Ayirishning hadlari
6 – 2 = 4
6 va 2 ning ayirmasi 4 ga teng.
6 – kamayuvchi
2 – ayriluvchi
4 – ayirma 6–2 – ayirma
– 4 = 5 noma’lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qo‘shish kerak. 5 + 4 = 9. Kamayuvchi 9 ga teng ekan.
8 – = 3 noma’lum ayriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak. 8 – 3 = 5. Ayriluvchi 5 ga teng ekan.
Ayirishning to‘g‘riligi qo‘shish amali bilan tekshiriladi. Ayirma va ayriluvchining yig‘indisi kamayuvchiga teng bo‘lsa, ayirish to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi. Darslikda quyidagi misollar berilgan:
8 – 3 = 5 9 – 5 = 4 7 – 3 = 4
5 + 3 = 4 + 5 = + = 7
Quyidagi ko‘rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi:
“Aerodromda bir nechta samolyot bor edi. 5 ta samolyot uchib ketgandan so‘ng, aerodromda 2 ta samolyot qoldi. Aerodromda oldin nechta samolyot bo‘lgan?”
“Traktorning bakida ish boshlanganda 9 litr yonilg‘i bor edi. Ish oxiriga kelib 2 litr yonilg‘i qoldi. Necha litr yonilg‘i ishlatilgan?”
Do'stlaringiz bilan baham: |