1-martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha yuridik shaxslarga sement, sement klinkeri va qurilish oynasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat berildi



Download 15,86 Kb.
Sana15.07.2022
Hajmi15,86 Kb.
#802592

1-martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha yuridik shaxslarga sement, sement klinkeri va qurilish oynasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, kompaniyalarga qurilish materiallarini eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizigacha kompensatsiya to‘lanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni “Uy-joy qurilishi va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi (https://www.lex.uz/uz/pdfs/5871094).
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 martdan boshlab barcha yuridik shaxslarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sement, sement klinkeri va qurilish oynalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi.
Bungacha 2020 yil 1 yanvardan boshlab ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi, bularga 38 ta tovar kiradi (shu jumladan sement, klinker va oyna) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘rnatiladigan kvotalar bo‘yicha faqat birja savdolari orqali eksport qilingan (https://lex.uz/docs/4543954). Bozor ishtirokchilaridan birining “Gazeta.uz"ga aytishicha, kvotalar hukumat qarori bilan har yili taqsimlanadi.
Bundan tashqari, Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi (https://epauzb.uz/?lang=ru) 2024 yil 1 yanvarga qadar mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini avtomobil, temir yo‘l va havo transportida barcha davlatlarga, shu jumladan qo‘shni davlatlarga tashish xarajatlarining 50 foizigacha kompensatsiya qilish uchun subsidiyalar ajratadi. 2021 yilda agentlikka davlat budjetidan 163,5 mlrd so‘m ajratilgan (https://lex.uz/ru/docs/5186047).
“O‘zsanoatqurilishbank” qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtiradi. Shu maqsadda bankka kapital bozori sharoitlaridan kelib chiqqan holda kamida 300 mln dollarlik xalqaro korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish topshirildi.
Shuningdek, uy-joy qurilishi klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yil oxirigacha davlat kafolatisiz 150 mln dollar miqdorida xorijiy kreditlarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Har bir tumanda kamida bittadan klaster paydo bo‘lib, “qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish loyihalarini loyihalashdan tortib, tayyor ko‘p qavatli turar-joy binolari qurishgacha bo‘lgan qo‘shimcha qiymat zanjiri"ni tashkil etadi.
2021 yilning noyabr oyida prezident ishtirokidagi videoselektorda sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytirilishi ma’lum qilingandi (https://www.gazeta.uz/uz/2021/11/02/cement/). Shuningdek, sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i esa 2 baravarga kamaytirilishi qayd etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga (https://t.me/statistika_rasmiy/1966) ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston 128,3 mln dollarlik 2,7 mln tonna sement import qilgan, bu 2020 yilga nisbatan 206 ming tonnaga ko‘p hisoblanadi. Importning asosiy qismi Qozog‘iston (1,1 mln tonna), Tojikiston (816 ming tonna), Qirg‘iziston (671 ming tonna) hisobiga to‘g‘ri keladi. 2021 yilda mahalliy ishlab chiqarish hajmi 11,88 mln tonnani tashkil etdi (https://stat.uz/ru/press-tsentr/novosti-goskomstata/16985-o-zbekiston-respublikasining-sanoat-ishlab-chiqarishi-2021-yil-yanvar-dekabr-2), bu 2020 yilga nisbatan 1,2 million tonnaga ko‘p.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmatining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, agar 2020 yilda O‘zbekiston sement zavodlari tomonidan 530,3 ming tonna (asosan Afg‘onistonga) sement eksport qilingan bo‘lsa, 2021 yilda 333,6 ming tonna, shundan 158,5 ming tonnasi OKMK korxonalari (Jizzax va Sherobod sement zavodlari) hissasiga to‘g‘ri kelgan, mahsulot eksport qilingan.
Kuni kecha Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida barpo etilish kutilayotgan yillik quvvati 1,5 mln tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega “ASIA CEMENT AND GLASS” MChJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat gelogiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda AT “Aloqabank” rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Unda umumiy qiymati 300 mln. dollar bo‘lgan investitsiya loyihasini amalga oshirish, geologiya razvedka ishlarini olib borish, korxonaning texnik va texnologik jihatlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, yangi sement zavodi tumanning Jongeldi MFYda barpo etiladi. Loyiha 2022 yilning IV-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Korxona ishga tushurilgach, bu yerda 2500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Mazkur loyiha tuman iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi.
Uchrashuv davomida yangi sement zavod faoliyati uchun kerakli xom-ashyo bilan ta’minlash maqsadida auksionda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, energiya tejamkor uskunalar harid qilish bo‘yicha so‘z yuritildi.
Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻshma korxonaning qurilishi uchun tamal toshi qoʻyildi. Bu haqda “Zarafshon” nashri xabar berdi.
Yaqinda Xitoyning nufuzli “GANSU HENGYA CEMENT Co LTD” kompaniyasi hamda Oʻzbekistonning “Zamon injiniring” korxonasi hamkorligida “HENGYUAN CEMENT” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasiga asos solingan edi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov amalga oshirilayotgan loyihaning istiqbolli kelajagi va undan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi. Xitoyning “GANSU HENGYA CEMENT Co LTD” kompaniyasi bosh direktori Chjay Vanmin davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik samarasi boʻlgan ushbu korxona har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlishini eʼtirof etdi.
Loyiha qiymati 420 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur loyihaning amalga oshirilishi bilan bu yerda yiliga 2,4 million tonna sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Zavod qurilishining birinchi bosqichi 2018−2020 yillarda amalga oshiriladi va bu bosqichda 220 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega dastlabki blok ishga tushiriladi.
Ikkinchi bosqich 2020−2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha yakunlangach mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratiladi.
Download 15,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish