Misli qon
Tinch okeandagi Peru mamlakatiga yaqin sovuq suv oqimlarida boshoyoqli kalьmar (Dosidicus gigas) degan molyuskalar yashaydi. Uning sigaraga o’xshash tanasi va paypaslagichlari (щupalьtsa) bilan uzunligi 3,5 m,massasi esa 150 kg dan ortiq bo’ladi. Uning baquvvat mushaklari suvni shunday kuch bilan otadiki, xuddi o’t o’chiruvchilarning suvni otish quvvatiga teng bo’ladi. SHuning hisobiga kalьmar suzish tezligi soatiga 40 km dan ortiq. Bu bahaybat hayvonning tumshug’i shunchalar o’tkir mustahkamki hatto po’lat kabelni ham kesib, bo’lakchalarga ajratib tashlaydi. Dengizchilarning guvohligiga qaraganda bu o’ta vaxshiy hayvon bo’lib, juda katta baliqlarni ham bir zumda tumshug’i bilan parchalab, odam uchun ham o’ta xavfli hisoblanadi.
Kalьmar energiya bilan zaryadlanishi uchun soatiga ko’p miqdorda masalan, 50 l kislorodni yutishi kerak.Dengiz suvidan qabul qilingan kislorod kalьmaraning butun tanasini o’zida mis atomini tutgan maxsus oqsil-gemokianin (gemo yunoncha qon, kianos esa zangori, moviy) orqali ta’minlanadi.
Yuqorida takidlanganidek,umurtqalilarning qonida kislorod gem tarkibidagi temir atomlari orqali “transport” qilinadi. Qizil qon tanachalari eritrotsitlar gemlarga boy bo’lib, ularning har biri kislorod atomini o’ziga bog’lab, a’zolarning faoliyati uchun zarur bo’lgan gaz atomi bilan ta’minlab turadi.
Gemokianinning gemoglobindan farqi shundaki, mis atomlari gemokianinda bevosita oqsil bilan bog’langan bo’lib, hujayra tarkibiga kirmay qonda erkin holatda “suzib” yuradi. Gemokianinning bitta molekulasi 200 ta mis atomini bog’lay oladigan gigant qurilmadir. Odatda tuhim, sut va mushak tarkibidagi oqsillarninig molekulyar massasi olti mingdan bir milliongacha borsa gemokianin tarkibidagi proteinning molekulyar massasi 10 mln. ga teng. Hayvonlar ichidagi eng katta gigant molekula aynan shu gemokianin bo’lib, u faqat viruslarning oqsilidan molekulyar massasi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
Gemokianin qadimiy oqsil bo’lib, gemoglobinga nisbatan sodda tuzilib, samaradorligi ham yuqori emas. Lekin shunga qaramay dengiz tarkibida kislorod kam bo’lsa ham sovuqqonli hayvonlarni kislorod bilan qoniqarli darajada ta’minlaydi. Uning qon tarkibidagi kislorod miqdori dengizdagiga nisbatan 20 marta ko’p bo’ladi.
Kalьmaralardan tashqari tanani kislorod bilan “zangori qon” orqali ta’minlaknishi o’noyoqlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa sovuq qonli hayvonlar qonida aniqlangan. Hayvonlarning harakatchanligiga qarab qondagi kislorodning miqdori har xil bo’ladi. Tez harakat qiladigan hayvonlar qonida kislorod miqdori yuqori bo’ladi. Masalan, tez harakat qiladigan osьminoga va dengizlardagi ayrim bo’g’imoyoqlilar qonida gemokianinning miqdori 100 ml qonda 10 g bo’ladi. Kam harakat qiluvchi mollyuskalarda uning miqdori 100 g qonda 0,03 g atrofida uchraydi.
Ma’lumki, boshoyoqli malyuskalarning qoni ularning jabralaridan (oyquloq) o’tish jarayonida zangori ranga aylanadi. Qonning zangori ranga o’tish sababi, kislorodning mis tutuvchi oqsil bilan bo’lgan reaktsiya natijasidir. Mazkur oqsil kislorodni yo’qotishi bilan rangsiz holga qaytadi. Eritmaga mis ioni qo’shilsa gemokianing o’z rangi va faolligini tiklaydi. Gimokianning tarkibidagi misning oksidlanish darajasi +1 holatda bo’ladi. Muhitda kislorod bo’lmagan taqdirda kislorodning miqdori qonda ko’p bo’lsa metal ionlarining bir qismi oksidlanadi. Gemokianindagi bitta molekula kislorodga ikki molekula mis atomi to’g’ri keladi. SHunday qilib, gemokianing tarkibidagi kislorod mis atomini yarmisini oksidlaydi. Gemokianinning shu xususiyati bilan hayvonlarda keng tarqalgan gemoglobindan farq qiladi. M’lumki gemoglobin tarkibidagi temir atomlarining oksidlanish darajasi +2 bo’lib, u erkin holatida bo’ladimi, yoki kislorod bilan kompleksda bo’ladimi baribir temirning zaryadi +2 bo’lib qolaveradi.
Dukkakli o’simliklar doni tarkibida qondagi gemoglobinga o’xshash oqsil borligi aniqlangan. Legoglobin deb ataladigan bu oqsilning asosini ham gem tashkil qiladi. O’simliklardagi gemoglobinga o’xshash oqsillar havodan molekulyar azotni o’zlashtirilishida ishtirok etishi aniqlangan.
Nukleoproteidlar oqsil bilan nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo’ladi. Ular barcha hujayralarda yadro va tsitoplazmaning asosiy qismini tashkil etadi. Ba’zi nukleoproteidlar maxsus zarrachalar (viruslar) holida uchrab, organizmlarda turli kasalliklar keltirib chiqaradi. Prostetik guruhning harakteriga qarab, dezoksiribonukleoproteinlar (DNP) va ribonukleoproteinlar (RNP) ga bo’linadi. Nuklein kislotalar organizmda benihoya katta o’rin tutganligi uchun kitobning ayrim boblarida ular haqidagi ma’lumotlar batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |