Xromoproteinlar oddiy oqsil va rangli komponentlardan tashkil topgan murakkab oqsillardir (chromos-yunoncha “bo’yoq” degan ma’noni bildiradi). Bunday oqsillar tarkibiga har xil prostetik guruhlar, jumladan, porfirin, karotin, izoalloksazin hosilalari va boshqalar kiradi.
Prostetik guruhining xarakteriga qarab, xromoproteinlar gemoprotein, flavoprotein, magniy-porfirinli oqsillarga bo’linadi. Xromoproteinlar fotosintez jarayonida, to’qimalarning nafas olishida, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida, yorug’lik va rangni sezishda faol ishtirok etadi.
Gemoproteinlar ichida yaxshi o’rganilgani va muhim ahamiyatga ega bo’lgani qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) tarkibida uchraydigan oqsil-gemoglobindir. Gemoglobin prostetik guruh sifatida protoporfirinning hosilasi –gemni tutadi.
Gemoglobin 4 ta gem yadrosi va 2 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil
topgan tetropirol halqasidan iborat.
10--rasm. Gemning tuzilishi.
Tetrometil, divinil, dipropion, profin
Gem gemoproteinlarning prostetik guruhi bo’lib, o’pka alviolalaridan to’qimalarga kislorod tashishda ishtirok etadi. 1 g gemoglobin eritmada normal sharoitda 1,36 ml kislorod bilan birikadi. Uning prostetik guruhi yoki oqsil qismi biror kimyoviy o’zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo’qoladi. Gemoglobin SO va boshqa gazlar bilan oson birikadi. Agar xonada o’tin-ko’mirlarning chala yonishidan SO ko’payib ketsa, gemoglobindagi temir atomi bilan kislorod emas, SO gazi birikishi natijasida uning kislorod tashish vazifasi buzilib, shu xonadagi odam is gazi bilan zaharlanishi mumkin.
Gemoglobin to’rtta oqsilli subbirlikdan tashkil topib, har biri bittadan gem tutadi. Oqsil tarkibidagi “birinchi” subbirlikka kislorod bog’lanishi bilan molekuladagi ionning tutgan o’rni biroz o’zgaradi. Temir ionining harakati subbirlik tarkibidagi aminokislotalardan tashkil topgan zanjir holatini o’zgartirib, uchlamchi strukturali oqsil oz bo’lsa ham transformatsiyaga uchraydi. Kislorod bilan bog’lanmagan navbatdagi subbirliklar, kislorod bilan bog’langan “qo’shni” subbirlik ta’sirida o’z holatini o’zgartirib kislorod bilan bog’lanadi.
SHunday qilib, birinchi subbirlik kislorod bilan bog’langandan so’ng, keyingi subbirliklar tez va osonlikcha kislorod bilan bog’lanadilar.Demak, subbirliklar bir-birlariga “yordam” beradi. Gemoglobin uchun uchlamchi va to’rtlamchi strukturalarning ahamiyati kislorod atomini bog’lashda zarur omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |