qiymatli aniqlash mumkin bo‘lmagan hollar etarlicha tez - tez uchrab turadi. Bunday hollarda oldindan oraliq natijalarni tahlil qilish, qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash, echimlarning mumkin bo‘lgan variantlarini qarab chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va shundan keyingina loyihalashni davom ettirish zarur.

Insonning EHM bilan dialogli ishlashini samarali amalga oshirish loyihachining individual pultlarini yaratish tufayli mumkin bo‘ldi, ular loyihachining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) deb ataldi. AIO‘ning texnik vositalari tarkibiga mini yoki mikro EHM, alfavitli - raqamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasi, alfavitli - raqamli va grafik axborotni kiritish qurilmasi kiradi. AIO‘ markaziy hisoblash kompleksida (MHK) joylashgan yoki ALT iearxiyasining keyingi sathida joylashgan yanada yirik EHM bilan aloqaga ega.



Alfavitli - raqamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmalariga alfavitli - raqamli displey (ARD) va grafik displey (GD), chizmachilik avtomatlari (CHA) kiradi. ARD ekranlarida harflar, raqamlar, turli maxsus simvollardan iborat matnli axborot aks etadi. Bu axborot loyihachiga loyihalash jarayonini tahlil qilish uchun va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladi.

CHA da ham matnli, ham grafik axborot rasmlar, chizmalar, grafiklar va hokazolar tarzida akslanadi. CHA da olinadigan axborot hujjatlashtiriladi, uni saqlash yoki konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiritish mumkin.

EHMga alfavitli - raqamli axborotni kiritish uchun displeylarning klaviaturalari «Konsul-260» turidagi pultli yozuv mashinkalari qo‘llaniladi. EHMga amalda istagan murakkablikdagi grafik axborotni kiritish, grafnk axborotni kodlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Sanab o‘tilgan chetdagi (atrofdagi) qurilma ALTdagi AIU larning keng imkoniyatlari haqida dalolat beradi. Ular loyihachini deyarli barcha grafik va hisob kitob ishlaridan ozod qilishi mumkin. ALT yordamida tayyor chizmalar va talab qilingan matnli materillarni olish mumkin, olingan natijalarni juda oddiy tuzatish mumkin, bunda tuzatish avtomatik ravishda barcha chiquvchi hujjatlarga tez va aniq kiritiladi.

ALTda AIU dan foydalanishning samaradorligini oshirishga vaqtni bo‘lish (ajratish) rejimini qo‘llash yo‘li bilan erishiladi. Haqiqatan, AIUning videoterminalida loyihalash jarayonining oraliq natijalari haqida axborot olib, loyihachi o‘ylab ko‘rishi va navbatdagi qarorni qabul qilishi kerak. Bunda

12.1-расм. АЛТ нинг техник воситаларкни жойлаштириш блок - схемаси.

Markaziy hisoblash kompleksi (MHK) hisoblashlar bilan yuklanmagan bo‘ladi va ishlamaydi. Bu undan foydalanish samaradorligini pasaytiradi. EHMning yuklanishini (ishini) oshirish uchun unga bir necha AIO‘ lar ulanadi, EHM AIO‘larni navbati bilan so‘roq qilib chiqadi va talab bo‘lganda so‘rayotgan foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi, so‘ngra keyingi terminal qurilmalarni qarab chiqishga kirishadi. Agar talab bo‘lmasa, u holda EHM fonli deb ataluvchi paketli rejimning biror masalalarini hal qilish mumkin. Bu masalalar bevosita berilgan loyihalash jarayoniga taalluqli bo‘lmasligi mumkin, lekin ularni hal qilish EHMni yuklash samaradorligini oshiradi.

Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini ALT ning texnik vosita1arini joylashtirish blok - sxemasi 12.1-rasmda keltirilgan. Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlari AIO‘1, AIO‘2, ..., AIO‘N loyiha tashkilotining turli bo‘linmalarida joylashtirilgan. Ularning hammasi markaziy hisoblash kompleksi (MHK) bilan birlashtiriladi va birgalikda jamoa foydalanadigan tizimni ifodalaydi.

LAS asosida kimyoviy va oziq - ovqat sanoatini avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqishda prinsipial elektrik, pnevmatik, funksional avtomatlashtirish sxemalarini, loyihalash masalalari samarali hal qilinadi. TJABTini loyihalashda ham LASdan foydalanish samaralidir.

Nazorat savollar.



              1. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari deb nimaga aytiladi?

              2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini (ALT) ni ta’minlash vositalariga nimalar kiradi?

              3. Tashkiliy ta’minot nima?

              4. Metodik (uslubiy) ta’minot nima?

              5. Lingvistik ta’minot nima?

              6. Informasion ta’minot nima?

              7. Texnik ta’minot nima?

              8. ALT ning ishlash rejimlarini sanab bering?

Adabiyotlar.

1.Yusupbеkov N.R., Muxamеdov B.I., Gulyamov Sh.M. Tеxnologik jarayonlarni nazorat kilish va avtomatlashtirish. - Toshkеnt: O‘qituvchi, 2011.

2. Yusupbеkov N.R. va boshqalar, Tеxnologik jarayonlarni boshkarish sistеmalari.-Toshkеnt: O‘qituvchi, 1997.




Download 13,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish