Lug’atlarni to`ldirish va sozlash
Promt 98 programmasi tarkibiga kiritilgan lug’atlar ancha boy
ekanligiga qaramay, hujjatlarda uchrovchi hamma so`zlar
kiritilganligini kafolatlab bo`lmaydi. Notanish so`zlarni programma
Qizil rangda ajratib ko`rsatadi.
Lekin hamma notanish so`zlar ham lug’atga kiravermaydi. Ular
orasida band qilish lozim bo`lgan so`zlar ham uchrashi mumkin.
SHuningdek, bu so`zlar to`g’ri yozilganligini tekshirib ko`rish kerak.
Agar lug’at haqiqatan ham to`liq bo`lmasa, unda so`zni iste`mol
lug’atiga qo`shish mumkin.
Lug’atni malakali tarzda to`ldirish juda muhim va mas`uliyatli
tadbir. Lug’atning haddan ziyod zichligi tarjima sifatini pasaytirishi
mumkin. SHuningdek, bir so`z turlicha ma`no ko`rinishlariga ega
bo`lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak.
Promt 98 programmasi so`zni lug’atga qo`shishda ikki:
boshlang’ich va mutaxassis rejimini ko`zda tutadi. Birinchi rejimda
so`zning etishmaydigan hamma grammatik shakllari avtomatik tarzda
qo`shiladi. Lekin ular doim ham to`g’ri bo`lavermaydi. Ikkinchi
rejimda foydalanuvchining o`zi hamma grammatik shakllarni beradi,
lekin bu ikkala til grammatikasini yaxshi bilishni talab etadi.
Mutaxassis rejimida so`zlarni qo`shish quyidagi tartibda ro`y
beradi:
1. Perevod / Slovarnaya stat’ya (tarjima / lug’at bandi)
buyrug’iga berish — unda Slovarnuyu stat’yu (lug’at bandini ochish)
muloqot oynasi ochiladi.
2. Bu muloqot oynasida so`z shaklini andozaga o`zgartirish (otni
bosh kelishikda, fe`lni noaniqdek shaklida va h.k.) kerak. Unda lug’at
bandi muloqot oynasi ochiladi.
3. Nutqning kerakli qismiga mos keluvchi qo`shimcha varaqa
tanlanib, agar kerakli so`z lug’atlarning birontasiga kirmasa, Dobavit’
(qo`shish) bandi yoki tarjimaning o`zgartirilishi zarur bo`lsa, Pravka
(tuzatish) bandi bosiladi.
4. Keyingi muloqot so`z o`zgarishining xilini aniqlash,
shuningdek, ushbu so`zning boshqa shakllarda to`g’ri yozilishini
ko`rsatishga imkon beradi.
68
5. Oxirgi muloqot oynasi boshlang’ich tildagi so`zning turli
shakllarini va tarjimaning programmaga kiritilgan variantini ushbu
shakllarning qaysi biriga ishlatish kerakligini aniqlaydi.
6. Promt 98 programmasi fe`l va ot so`z turkumlari uchun
so`zlarning bir —biri bilan mos kelishini aniqlaydigan qo`shimcha
axborot berishga imkon beradi. Fe`l holatida bunday maqsad uchun
Upravlenie (boshqaruv) bandi xizmat qiladi. U masalan, berilgan
fe`lning qo`shimcha bilan bog’lanish usuli: qanday ko`makchi zarur,
qo`shimcha qanday kelishikda bo`lishi kerak va h.k.larni ko`rsatish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |