1. Marketingni asosiy rivojlanish bosqichlari nimadan iborat?


Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi



Download 53,51 Kb.
bet3/8
Sana14.01.2022
Hajmi53,51 Kb.
#361102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
marketing

Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi 

 


Yillar 

Nazariy asoslari 

Usullar 

Qo‘llash sohalari 

 

1900-


1950yillar 

Tovar haqida ta’limotning paydo bo‘lishi, tovar tarqatishga xos yondashuv, eksport va sotuv nazariyalarining yaratilishi 

kuzatuv, xarid va sotuv jarayonining tahlili, iste’molchilarni sotib olish qobiliyati tahlili 

ommaviy 

tovarlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik tarmoqlari 



 

1960 


yillar 

Sotuv     haqida     ta’limot,     sotuv hajmiga yo‘naltirilganlik tovar va uning funksiyalariga urg‘u berish, distribyuterlik     nazariyasining shakllanishi 

rag‘batlar tahlili, operatsiyalar tahlili, 

modellashtirish 

 


iste’mol tovarlari iste’molchilari 

 

1970 


yillar 

Qaror qabul qilishning ilmiy asoslari. Marketing tavsiya qiladi, sotuvga yo‘naltirilganlik, iste’molchiga qisman e’tibor 

Faktoring, diskrimenant tahlil, matematik usullar, marketing modellari 

Ishlab chiqarish vositalari     va iste’mol vositalari iste’molchilari 

 

19801990 

yillar 


Vaziyatli tahlil. Marketing menejment funksiyasisifatida, raqobat tahlili nazariyasi, ekologiya asoslarining shakllanishi, strategik marketing 

pozitsiyalash, klaster tahlili, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab va oqibat tahlili 

Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol 

vositalari, 

xizmat sohasi iste’molchilari 


1991 yildan hozirga qadar 

Marketing haqidagi ta’limot tadbirkorlikning funksiyasi va instrumentariysi sifatida. 

Bozor tarmoqlari nazariyasi, kommunikatsiyalar nazariyasi va o‘zaro ta’sir. Ijtimoiy va ekologik 

yo‘naltirilganlik 


pozitsiyalash, klaster tahlili, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, iste’molchilar xulq-atvori modeli, benchmarking, o‘yinlar nazariyasi 

Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol 

vositalari, 

xizmat sohasi iste’molchilari, foydasiz korxonalar, tadbirkorlik subyektlari 


Shuni ta’kidlash lozimki, 90 - yillar o‘rtalarida bozor tarmoqlarida marketing kommunikatsiyalari to‘g‘risida nazariya va uslubiyotlar yaratildi. 

Rossiya Fanlar Akademiyasi, Sankt Peterburg moliya-iqtisod universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari olim va tadqiqotchilari bozorni o‘rganish iste’molchilarni taqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirdilar. Marketing rivojlanishi evolyutsiyasi uning iqtisodiyotning barcha sohalariga joriy etilishi bilan xarakterlanadi. 

1-bosqichda Marketing amaliy iqtisodiyot sohasi sifatida ko‘rilib, sotuvni samarali tashkil qilish, sotuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarni tahlil qilish, firma faoliyati rentabelligini oshirishga qaratilgan. 

2-bosqichda Marketingning turli konsepsiyalari shakllandi. Bu davrda marketingning asosiy funksiyalari bozorni o‘rganish, reklama, sotuvni rag‘batlantirish, sotuvni rejalashtirish kabilarga katta e’tibor qaratiladi. 

3-bosqichda Marketing bozor konsepsiyasini boshqarish sifatida ko‘rilib, marketingning nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirishga zarurat tug‘ildi. 

4-bosqichda Marketing rivojining evolyutsiyasi marketingni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish usullarini mukammallashtirsh, narx, kommunikatsiya, sotuv siyosatini amalga oshirish orqali qarorlar qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. 

5-bosqichda Marketing – menejment nazariyasi rivojlana boshladi. Bu nazariya zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda bozor tarmoqlarining xususiyatlari, o‘zaro bir biriga ta’siri kabi masalalarga katta e’tibor berildi. Raqobatli bozor sharoitida tovar sifati uning xarakteristikasi, xizmat sifatiga asosiy e’tibor qaratildi. Ekologik marketing konsepsiyasi shakllandi.  

O‘zbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot o‘quv yurtlarida marketing kurslari o‘qitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S. Salimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov,               M. Qosimova, D.Muhitdinov, X.Raimov, A. Soliyev kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda «Sovplastital» qo‘shma korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Shuningdek,  

«Toshkent to‘qimachilik mashinasozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati, «V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat-aksiyadorlik birlashmasi, «Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi» aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing bo‘limlari ochildi. 

Mamlakatimizda hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing bo‘limlari ish olib boradi.  

Yillar davomida marketingning roli juda o‘zgaradi. Marketingningrivojlanishini tushunish zamonaviy marketingni tushunishga yordam beradi. Bozordagi holat, raqobat darajasi, atrof-muhitga qarab firmalar o‘zlari uchun turli marketing dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin. 

Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi: 



  1. oddiy savdo –sotiq davri; 

  2. ishlab chiqarish davri. Sanoat revolyutsiyasidan keyin to 1920yillargacha ko‘p kompaniyalar ishlab chiqarish davrida edilar («Ishlab chiqarish davri» da  kompaniyalar ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan); 3)  realizatsiya davri. 

1930-yillarga kelib G‘arb kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatini keskin pasaytirdi, endi ishlab chiqarish muammo emas, balki raqobatda yengib chiqib o‘z mahsulotini sotish muhim edi, («Realizatsiya davrida» kompaniya raqobat kuchayganligi uchun sotuvga e’tibor qaratishi tushuniladi); 

  1. marketing bo‘limi davri; 

  1. marketing kompaniyasi davri; 

 

Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kompaniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kompaniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib, «Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi. 

1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketologlardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi. 

 

 



2. Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi: 

  1. Ishlab chiqarish.  

  2. Tovar. 

  3. Sotuv. 

  4. An’anaviy.  

  5. Ijtimoiy – etik. 

  6. O‘zaro ta’sir marketingi. 

Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing. 

Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi. 

Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam bog‘liq. 

1.3- jadval Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi 

 



Download 53,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish