Norton file Manager dispetcherida ixtiyoriy Zta formatda (ZIP,
ARJ, LZH) arxivlashda o`zi ochiluvchi arxiv hosil qilish uchun
ularning kengaytmasini faqat EXE deb o`zgartirish etarlidir.
Savollar:
1. Fayllarni arxivlashning afzalligi nimada?
2. Qanday arxivlovchi programmalar bor?
3. Fayllarni arxivlash qanday bajariladi?
4. Arxivlangan fayllarni arxivdan chiqarish uchun nima qilinadi?
6 - ma`ruza. (6 soat).
WINDOWS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
Reja
1. Windows sistemalari. Windows haqida umumiy tushunchalar.
2. Windows 95 foydalanuvchilari doirasi. Windows ning ishlash
shartlari.
3. Sichqoncha (mish’) ning ishlatilishi. Windows 95 ni chaqirish.
Windows (inglizcha Windows— oynalar degan ma`noni
anglatadi) Microsoft (qisqacha MS) firmasining programma maxsuli
bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan komp’yuterdan
foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion sistemadir. Uning
asosiy maksadi — komp’yuterdan foydalanishni iloji boricha sodad va
urganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin kadar
keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga
javob beruvchi MS Windows 95 operatsion sistemasi 1995 yil avgust
oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning
sentyabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowsning yangi versiyasi emas, balki uta
murakkab programmalar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish
uchun oson, yangi operatsion sistemadir.
19
Windowsning avvalgi versiyalari (masalan, Windows 3.0, 3.1,
3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul kilgan bo`lsa, Windows 95
uzi mustakil bo`lib, komp’yuterda boshqa bir operatsion sistemaning
bo`lishini talab kilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS
va Windowsning eski versiyalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan.
Operatsion sistema sifatida MS Windows 95 quyidagi
afzalliklarga ega:
- uzlashtirishda nixoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish
kulami qulay;
- u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan
WindowsHHHr istalgan avvalgi versiyalaridan keskin farqlanadi.
Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tadbik etish
bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
- iste`molchi atigi bitta dasturiy ta`minot maz$sulotini xarid
qilib, qator muxim imkoniyatlarni kulga kiritadi: universal tarmok
mijoziga aylanadi, elektron pochtadanfoydalana oladi, mul’timedia
vositalaridan baxra oladi va hokazo;
- sodda, programmalar majmui barkamol, boshqa operatsion
sistemalar (MS DOS, Windows) bilan moe, yuqori unumlilikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |