Matematik ta’minot - matematik usullar, matematik modellar va loyihalash algoritmlari to‘plami.
Lingvistik ta’minot - loyihalash tillari to‘plami bo‘lib, unga atamalar va ta’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALTda matnlarni qishartirish va kengaytirish uslublari kiradi.
Programmaviy ta’minot - amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina programmalari to‘plami.
Informasion ta’minot - LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami.
Texnik ta’minot - o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirlanuvchi texnik vositalar to‘plami. ALT texnik ta’minoti dastavval EHMni o‘z ichiga oladi. ALTda EHM sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHMning aniq turi ALT ierarxiyasidagi tegishli bo‘linmaning darajasi bilan, shuningdek, hal qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi.
EHM dan ALT da foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalarning strukturasi bilan belgilanadi. CHetdagi (atrofdagi) qurilmalarni minimal EHM kompleksi qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin. Qurilmalarning birinchi guruhiga an’anaviy chetdagi qurilmalar kiradi: magnit lentalaridagi, magnit disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va perfokartalardan kiritish - chiharish qurilmalari; alfavit - rahamli bosish qurilmasi; perfolenta va perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari.
Maxsus qurilmalarga ekranda tekstli (matnli), rahamli va grafik axborotni aks etish uchun alfavit - rahamli va grafik displeylar, chizmachilik avtomatlari, dastlabki grafik materiallarni EHMga kiritish uchun grafik axborotni kodlash qurilmalari kiradi.
ALT ning ishlash rejimlari.
Foydalanuvchi - loyihachi ALT bilan quyidagi ikki rejimdan birida o‘zaro ta’sirlanishi mumkin: paketli yoki dialogli rejimda.
Paketli rejim - loyihalashning eng sodda rejimidir. Bu rejimda EHM barcha loyihaviy masalalarni avtomatik hal qiladi. Loyihachi EHMga programma kiritishi va alfavitli - rahamli yozish qurilmasi (ARYOK)da yoki graf yasovchida loyihalash natijalarini olish kerak. Biroq paketli rejim faqat loyihani ishlab chiqishning har daqiqasida programma barcha zarur ishlarni nazarda tutgan holdagina qo‘llanishi mumkin.
Dialogli rejim - loyihalash rejimi bo‘lib, unda sikl davriy takrorlanadi: mashinaga vazifa berish, javob olish va javobni tahlil qilish. Diaglogli rejimni samarali qo‘llash uchun EHM reaksiyasining (aks ta’sirining) o‘rtacha vaqti etarlicha kichik bo‘lishi zarur: sekundning ulushlaridan bir necha sekundgacha.
Bu rejim loyihalashda barcha ishlarni oldindan pogrammaga solib bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Loyihalashning bundan keyingi yo‘nalishini bir qiymatli aniqlash mumkin bo‘lmagan hollar etarlicha tez - tez uchrab turadi. Bunday hollarda oldindan oraliq natijalarni tahlil qilish, qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash, echimlarning mumkin bo‘lgan variantlarini harab chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va shundan keyingina loyihalashni davom ettirish zarur.
Insonning EHM bilan dialogli ishlashini samarali amalga oshirish loyihachining individual pultlarini yaratish tufayli mumkin bo‘ldi, ular loyihachining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) deb ataldi. AIO‘ning texnik vositalari strukturasiga mini yoki mikro EHM, alfavitli - rahamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasi, alfavitli - rahamli va grafik axborotni kiritish qurilmasi kiradi. AIO‘ markaziy hisoblash kompleksida (MHK) joylashgan yoki ALT iearxiyasining keyingi sathida joylashgan yanada yirik EHM bilan aloqaga ega.
Alfavitli - rahamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmalariga alfavitli - rahamli displey (ARD) va grafik displey (GD), chizmachilik avtomatlari (CHA) kiradi. ARD ekranlarida harflar, rahamlar, turli maxsus simvollardan iborat matnli axborot aks etadi. Bu axborot loyihachiga loyihalash jarayonini tahlil qilish uchun va haror qabul qilish uchun zarur bo‘ladi.
CHA da ham matnli, ham grafik axborot rasmlar, chizmalar, grafiklar va hokazolar tarzida akslanadi. CHA da olinadigan axborot hujjatlashtiriladi, uni saqlash yoki konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiritish mumkin.
EHMga alfavitli - rahamli axborotni kiritish uchun displeylarning klaviaturalari «Konsul-260» turidagi pultli yozuv mashinkalari qo‘llaniladi. EHMga amalda istagan murakkablikdagi grafik axborotni kiritish, grafnk axborotni kodlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Sanab o‘tilgan chetdagi (atrofdagi) qurilma ALTdagi AIU larning keng imkoniyatlari haqida dalolat beradi. Ular loyihachini deyarli barcha grafik va hisob kitob ishlaridan ozod qilishi mumkin. ALT yordamida tayyor chizmalar va talab qilingan matnli materillarni olish mumkin, olingan natijalarni juda oddiy tuzatish mumkin, bunda tuzatish avtomatik ravishda barcha chiquvchi hujjatlarga tez va aniq kiritiladi
Nazorat savollar:
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi deb nimaga aytiladi?
2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini ta’minlash vositalari nimalar?
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini ishlash rejimlarini aytib bering?
Alfavitli - rahamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmalariga nimalar kiradi?
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi tizimining berilgan vazifalarni ekspluatasion ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarining vaqt o‘tishi bilan saqlanishi bilan bajarish qobiliyati tizimining beto‘xtovligi, ta’sirlanuvchanligi va uzoq muddat ishlashi orhali belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |