1-ma’ruza (2 soat) Murakkab prоgramma tizimlarini ishlab chiqish muammоlari


Menedjment darajasidagi axborot tizimlari



Download 133,04 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi133,04 Kb.
#202327
1   2   3   4
Bog'liq
1 Murakkab prоgramma tizimlarini ishlab chiqish muammоlari

Menedjment darajasidagi axborot tizimlari – o’rta boshqaruv ishlovchilar monitoringi, nazorat, qaror qabul qilish va rahbarlik qilish. Bunday axborot tizimlarining asosiy funksiyasi:

  • joriy ko’rsatgichlarni avvalgilari bilan taqqoslash;

  • belgilangan vaqtda, tezkorlik bilan emas, davriy hisobotni tuzish, joriy hodisaning hisobotini topshirish;

  • arxiv axborotga kirishni ta‘minlash va hokazo.

Strategik axborot tizimlari – kompyuter axborot tizimi, tashkilotning strategik kelajakka mo’ljallangan rivojlanish maqsadida qarorlar qabul qilish tatbiqini ta‘minlashdir.

Strategik darajadagi axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilarga strukturlashmagan masalalarni yechishga yordam beradi, uzoqqa mo’ljallangan rejalarni amalga oshiradi. Asosiy vazifasi – voqiylikni tashqi muhitda o’zgarishlarni firmaning mavjud potensiali bilan solishtiradi. Ular birdan ko’zda tutilmagan vaqtda hosil bo’lgan viziyatlarda kompyuter telekomunikatsion qo’llab-quvvatlashlashining umumiy muhitini yaratadi. Mukammallashgan dasturlardan foydalanadi, bunday tizimlar juda ko’p


manbadan ihtiyoriy vaqtda axborotni taqdim qila oladi. Ba‘zi strategik tizimlarning chegaralangan analitik imkoniyatlari mavjud.

Dasturiy ta‘minot qo’llanishi jihatidan bir qator tipik AT larining arxitekturasini ajratish mumkin.

An‘anaviy arxitektur yechimlar belgilangan fayl-server yoki ma‘lumotlar bazasi serverlarini foydalanishga asoslangan. Shuningdek, Internet (Intranet-ilovalar) texnologiyalariga asoslangan korporativ axborot tizimlari arxitekturasi variantlari mavjud. Keyingi axborot tizimlarining ko’rinishi sifatida (DataWarehouse) «ma‘lumotlar ombori» konsepsiyasiga asoslangan – integrallashgan axborot muhiti turli axborot resurslarini o’z ichiga oladi. Oxirida, global tarqalgan axborot ilovalar qurishda obyektga mo’ljallangan uslub asosida integrallan axborot-hisoblash komponentalari arxitekturasidan foydalaniladi.

Avtomashtirilgan boshqarish axborot tizimlari industriyasini yaratish fikri 1950-1960 yillarda tug’ilgan va asr oxiriga kelib tugallangan shaklda namoyon bo’ldi.

Birinchi bosqichda AT loyihalash asosiy uslubi, tizim ilovalar jamlanmasi sifatida yaratila boshlaganda, «yuqoridan-quyiga» metodiga asoslangan, chunki bu vaqtda korxona faoliyatini qo’llash juda kerak edi. Bu loyihalarning asosiy maqsadi, konkret tashkilotni joriy talablariga xizmat qilish uchun, ko’paytiriladigan mahsulotni yaratish edi. Bu uslub hozirgi kunda ham saqlanayotir. «Loskudli avtomatlashtirish» doirasida yetarli darajada alohida funksiyasining ta‘minoti qo’llanadi, lekin strategik rivojlanish avtomatlashtirishning kompleks tizimi amaliyotida butunlay mavjud emas, ammo funksional nimtizimlarni birlashtirish alohida va yetarli murakkab muammoga aylanayotir.

Avtomatlashtirish uchun alohida bo’lim va boshqaruv tashkil etib, korxonalar o’zining kuchlari bilan «(obustroitsya) imkonli bo’lish» yaratishga intilishdi. Ammo davriy ravishda ishlash texnologiyasining o’zgarishi va lavozim yo’riqnomasidagi murakkablik, bir ma‘lumotlarning turli foydalanuvchilarda turli talqin qilishi, uzluksiz ravishda dasturiy mahsulotni kamchiliklarini to’ldirishga va yangidan-yangi alohida ishlovchilarning hoxishlarini bajarish to’g’ri keladi. Natijada dasturchilar ishi, yaratilayotgan AT larining ba‘zi rahbarlari va tizim foydalanuvchilari o’rtasida norozilikka sabab bo’ldi.

Keyingi bosqich faktlarni tushunish bilan bog’liq bo’lib, turli korxona va muassasalar faoliyatini avtomatlashtirishga mo’ljallangan standart dasturlarga bo’lgan talab yetarli darajada emasligidadir. Ishlab chiquvchilar hamma spektr muammolardan ko’proq tanilganlarini ajratganlar: buxgalter analitik hisobi va texnologik jarayon avtomatlashirishini olib borish. Tizimni loyihalashni «yuqoridan-quyiga» qarab boshlashgan, ya‘ni bitta dastur ko’p foydalanuvchilarning talablarini qondirish kerak.

Universal dasturdan foydalanish ma‘lumotlar bazasi strukturasini, ekran shakli, hisoblash algoritmlarini tanlashda yaratuvchilarga cheklovlarni qo’yishga majbur qiladi.

«Yuqoridan» qo’yilgan qattiq talab korxonaning faoliyatiga quyushqoq (gipkiy) adaptatsiya qilishga yo’l bermaydi: texnologik, analitik va ishlab chiqarishni, ma‘lumotlarni ishlov beruvchi kerakli protseduralarni, har bir ishchi o’rin funksiyasi va

konkret foydalanuvchi texnologiyasini interfeysini ta‘minlashni yetarli darajada chuqur hisobga ololmaydi. Bu masalalarni yechishda tizimni to’ldirish uchun ko’p mehnat talab qilinadi. Shunday qilib, material va vaqt xarajatlari buyurtmachining rejalashtirgan ko’rsatkichlaridan tizimni qo’llashgacha ko’proq sarflanishga olib keladi.

Statistik ma‘lumotlarga ko’ra, Standish Group (AQSH) yiqqan, 8380 loyihadan, 1994 yilda AQShda tashhiz qilinganda, 30 loyiha muvaffaqiyatsiz bo’ldi, umumiy xarajat 80 milliard dollardan oshib ketdi. Bunda 16% loyiha o’z vaqtda bajarilgan holos, byudjetda rejalashtirilganga qaraganda 189% harajat ko’p bo’ldi.

Shu vaqtda, AT buyurtmachilari, korporativ ma‘lumotlarni o’z faoliyatining boshqarish va rejalashtirishni ta‘minlash maqsadida, yana ko’proq talablarni qo’ya boshlashdi.

Shunday qilib, axborot tizimlarini qurishning yangi uslublarini zaruratini yaratdi. Maqsad AT loyihalashning reglamentatsiyasi uslubi shundayki, boshqaruv jarayonini,

AT talablarini bajarilishini kafolatli, shuningdek ishlab chiqish jarayonini tavsiflanishini ta‘minlashdir. Asosiy maqsad, ularni yechimi korporativ AT loyihalash uslubiga mos kelishi kerak:



  • korporativ AT yaratishni ta‘minlash, tashkil etishning maqsad va vazifalariga javob berishi, shuningdek ishbilarmon buyurtmachi jarayonlarini avtomatlashtirish talablariga mos kelishi;

  • tizimni yaratishga kafolat o’rnatilgan loyiha byudjeti doirasida va berilgan vaqtda sifatli bo’lishi kerak;

  • bilimli rahbar yo’lboshchiligida tizimni rivojlantirish va imkonini oshirishga;

  • yaratilayotgan AT da mavjud axborot tashkilot infrastrukturasida ishlab chiqish doimiyligini ta‘minlash.

Uslubni qo’llanishi AT yaratish jarayoni, jarayonni to’liq va aniq bayon qilish hisobiga, shuningdek zamonaviy metod va texnologiyalarni AT yaratishning AT ni butun hayot siklida – fikrlashdan tortib tatbiq etilgunga qadar murakkabliklarini kamaytirishga xizmat kilishi kerak.

AT loyihalash uch asosiy sohani o’z ichiga oladi:



  • ma‘lumotlar obyektini loyihalash, ular ma‘lumotlar bazasida tatbiq etiladi;

  • dasturni loyihalash, ekran shakli, hisobot, ular ma‘lumotlarga bo’lgan so’rovni ta‘minlaydi;

  • konkret muhit yoki texnologiyani hisoblash, ya‘ni tarmoq topologiyasi, apparat vosita konfiguratsiyasi, arxitektura foydalaniladigan ( fayl-server yoki mijoz-server), parallel ishlov berish, tarqalgan ma‘lumotlarga ishlov berish va hokazo.

Axborot tizimini loyihalash doimo loyiha maqsadini aniqlashdan boshlanadi. Umumiy holda loyihaning maqsadi bir-biriga bog’liq masalalarni yechishni aniqlash, tizimni ishga tushirishdan boshlab undan foydalanish davrida ta‘minlashni o’z ichiga oladi:

  • tizimning funksionalligi talab qilinadi va ishlatish davomida o’zgarish sharoitlariga moslashish;

  • talab qilingan tizimni o’tkazuvchilik imkoniyati;

  • talab qilingan vaqtda tizimni so’rovga reaksiyasi;

  • tizimni to’xtamay ishlashi;

  • zaruriy darajadagi xavfsizlik;

  • foydalanishning soddaligi va tizimni qo’llab-quvvatlashi.

Zamonaviy uslubga asosan, AT yaratish jarayoni qurish va AT hayot sikli (HS) bosqichlari ketma-ket davom etadi. HS ning har bir bosqichida tashkilot xususiyatiga mos model yaratiladi, AT bo’lgan talab, AT loyihasi, ilovaga bo’lgan talab va hokazo. Modellar loyiha ishchi guruh jamoasi shakllantiradi. Modellarni yaratish, ularni nazorati, jamoa foydalanishiga o’tkazish va topshirish maxsus CASE-vosita dastur ishlatish orqali amalga oshiriladi.

AT ni yaratish jarayoni bir qator bosqichlarga bo’linadi va ba‘zi vaqt doirasi bilan chegaralangan va konkret mahsulotni chiqarish bilan tugallanadi (modellar, dasturiy mahsulot, hujjatlar va hokazo).

Odatda quyidagi AT yaratish bosqichlari belgilanadi: tizimga talablar shakllanishi, loyihalash, tatbiq etish, test olish, harakatga keltirish, foydalanish va kuzatish [1, 2].

AT yaratishning boshlang’ich bosqichi, tashkilotda bajariladigan va uning maqsad va masalalarini tatbiq etadigan biznes-jarayonni modellash hisoblanadi. Tashkilot modeli, biznes-jarayon terminida bayon qilingan, qolgan talablarni shakllantirishga imkon beradi. Bu obyektivlikni ta‘minlashda tizimni loyihalash uchun talablarni ishlab chiqishda metodologiyaning fundamentalligidir. AT talablarining modellar to’plami bayoni keyinchalik, konseptual AT loyihasini bayon qiluvchi, tizimning modeliga o’tadi. AT arxitekturasi modeli shakllanadi. Keyin dasturiy ta‘minot (DT) arxitekturasi va axborot ta‘minoti shakllanadi, korporativ MB ajratiladi va alohida ilovalar, ilovalar uchun talablar modeli va ularni ishlab chiqishga olib kelinadi, test olish va integratsiya shakllanadi.

AT yaratishning bashlang’ich maqsadi, tashkilotning faoliyatini tahlil qilish stadiyasi bajariladi, ya‘ni bunda AT shakllanishi uchun talablarni ishlab chiqish, buyurtmachi tashkilotining maqsad va masalalarini to’g’ri va aniq akslantirishi kerak. Tashkilot talablariga javob bera oladigan AT yaratish jarayonini tasniflash uchun, bu talablar kanday yakunlanishini tushuntirish va aniq ifodalash zarur bo’ladi.

AT ga bo’lgan talabni shakllantirish masalasi juda muhim bo’lib, chunki u qiyin shakllanadigan va qimmat hamda xatolikka yo’l qo’yilganda uni bartaraf etish uchun murakkab bo’lgan masalalardan biridir. Zamonaviy instrumental vositalar va dasturiy maxsulotlar AT ni tayyor talablar bo’yicha yetarlicha tezkorlik bilan yaratish imkonini beradi. Lekin, ko’pgina holatlarda bu sistemalar buyurtmachini qoniqtirmaydi, ko’plab to’ldirishlarni talab qiladi va AT ning faktik narxini keskin ko’tarilib ketishiga olib keladi. Buning asosiy sababi tahlil vaqtida AT ga bo’lgan talabni noto’g’ri, noaniq va to’liq bo’lmagan holda aniqlanishi bo’lib hisoblanadi.

Loyihalashtirish bosqichida eng avval ma‘lumotlar modeli tashkil qilinadi. Loyihachilar boshlang’ich axborot sifatida tahlil natijalarini olishadi. Ma‘lumotlarning mantiqiy va fizik modellarini qurish ma‘lumotlar bazasini loyihalashning asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Tahlillar jarayonida olingan axboraivy model avval ma‘lumotlarning mantiqiy modeliga, so’ngra esa fizik modeliga aylantiriladi.

Ma‘lumotlar bazasining sxemasini loyihalash bilan parallel ravishda AT ning barcha modullarining tasnifini olish uchun jarayonlarni loyihalash ham bajariladi. Loyihalashning bu ikkala jarayoni ham bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Jarayonlarni loyihalashning bosh maqsadi AT modullarida tahlil bosqichida olingan funksiyani tasvirlashdan iborat. Modullarni loyihalashda dastur interfeysi aniqlanadi: menyuning joylashishi, oyna ko’rinishi va h.k.

Loyihalashning yakuniy mahsuloti bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


  • ma‘lumotlar bazasining sxemasi (tahlil bosqichida ishlab chiqilgan ER-modeliga asoslangan);

  • tizim modullarining tasniflari to’plami (ular funksiya modellari bazasida quriladi).

Undan tashqari loyihalash bosqichida operatsion tizim va platforma tanlovini o’z ichiga oluvchi AT arxitekturasini ishlab chiqishni ham amalga oshiradi.

Bir turli bo’lmagan AT da har xil operatsion tizim yordamida boshqariluvchi bir nechta har xil apparatli platformalarda kompyuterlar ishlashi mumkin. Bundan tashqari platforma tanlovi loyihalash boshqaruvida arxitekturani quyidagi tavsiflari aniqlanadi:



  • bu arxitektura ―fayl-server‖ yoki ―mijoz-server‖ bo’ladimi;

  • bu arxitektura 3-darajali quyidagi qatlamli bo’ladimi: server, oraliq qatlamli DT (ilova serveri), mijoz DT;

  • ma‘lumotlar bazasi markaziy yoki tarqatmali bo’ladimi. Agar ma‘lumotlar bazasi tarqatmali bo’lsa, u holda qo’llab-quvvatlash mexanizmlaridan qaysi biri foydalaniladi: ma‘lumotlarni keluvchanligi yoki aktualligi;

  • ma‘lumotlar bazasi bir turli bo’lsa, ya‘ni barcha ma‘lumotlar serverlari bittagina ishlab chiqaruvchining mahsuloti bo’lsa (barcha serverlar oracle yoki barcha serverlar faqat DB2 (Data Base-ma‘lumotlar ombori) va UDB). Agar ma‘lumotlar bazasi bir turli bo’lmasa, u holda qanday dasturiy ta‘minot (DT) har xil tashkilotlarda ishlab chiqilgan MBBT (ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) larda ma‘lumotlar almashinishi uchun qo’llaniladi. Talab etilgan ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ma‘lumotlar bazasini parallel serverlari (oracle parallel server, DB2, UDB) foydalaniladimi.

Loyihalash bosqichi AT texnik loyihasini ishlab chiqish bilan tugallanadi.

Sinash bosqichida tizimni DT i, texnikaviy qurilmalarni o’rnatish, foydalanish hujjatlarini yaratish kabilar amalga oshiriladi.

Testlash (birma-bir sinash) bosiqichi odatda vaqt bo’yicha tarqalgan bo’ladi.

Alohida bir modulni yaratish tugallanganda quyidagi ikki maqsadni ko’zlovchi avtonom test o’tkaziladi:



  • moduldagi to’xtalish (jiddiy xatolik) kuzatilishi;

  • modul maxsusliklariga mosligi (barcha zaruriy funksiyalar mavjudligi, ortiqcha funksiyalarning yo’qligi).

Avtonom test muvaffaqqiyatli o’tgandan keyin u tizimning ishlab chiqilgan qismiga qo’shiladi va ishlab chiqilgan modullar guruhi aloqa testidan o’tadi.

Ulardan keyin modullar guruhi ishining mukamalligiga testlantiriladi, ya‘ni, birinchidan tizim to’xtalishlarini moslovchi testlar, ikkinchidan to’xtalishlarga javoblar tekshiriladi. Birinchi guruh testlar dasturiy ta‘minot to’xtalishdan keyin qanday tiklanishini hamda apparatli ta‘minot to’xtalishini aniqlaydi. Ikkinchi guruh testlari esa ishlash davomida tizimni turg’unligini aniqlaydi va tizimni to’xtalishsiz ishlash vaqtini baholab beradi. Turg’unlik testlarining kopmlektiga tizimga eng yuqori kuch qo’yilganida ham moslashtiruvchi testlar kiritiladi.

Undan keyin modullarning barcha komplekti tizimli testdan o’tadi, ya‘ni mahsulot mahsulotni sifat darajasini ko’rsatuvchi ichki qabul testidan o’tadi.

Modullarning barcha to’plamlari tizimli testdan o’tadi, ya‘ni mahsulotning sifat darajasini ko’rsatuvchi ichki qabul test. Bu yerga tizimning fuksionalligi va ishonchliligi testlari kiradi.



AT ning so’nggi testi – topshiruv-oldi sinovi. Bunday test AT buyurtmachiga ko’rsatishdan iborat va barcha testlar guruhlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan ishlab chiqilgan mahsulot buyurtmachining barcha talablariga mosligi aniqlanadi.

AT yaratilish jarayonini bunday tekshirilishini zaruriy barcha maqsadlar amalga oshirilganligi va turli cheklovlarga mosligini kafolatlab, bu sohaga dasturchi muhandislar usul va ta‘minotlarini (tarkibiy tahlil, obyektga yo’naltirilgan modellashtirish, CASE- tizim) keng qo’llanishga olib keldi.
Download 133,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish