I bosqich.I sinfning boshidayoq, qo’shish va ayirish amallari ma’nosini o’zlashtirish bosqichida bolalar bunday ifodalarni o’qiydilar: «Beshga birni qo’shsak, olti hosil bo’ladi», «Sakkizdan uchni ayirsak, besh chiqadi». Misollarning yozuvdagi « + » va « – » belgilarining manosi ushbu alomat bo’yicha o’zlashtiriladi: agar ko’payadigan (kamayadigan) bo’lsa, demak, qo’shamiz (ayiramiz), demak « + » (« – » ) belgisini qo’yish kerak.
Birinchi sinfdan boshlab ifodalarning nomlari kiritiladi:
3 + 2. Bu 3 va 2 sonlarining yig’indisi. U 5 ga teng.
6 – 4. Bu 6 va 4 sonlarining ayirmasi. U 2 ga teng.
Qo’shishda sonlarning nomlari (komponentlari) : I qo’shiluvsi, II qo’shiluvchi va qo’shish amali natijasining nomi – yig’indi. Bu so’zlarni o’zlashtirish va yodlab olishga taxminan uch hafta ajratiladi. O’qituvchining e’tiborini mana bu dalilga qaratamiz:o’qituvchining «qo’shishda sonlarning nomlarini aytib ber», - degan savoliga bolalar odatda mana bunday javob beradilar : «birinchi qo’shiluvchi, ikkinchi qo’shiluvchi, yig’indi». O’qituvchi ko’pincha ushbu daliltni ajratmasdan, bu javobni to’g’ri deb topadi: qo’shishda birinchi va ikkinchi qo’shiluvchilargina sonlardir, yig’indi esa amal natijasidir. Shu sababli bu yerda o’qituvchi ikkita savol qo’yishi lozim: «Qo’shishda sonlar qanday ataladi?», «Qo’shish natijasi qanday ataladi?» yoki bunday so’rash lozim: «3 + 2 yozuvdagi sonlarning nomlarini aytib ber». Bu ish bilan o’quvchilarning ongida «ifoda» va «ifodaning qiymati» tushunchalarini «ajritish» uchun yaxshi sharoit yaratiladi. «birinchi qo’shiluvchi 5 ga ikkinchi qo’shiluvchi 3 ni qo’shish kerak» kabi ifodalarga yo’l qo’ymaslik lozim, chunki bu narsa tavtalogiyadir (takrorlashdir). Qo’shish atamalari o’zlashtirilganidan so’ng ayirish atamalari kiritiladi. Bolalar «kamayuvchi», «ayiriluvchi», «ayirma» atamalarini katta qiyinchiliklar bilan eslab qoladilar. Bu so’zlarning manosi ustida ishlash, ularni ko’rsatmali qilish lozim. 9 ta katta kubni sanab olish va bir – birining ustiga qo’yish mumkin. Katta tog’ hosil bo’ladi. Endi 9 dan 3 ni ayiramiz – 3 ta kubni olib tashlaymiz – tog’ni kichiklashtiramiz, shu sababli 9 – bu kamayuvchidir, 3 ayiriluvchidir – 3 ta kubni olib tashlayapmiz-da, stol ustida bor narsa va olgan narsamiz orasidagi farq qoldi, yani 6 ayirmadir.
Ayirishga doir 9 – 3 = 6 va hokazo misollarni yozayotib, o’qituvchi bolalarning diqqatini yozilgan misolda kamayuvchi eng katta son ekaniga qaratadi. Bu darslarda o’qituvchi bolalarga matematika tilining xususiyatlari haqida so’zlab beradi. Bu qisqa, lo’nda tildir, unda har bir so’z bir qiymatli manoga ega. Matematik bilimlarni o’zlashtirishni bosh shartlaridan biri matematik nutqni egallashdir. Hozir ham maktablarimizda matematika darslarida ko’p so’zlash kerak emas, balki ko’proq misollar yechish lozim deb hisoblaydigan o’qituvchilar uchrab turadi. Bolalar sanashni bildilar, demak, hisoblash usullarini o’zlashtirdilar, shu bilan maqsadga erishildi. Bunday bolalar sinflarda qiynalib qolishadi. Aslida matematikani bilish bu uning atamalari manosini o’zlashtirish, matematik tilni egallashdir. Shu maqsadga deyarli har bir darsda matematik diktant o’tkazib turish yaxshi zizmat qiladi. Matematik nutqning rivojlanishiga turli echlatmalar yordam beradi. Eslatmalardan biri – misolni iloji boricha turlicha o’qishdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |