oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model (2.2-rasm) – AT ni ishlab chiqish bosqichlararo teskari aloqali sikl bilan olib boriladi. Bosqichlararo tuzatishlar turli bosqichlardagi natijalarning real mavjud o’zaro ta‘sirlarini hisobga olish imkonini beradi. Har bir bosqichdagi hayot vaqti ishlab chiqishning butun davriga cho’ziladi;
spiralli model (2.3-rasm). Spiralning har bir buramida mahsulotning navbatdagi versiyasini yaratish bajariladi, loyiha talablari belgilanadi, uning sifati aniqlanadi va keyingi buram ishi rejalashtiriladi. Asosiy e‘tibor ishlab chiqishning boshlang’ich bosqichiga qaratiladi, ya‘ni tahlilga va loyihalashga.
2.1-rasm. AT HS ning kaskadli modeli
2.2-rasm. Oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model
2.3-rasm. AT HS ning spiralli modeli Amaliyotda keng tarqalgan ikkita asosiy HS modeli olingan:
kaskadli model (1970-1985 yy. uchun xarakterli);
spiralli model (1986 y. dan keyin xarakterli).
Avvalgi loyihalarda yetarlicha oddiy AT da ilovalar yagona, funksional va axborotli mustaqil blokka ega bo’lgan. Ilovalarning bunday tiplarini ishlab chiqish uchun kaskadli usul unumli bo’lgan. Har bir bosqich to’liq bajarilib, barcha ishlar rasmiylashtirilganidan so’ng yakunlangan.
Kaskadli yondoshuvni qo’llashning ijobiy tomonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
har bir bosqichda to’liq kriteriyalarga va kelishuvga javob beruvchi, yakunlangan loyiha hujjatlari to’plami yaratiladi;
ishning mantiqiy ketma-ketlik bosqichida bajarilishi barcha ishlarni yakunlash muddatini va mos keluvchi xarajatlarni rejalashtirish imkonini beradi.
Ishlab chiqishning eng avvalida tizimga bo’lgan barcha talablarni yetarlicha aniq va to’liq ifodalash mumkin bo’lganda kaskadli yondoshuv oddiy AT larni qurishda o’zini yaxshi oqlaydi.
Bu yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, tizimni yaratishning real jarayonida hech qachon bunday qat‘iy sxemani taxlab bo’lmaydi, har doim avvalgi bosqichga qaytish extiyoji tug’iladi va avvalgi qabul qilingan qarorlarni ko’rib chiqish va aniqlashtirishga to’g’ri keladi. Natijada AT ni yaratishning real jarayoni oraliq nazoratli bosqichma- bosqichli modelga mos keladi. Lekin, bu sxema yuz beruvchi o’zgarishlarni va tizimga bo’lgan talabni aniqlashni tezkor aniqlashtirish imkonini bermaydi. Ishlab chiqish natijalarini foydalanuvchilar bilan kelishuv ishining har bir bosqichi yakunlangandan so’ng rejalashtiriluvchi nuqtalardagina amalga oshadi. AT ga bo’lgan umumiy talab uni yaratishning barcha vaqtlarida texnik masala ko’rinishida belgilab qo’yilgan. Shunday qilib, foydalanuvchilar ularning real ehtiyojini qoniqtirmaydigan tizimga ega bo’ladilar.
HS ning spiralli modeli sanab o’tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun taklif etilgan. Tahlil qilish va loyihalash bosqichida texnik yechimlarni amalga oshuvchanligi hamda buyurtmachi talabini qondirish darajasi prototiplarni yaratish yo’li bilan tekshiriladi. Spiralning har bir buramasi ishga layoqatli fragment yoki tizim versiyasini yaratishga mos keladi. Bu esa loyihaning talabi, maqsadi va xarakteristikasini aniqlashtirish, ishlab chiqish sifatini belgilash, spiralning keyingi buramasi ishini rejalashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, loyiha detallari chuqurlashadi va ketma-ket ravshanlashib boradi, natijada buyurtmachining haqiqiy talabini qoniqtira oladigan asosli variant tanlanadi va iste‘molgacha olib boriladi.
Iterativ ishlab chiqish murakkab tizimni yaratishning spiral siklini obyektiv aks ettiradi. U joriy bosqichdagi ish to’liq yakunlanishini kutmasdan, keyingi bosqichga o’tish imkonini beradi, shuningdek, eng asosiy masala – foydalanuvchiga ishga layoqatli mahsulotni iloji boricha tezroq ko’rsatish imkoniyatini yaratadi.
Spiralli siklning asosiy muammosi – keyingi bosqichga o’tish momentini aniqlashdan iborat. Uni hal qilish uchun HS ning har bir bosqichiga vaqtinchalik chegara kiritiladi va barcha rejalashtirilgan ishlar yakunlanmagan bo’lganida ham rejaga muvofiq keyingi bosqichga o’tish amalga oshiriladi.
AT ni ishlab chiqish va loyihalash sohasida kompaniyalar – vendorlar va ekspertlarning qat‘iy tavsiyalariga qaramay ko’plab kompaniyalar iteratsion modellarni biror-bir varianti o’rniga kaskadli modeldan foydalanishda davom etayapti. Kaskadli model o’zining ommabopligini saqlab qolishiga asosiy sabab quyidagilardir:
Odat (privichka) – ko’plab AT-mutaxassislari faqat kaskadli modellar o’rganilayotgan vaqtlarda ta‘lim olganlar, shuning uchun ular hozir ham shundan foydalanishadi.
Loyiha ishtirokchilarining (buyurtmachi va bajaruvchi) tavakkalchilik xavfini oshib ketishi. Kaskadli model har bir bosqichda yakunlangan mahsulotni ko’zda tutadi: texnik masala, texnik loyiha, dasturiy mahsulot va foydalanuvchi yo’riqnomasi. Ishlab chiqilgan yo’riqnoma nafaqat keyingi bosqich mahsulotiga bo’lgan talabni belgilaydi, balki, tomonlar majburiyatlarini, ishning hajmi va muddatini ham belgilash imkonini beradi, shuning uchun muddatning yakuniy bahosi va loyiha narxi boshlang’ich bosqichda, tekshiruvlar tugaganidan so’ng belgilanadi. Ko’rinib turibdiki, agar AT ga talab loyihani amalga oshirishda o’zgarsa, hamda hujjatlarning sifati yuqori bo’lmasa (talab to’liqmas va/yoki qarama-qarshi), u holda kaskadli modeldan foydalanishning haqiqiyligi aniqlanishda ikkilanishni keltirib chiqaradi va loyiha ishtirokchilarining javobgarligini kamaytirish bilan ishda tavakkalchilikni kuchaytiradi. Rasmiy yondoshuvda loyiha menedjeri faqat spetsifikatsiyadagi talablarni amalga oshiradi, biznesning real ehtiyojiga emas, hujjatlarga suyanadi. DT ni ishlab chiqishda shartnomaning ikkita asosiy turi mavjud. Birinchi tur, belgilangan hajmdagi ishni belgilangan summada, belgilangan muddatda bajarilishini ko’zda tutadi (fixed price). Ikkinchi tur esa ishning vaqt bo’yicha to’lovini ko’zda tutadi (time work). Shartnomaning u yoki bu turini tanlash masalaning aniqlanish darajasiga bog’liq. Kaskadli model belgilangan bosqichli va ularning natijalari bilan shartnomani ishning natijasi bo’yicha to’lov qilishga tuzish uchun eng yaxshisidir. Shartnomaning aynan mana shu turi loyihaning to’liq bahosini toki yakunlangunga qadar olish imkonini beradi. Integrallashgan AT ni ishlab chiqish va tadbiq qilish zaruriy moliyaviy xarajatlarni talab qiladi, shuning uchun fiksirlangan narxdagi shartnomadan, ya‘ni ishlab chiqish va tadbiq qilishning kaskadli modelidan foydalaniladi. Spiralli model ba‘zida tashkilotning AT bo’limlarida AT larni ishlab chiqishda qo’llaniladi.
Iteratsion modellardan foydalanishda tadbiq etish muammaolari. Spiral modelni ba‘zi sohalarda qo’llab bo’lmaydi, chunki to’liq bo’lmagan funksionalga ega mahsulotni qo’llash/sinash mumkin emas (masalan, harbiy sohalarda, atom energetikasi va h.k.). AT ni bosqichma-bosqich iteratsion qo’llash biznes uchun mumkin, lekin tashkiliy murakkabliklar bilan bog’liq (ma‘lumotlarni uzatish, hisobli siyosat, foydalanuvchilarni o’qitish). Bosqichli iteratsion qo’llanishda ish haqi sezilarli darajada yuqori bo’lib, loyihani boshqarish haqiqiy sa‘natni talab qiladi. Ko’rsatilgan murakkabliklarni ko’rib turib, buyurtmachi ―tizimni bir marta qo’llash‖ uchun kaskadli modelni tanlaydi.
Tizimni yaratishning har bir bosqichida HS jarayoni ko’rinishida beriluvchi ishning belgilangan hajmini bajarilishi ko’rib chiqiladi. Jarayon kiruvchi ma‘lumotlarni chiquvchi ma‘lumotlarga o’zgartiradigan o’zaro bog’liq harakatlar to’plami sifatida aniqlanadi. Har bir jarayonning tavsifi yechiladigan masalalarning ro’yxatini, berilgan ma‘lumotlar va natijalarni o’z ichiga oladi.
AT larni loyihalash va ishlab chiqish nazariyasiga eng katta xissani 1970 yillar o’rtalarida BSP (Business System Planning – tashkiliy rejalashtirish metodologiyasi) metodologiyasini taklif qilish bilan IBM kompaniyasi kiritgan. BSP da keltirilgan biznes jarayonlarni, funksional bo’linmalarni, ma‘lumotlarni qayta ishlash tizim funksiyalarini,
axborot obyektlarini, hujjatlar va ma‘lumotlar bazalarini matritsali kesishmasidan foydalanib axborotlarni strukturalashtirish usuli hozirgi kunda nafaqat axborot texnologiyalari loyihalarida, balki biznes jarayonlarni reinjeneringi va tashkiliy tuzilmalarni o’zgartirish loyihalarida ham foydalanilmoqda.
BSP jarayonining asosiy qadami, uning ketma-ketligini (oliy rahbariyatdan madad olish, tashkilot jarayonlarini belgilash, ma‘lumotlar sinflarini belgilash, intervyu o’tkazish, intervyu ma‘lumotlarini qayta ishlash va tashkil qilish) barcha rasmiy usullarda uchratish mumkin, shuningdek amaliyotda foydalanilayotgan loyihalarda ham.
Ma‘lum standartlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
GOST 34.601-90 – avtomatlashtirilgan tizimlarda keng tarqalgan va ularni yaratishda bosqichlarni o’rnatadi. Bundan tashqari, standartda har bir bosqichdagi ish mundarijasini tavsifi joy oladi. Ishning standartda belgilangan bosqichlari yuqori darajada HS ning kaskadli modeliga mos keladi;
ISO/IEC 12207:1995 – HS jarayonidagi va tashkil etishdagi standart. Buyurtma qilingan dasturiy ta‘minotlarni barcha ko’rinishida tarqalgan. Standart fazalar va bosqichlar tavsifini o’z ichiga olmaydi;
Custom Development Method (Oracle usuli) amaliy AT larni ishlab chiqish bo’yicha – loyiha hujjatlarini tayyorlash darajasigacha detallashtirilgan, Oracle ni qo’llash bilan loyihada foydalanish ko’zda tutilgan texnologik material. HS ning klassik modeli uchun CDM qo’llaniladi (ishlar/masalalar va bosqichlar ko’zda tutilgan);
Rational Unified Process (RUP) – o’z ichiga quyidagi to’rtta fazani olgan ishlab chiqishning iterativ modelini taklif etadi: boshlanish, tadqiq etish, qurish va tadbiq etish. Har bir faza bosqichlarga (iteratsiyaga) bo’linishi mumkin, natijada ichki yoki tashqi foydalanish uchun versiya hosil bo’ladi. To’rtta asosiy fazadan o’tish ishlab chiqish sikli deyiladi, har bir sikl tizim versiyasining ishga tushishi bilan yakunlanadi. Agar shundan keyin ham loyiha ustidagi ish yakunlanmasa, u xolda olingan mahsulot rivojlanishda davom etadi va o’sha fazalar yangitdan takrorlanadi. Ishning RUP ramkasidagi maqsadi – bu modellarni UML bazasida yaratish va kuzatib borishdir;
Microsoft Solution Framework (MSF) – RUP bilan ko’prik, shuningdek to’rtta fazaga ega: tahlil, loyihalash, ishlab chiqish, barqarorlashtirish (stabilizatsiya). Obyektga mo’ljallangan modellashtirish ko’zda tutilgan. MSF ni RUP bilan solishtirganda katta qismi biznes ilovalarni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan;
Extreme Programming (XP) – Ekstremal dasturlash (qaralayotgan metodologiyalar ichida eng yangi vosita) 1996 yilda tashkil topgan.
Bazaviy xalqaro ISO/IEC 12207 standart bilan mos ravishda DT HS ning barcha jarayonlari uchta guruhga bo’linadi:
Asosiy jarayon:
ixtiro;
yetkazib berish;
ishlab chiqish;
ekspluatatsiya qilish;
kuzatib borish.
Yordamchi jarayonlar:
hujjatlashtirish;
konfiguratsiyalarni boshqarish;
sifatini ta‘minlash;
muammolarga ruxsat berish;
audit;
attestatsiya;
qo’shma baho;
verifikatsiY.
Tashkiliy jarayonlar:
infrastruktura yaratish;
boshqarish;
o’qitish;
rivojlantirish.
2.1-jadvalda HS jarayonlarining taxminiy tavsiflari keltirilgan. Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarni bajarishni, loyiha sifatini ta‘minlashni, verifikatsiyani tashkillash- tirishni, DT tekshirish va sinashni qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan. Tashkiliy jarayonlar masalalarni va harakatlarni aniqlaydi.
ISO/IEC 12207 standartini amalaiy qo’llashni qo’llab-quvvatlash uchun bir qator hujjatlar ishlab chiqilgan: ISO/IEC 12207 uchun qo’llanma (ISO/IEC TR 15271:1998 Information technology - Guide for ISO/IEC 12207) va loyihalarni boshqarishda ISO/IEC 12207 ni qo’llash bo’yicha qo’llanma (ISO/IEC TR 16326:1999 Software engineering - Guide for the application of ISO/IEC 12207 to project management).
Tablitsa 2.1. Soderjaniye osnovnix protsessov JS PO IS (ISO/IEC 12207)
|
Protsess (ispolnitel protsessa)
|
Deystviya
|
Vxod
|
Rezultat
|
Priobreteniye (zakazchik)
|
Initsiirovaniye
Podgotovka zayavochnix predlojeniy
Podgotovka dogovora
Kontrol deyatelnosti postavshika
|
Resheniye o nachale rabot po vnedreniyu IS
Rezultati obsledovaniya deyatelnosti zakazchika
|
Texniko- ekonomicheskoye obosnovaniye vnedreniya IS
Texnicheskoye zadaniye na IS
Dogovor na
|
|
5. Priyemka IS
|
Rezultati analiza rinka IS/ tendera
Plan postavki/ razrabotki
Kompleksniy test IS
|
postavku/ razrabotku
Akti priyemki etapov raboti
Akt priyemno- sdatochnix ispitaniy
|
Postavka
(razrabotchik
| |
zadaniye na IS
|
uchastii v razrabotke
|
IS)
|
zayavochniye predlojeniya
|
uchastii v razrabotke
|
Kommercheskiye predlojeniya/
konkursnaya zayavka
|
|
dogovora
Planirovaniye ispolneniya
Postavka IS
|
Rezultati tendera
Texnicheskoye zadaniye na IS
Plan upravleniya
|
Dogovor na postavku/ razrabotku
Plan upravleniya
proyektom
|
|
|
proyektom
Razrabotannaya IS i dokumentatsiya
|
Realizatsiya/ korrektirovka
Akt priyemno-
|
|
|
|
sdatochnix ispitaniy
|
Razrabotka
(razrabotchik
|
Podgotovka
Analiz trebovaniy
|
zadaniye na IS
|
model JS, standarti
|
IS)
|
k IS
Proyektirovaniye arxitekturi IS
Razrabotka
|
Texnicheskoye zadaniye na IS, model JS
Texnicheskoye
|
razrabotki
Plan rabot
Sostav podsistem, komponenti
|
|
trebovaniy k PO
Proyektirovaniye arxitekturi PO
|
zadaniye na IS
Spetsifikatsii trebovaniya k
|
oborudovaniya
Spetsifikatsii trebovaniya k komponentam PO
|
|
proyektirovaniye PO
Kodirovaniye i testirovaniye PO
|
komponentam PO
|
interfeysi s BD, plan
|
|
Integratsiya PO i kvalifikatsionnoye testirovaniye PO
Integratsiya IS i
|
detalnogo proyektirovaniya PO
PO, testi
|
integratsii PO
Proyekt BD, spetsifikatsii interfeysov mejdu komponentami PO,
|
|
kvalifikatsionnoye testirovaniye IS
|
Arxitektura IS, PO, dokumentatsiya na IS, testi
|
trebovaniya k testam
Teksti moduley PO, akti avtonomnogo
|
|
|
|
testirovaniya
Otsenka sootvetstviya kompleksa PO trebovaniyam TZ
Otsenka sootvetstviya PO, BD, texnicheskogo kompleksa i komplekta dokumentatsii trebovaniyam TZ
|
Keyinroq tizimning HS jarayonlari uchun standart (ISO/IEC 15288 System life cycle processes) ishlab chiqargan bo’lib, 2002 yilda nashr qilingan. Standartni ishlab chiqishga turli soha mutaxassislari jalb etilgan: tizimli muhandislik, dasturlash, sifatni boshqarish, inson resurslari, xavfsizlik va boshqalar. Hukumat, savdo, harbiy va akademik tashkilotlarda tizim yaratish texnologiyalari hisobga olindi. Standartni tizimning keng sinflariga qo’llaniladi, lekin uning asosiy yo’naltirilganligi – bu kompyuterlashtirilgan tizimlar yaratishni qo’llab-quvvatlashdan iborat.
HS strukturasiga ISO/IEC standarti 15288 seriyasiga muvofiq quyidagi jarayonlar guruhini qo’yish mumkin:
Shartnomaviy jarayon:
ixtiro (ichki yechim yoki tashqi yetkazib beruvchi yechim);
ta‘minlash (ichki yechim yoki tashqi yetkazib beruvchi yechim); Korxona jarayoni:
korxona atrof-muhitini boshqarish;
investitsion boshqaruv;
AT ning HS ni boshqarishi;
resurslarni boshqarish;
sifatni boshqarish. Texnik jarayonlar:
talablarni aniqlash;
talablarni tahlillash;
arxitekturalarni ishlab chiqish;
tadbiq qilish;
integratsiya;
verfikatsiya;
o’qitish;
attestatsiya;
ekspluatatsiya;
kuzatib borish;
foydalanish. Maxsus jarayonlar:
masala va maqsaddan kelib chiqib, o’zaro bog’liqliklarni aniqlash va o’rnatish.
ISO/IEC 15288 standartida ko’zda tutilgan tizimlarni yaratish bosqichlari yuqorida ko’rib o’tilganlarda bir qancha farq qiladi. Yakunlanish momentiga yetkazib borishi shart bo’lgan bosqichlar va asosiy natijalar ro’yxati 2.2-jadvalda keltirilgan.
Tablitsa 2.2. Stadii sozdaniya sistem (ISO/IEC 15288)
|
№ p/p
|
Stadiya
|
Opisaniye
|
1
|
Formirovaniye konsepsii
|
Analiz potrebnostey, vibor konsepsii i proyektnix resheniy
|
2
|
Razrabotka
|
Proyektirovaniye sistemi
|
3
|
Realizatsiya
|
Izgotovleniye sistemi
|
4
|
Ekspluatatsiya
|
Vvod v ekspluatatsiyu i ispolzovaniye sistemi
|
5
|
Podderjka
|
Obespecheniye funksionirovaniya sistemi
|
6
|
Snyatiye s ekspluatatsii
|
Prekrasheniye ispolzovaniya, demontaj, arxivirovaniye sistemi
|
Loyihalash – bu axborot tizimini texnik topshiriq ko’rinishdagi boshlang’ich tavsifidan, tizim tashkil qilish uchun yetarli bo’lgan standart hujjatlar to’plami sifatida tasvirlanishidir.
Loyihalashda texnik topshiriqni, ya‘ni texnik topshiriqda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan narsalarni ishlab chiqish, amalga oshirish usullari ishlab chiqish. Bunda standart hujjatlar deganda bu texnik va ishchi loyiha bo’lib, uning asosiy mazmuni davlat standartlarida keltirilgan bo’ladi.
Loyihalash obyekti sifatida AT olinadi. Tizim degan termin ishlatilishi bu o’zaro bog’langan elementlarning mavjudligidir. Masalan, o’zaro bog’langan masalalar to’plami: bir masalani yechish natijasi boshqasi uchun zarur bo’ladi va h.k., tizim elementlari to’plami va ular orasidagi o’zaro aloqalar tizim tuzilmasini aniqlaydi. Tizim elementlari bu har xil belgilari bo’yicha ajratilgan uning tashkil etuvchilaridir. Shuning uchun axborot tizimlari boshqa narsalar kabi juda ko’p tuzilmalar to’plamidan tashkil topgan bo’lishi mumkin: ular vazifaviy (funksional), texnik vositalar majmuasi tuzilmasi, vazifaviy qismlar tuzilmasi, ta‘minot qismlari tuzilmasi, obyekt tuzilmasi va h.k.
Axborot zamonaviy dunyoda eng kerakli resurslardan biriga aylandi, axborot tizimlari (AT) insoniyatning amaliyotdagi hamma faoliyatida zaruriy uskuna bo’ldi.
AT yordamida yechiladigan turli masalalar turli tipli tizimlar to’plamini yaratilishiga olib keldi, ular qurish va axborotga ishlov berish qonuniyati kiritilishi bilan farq qiladi.
Axborot tizimlarini qator turli alomatlari bo’yicha sinflarga ajratish mumkin. Qaralayotgan sinflashning asosiga mavjud alomatlari asos qilingan, funksional imkoniyatlari va zamonaviy tizimlarni qurish hollari aniqlangan.
2. Yechilayotgan masalaning hajmidan kelib chiqib, foydalaniladigan texnik vosita, funksionallashtirishni tashkillashtirish, axborot tizimlari bir qator guruhga (sinfga) bo’linadi (1.1-rasm).
AT saqlanaladigan ma‘lumotlari tipiga qarab faktografik va hujjatliga bo’linadi. Faktografik tizimi son va matn ko’rinishidagi strukturlashgan ma‘lumotlarni saqlash va ishlov berishga mo’ljallangan. Hujjatli tizimlarda matn va referat, bayonnoma, sarlavhadan tashkil topgan axborot hujjat ko’rinishida taqdim etiladi. Strukturlashmagan ma‘lumotlarni qidiruv semantik alomatlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Tanlangan hujjatlar foydalanuvchiga taqdim etiladi, bu tizimlarda ma‘lumotlarga asosan ishlov berilmaydi.
Firmani boshqarish tizimida axborot jarayonini avtomatlashtirilganlik darajasi asos qilinib, axborot tizimlari qo’lda bajariladigan, avtomatlashtirilgan va avtomatiklarga bo’linadi.
1.1-rasm. Axborot tizimlari klassifikatsiyasi
Qo’lda bajariladilan AT zamonaviy texnik vositalarning yo’qligi sababli axborotni ishlov berish inson tomonidan bajarilishi bilan tavsiflanadi. Avtomatik AT larida axborotni ishlov berish inson aralashuvisiz bajariladi. Avtomatlashtirilgan ATlarida axborotni ishlov berishda texnik vositalar va inson ishtirok etadi, ko’p mehnat talab qilinadigan axborotni ishlov berishda kompyuterga asosiy rol ajratiladi. «Axborot tizimi» ni tushunishda xuddi shu sinf zamonaviy taqdimotga mos keladi. Axborotlarni ishlov berishiga qarab AT lari qidiruv-axborot va yechuvchi-axborotlarga bo’linadi.
Qidiruv-axborot tizimlari kiritish, tizimlash, saqlash, axborotni foydalanuvchining so’roviga qarab ma‘lumotlarni murakkab almashtiruvlarsiz ishlab chiqadi (misol uchun, Kutubxona xizmatini bajaruvchi AT, transportlardagi chipta savdosi va rezervlash, mehmonxonadagi joyni bronlash va hokazo) Yechuvchi-axborot tizimlari aytilgandan tashqari aniq algoritm bo’yicha axborotga ishlov beradi. Chiquvchi axborotning foydalanishiga qarab bunday tizimlar boshqariladigan va moslashuvchanlarga bo’linadi.
Boshqariladigan AT da natijaviy axborot inson qabul qiladigan yechimga mos ravishda transformallanadi. Bunday tizimlarga katta hajmdagi ma‘lumotlarga ishlov berish va hisoblanadigan masalalar kiradi (misol uchun, Ishlab chiqarish yoki buyurtmani, Buxgalter hisobini rejalashtiruvchi AT.)
Moslashuvchan AT lar axborotni ishlab chiqadi, u inson tomonidan ma‘lumot uchun qabul qilinadi va boshqaruv yechimlarini shakllantirishda hisobga olinadi, konkret
harakatni ko’rsatmaydi. Bunday tizimlar, ma‘lumotlarga emas, bilimlarga ishlov berishning intellektual jarayonini imitatsiya qiladi (misol, ekspert tizimlar).
Qo’llanish sohasiga bog’liq ravishda AT quyidagi sinflarga ajratiladi: tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari, texnologik jarayonni (TJ) boshqaruvchi AT, AT avtomatlashtirilgan loyihalash (ATAL-SAPR), integrallashgan (korporativ) AT.
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari – boshqaruv personal funksiyalarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan sanoat korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarilmaydigan obyektlar uchun ( mehmonxonalar, banklar, magazinlar va hokazo). Bunga o’xshash tizimlarning asosiy funksiyasi quyidagilardir: tezkor nazorat va boshqaruv, tezkor hisob va tahlil, kelajakka mo’ljallangan (perspektiv) va tezkor rejalashtirish, buxgalter hisobi, sbitni boshqarish, ta‘minot va boshqa iqtisodiy va tashkiliy masalalar.
Texnologik jarayonni (TJ) boshqaruvchi AT – ishlab chiqarish amallarini nazorat va boshqaruvchi ishlab chiqarishning shaxsiy tarkibiy funksiyalarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bunday tizimlarda odatda texnologik jarayon (temperatura, bosim, kimyoviy tarkib va hokazo) parametrlari o’zgarishini rivojlangan vositalari borligi nazarda tutiladi, ya‘ni ruxsat berilgan parametr qiymatlari protsedurasi va texnologik jarayon boshqaruvi.
AT avtomatlashtirilgan loyihalash (ATAL-SAPR) – loyihachi-muhandislar, konstruktorlar, arxitektorlar, yangi texnika yoki texnologiya yaratuvchi dizaynerlar funksiyasini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bunday tizimlarning asosiy funksiyasi quyidagilardir: muhandislik hisob, grafik hujjatlarni yaratish (chizmalar, sxemalar, rejalar), loyiha hujjatlarini yaratish, loyihalanayotgan obyektlarni modellashtirish.
Integrallashgan (korporativ) AT – firmaning hamma funksiyasini avtomatlashtirishda foydalaniladi va rejalashtirishdan boshlab mahsulotni sotishgacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi. Ular qator modullarni (nimtizimlarni) o’z ichiga olib, bitta axborot fazosida ishlaydilar va mos yo’nalish faoliyatini qo’llash funksiyasini bajaradi. Korporativ tizim modullari bilan yechiladigan tipik masalalar, quyidagi 1.1-jadvalda keltirilgan.
Tablitsa 1.1. Funksionalnoye naznacheniye moduley korporativnoy IS.
|
Podsistema marketinga
|
Proizvodstvenniy e podsistemi
|
Finansoviye i uchetniye podsistemi
|
Podsistema kadrov (chelovecheskix resursov)
|
Prochiye podsistemi (naprimer, IS rukovodstva)
|
Issledovaniye rinka i prognozirova- niye prodaj
|
Planirovaniye obyemov rabot i razrabotka kalendarnix planov
|
Upravleniye portfelem zakazov
|
Analiz i prognozirova- niye potrebnosti v trudovix resursax
|
Kontrol za deyatelnostyu firmi
|
Upravleniye prodajami
|
Operativniy kontrol i upravleniye proizvodstvom
|
Upravleniye kreditnoy politikoy
|
Vedeniye arxivov zapisey o personale
|
Viyavleniye operativnix problem
|
Rekomendatsii po proizvodstvu novoy produksii
|
Analiz raboti oborudovaniya
|
Razrabotka finansovogo plana
|
Analiz i planirovaniye podgotovki kadrov
|
Analiz upravlencheskix i strategicheskix situatsiy
|
Analiz i ustanovleniye seti
|
Uchastiye v formirovanii zakazov postavshikam
|
Finansoviy analiz i prognozirovaniye
|
|
Obespecheniye protsessa virabotki strategicheskix resheniy
|
Uchet zakazov
|
Upravleniye zapasami
|
Kontrol byudjeta, buxgalterskiy uchet i raschet zarplati
|
|
|
AT lari bozorining zamonaviy holatini tahlil qilinganda tashkiliy boshqaruv axborot tizimlariga bo’lgan talab turg’un o’sayotganini ko’rsatayotir, integrallashgan boshqaruv tizimlarga talab o’sayotgani aniqlanayotir. Alohida funksiyalarni avtomatlashtirish, masalan, buxgalter hisobi yoki tayyor mahsulotni sotish, bu ko’p tashkilotlar uchun o’tib bo’lingan bosqich hisoblanadi.
1.2-jadvalda hozirgi kunda turli sinflarda qo’llanalinayotgan tashkiliy boshqaruv AT dasturiy mahsulotlarning qo’proq tarqalganlari keltirilgan.
Tablitsa 1.2. Klassifikatsiya rinka informatsionnix system
|
Lokalniye sistemi
|
Maliye integrirovanniye sistemi
|
Sredniye integrirovanniye sistemi
|
Krupniye integrirovanniye sistemi (IC)
|
BEST
Inotek Infosoft Super- Menedjer Turbo-
|
Concorde XAL Exact
NS-2000
Platinum PRO/MIS Scala
SunSystems
|
Microsoft-Business Solutions - Navision, Axapta
J D Edwards (Robertson & Blums)
MFG-Pro (QAD/BMS)
SyteLine
|
SAP/R3 (SAP AG)
Baan (Baan) BPCS (ITS/SSA)
OEBS (Oracle E- Business Suite)
|
Buxgalter Info- Buxgalter
|
BEST-PRO 1C-
Predpriyatiye
BOSS-
Korporatsiya
Galaktika Parus Resurs Etalon
|
(COKAP/SYMIX)
|
|
Boshqaruv darajasiga bog’liq ravishda AT quyidagicha tasniflanadi: tezkor darajali axborot tizimlari, mutaxassislar axborot tizimlari, menedjment darajasidagi axborot tizimlari, strategik axborot tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |