1. Marketing bozor, bozordagi harakat, faoliyat korxonaning



Download 84,65 Kb.
bet3/3
Sana18.02.2022
Hajmi84,65 Kb.
#455905
1   2   3
Bog'liq
javob 1

Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).
Ad.; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida, T., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999.
Ahmadjon Oʻlmasov, Sherqul Shodmonov.[1]
Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlargadavlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir.
4. Koronavirus pandemiyasining keng tarqalishi jahon iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda. O‘zbekiston ham bu sinovdan chetda qolgani yo‘q. Shubhasiz, pandemiya keltiradigan yo‘qotishlarning oldini olish, uning oqibatlarini imkon qadar yumshatish, turli menejment faoliyatini ilm-fan bilan uyg‘unlikda amalga oshirishga bog‘liq.
Pandemiya oqibatlarini yumshatish, aholi turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish va mo‘’tadil darajada saqlab qolish uchun keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligi uchun narx-navo davlat organlari tomonidan nazoratga olingan. Ularning an’anaviy tarzda import qilinadigan ommabop turlari bo‘yicha uzilish sezilmayapti.
Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan imkon qadar samarali foydalanish, mavjud ishchi o‘rinlarini qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va boshqa muhim iqtisodiy-ijtimoiy chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Prezidentimiz bu borada o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni ichki bozor ehtiyojlariga moslashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash buyicha tijorat banklari, respublika va mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga aniq vazifalar yukladi.
Menimcha, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri - bu eng past pog‘onadagi boshqaruv faoliyatini yangicha usullar bilan amalga oshirishdir. Misol uchun, oxirgi yillarda chakana savdo faoliyatida shakllangan tizim bugungi sharoitga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, jamoat transporti o‘z faoliyatini umuman to‘xtatgan sharoitda arzonlashtirilgan go‘sht, kartoshka va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar savdosini dehqon bozorlarida tashkil etish g‘oyasi mantiqqa zid narsa emasmi? Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yuk avtomobillariga joylashtirib, fuqarolar uchun qulay joylarda savdoni tashkil etishga nima to‘sqinlik qiladi? Yoki sut mahsulotlarini olaylik. Shu paytgacha shahar aholisini asosan norasmiy faoliyat ko‘rsatadigan "Damas"chilar yoki oddiygina qishloq ayollari ta’minlab kelgan. Hozirda buning iloji yo‘q. Chunki jamoat transporti faoliyati to‘xtatilgan. Unda shaharlik aholi, jumladan, yosh bolalar ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojdan butunlay voz kechishi va immunitetini pasaytirishi kerakmi?
Qolaversa, qishloq aholisining katta qismi uchun aynan sutni shaharga keltirib sotish yaxshi daromad keltiradi. Karantin vaqtida ko‘chalarda non tashuvchi mashinalarni deyarli uchratmaysiz. Vaholanki, sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan qolipli non har bir mahalladagi oziq-ovqat do‘konida bo‘lishi shart. Hamma oilalarning ham restoranda tayyorlangan va taksichilar yordamida yetkazib beriladigan issiq ovqat iste’mol qilishga qurbi yetmaydi. Shuni inobatga olib, aholi zich joylashgan hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan oshxonalar tanlab olinib, nisbatan arzon issiq ovqatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmasmikin?
Yana bir taklif. Tumanlardagi aholi tomorqasidan foydalanish ishlarini shaharlarda ham joriy etish lozim. Shaharda hovlilarda yashaydiganlarni mevali daraxt ko‘chatlari va urug‘lar bilan ta’minlash lozim. Chunki hozir har bir kun ham, har bir qarich yer ham g‘animat. Viloyatimizning har bir hududi o‘ziga xos xususiyatga ega va karantin paytidagi tashkiliy chora-tadbirlar yagona tizim asosida emas, balki hudud xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.
Keling, pandemiya tug‘dirayotgan qiyinchiliklarning davomiyligiga makroiktisodiy mavqeidan turib nazar tashlaylik.
Xitoyda boshlangan Koronavirus pandemiyasining asoratlari butun dunyo mamlakatlarining iqtisodiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, strategik hamkor davlatlarimiz bo‘lgan Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar iqtisodiyoti ham bu virusdan ancha katta zarar ko‘radi.
O‘zbekistonning 2019 yildagi tashqi savdo aylanmasi 42 milliard dollardan oshgan va unda Xitoyning ulushi 15 foizdan ko‘proq ekanligini inobatga olsak, ushbu faoliyatdan kutiladigan yo‘kotishlar ko‘lami ancha katta bo‘ladi. Buning uchun 2-3 milliard dollarlik asbob-uskunalar o‘z vaqtida yetib kelmasligi yoki tabiiy gaz va rangli metallar eksporti kamayishining o‘zi iqtisodiyotimizga salbiy ta’sir qiladi.
Mamlakatimizning yana bir muhim strategik hamkori bo‘lgan Rossiya biz uchun nafaqat tashqi savdo faoliyati, balki mehnat muhojirlarini qabul qilish va ularni ish bilan ta’minlash borasida ham muhim ahamiyatga ega. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, oxirgi yillarda Rossiyada qariyb 2,5 million vatandoshimiz vaqtinchalik ishlab, oilalariga yiliga 4 milliard dollarga yaqin mablag‘ yuborishgan.
Xo‘sh, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yetakchi mamlakatdagi hozirgi iqtisodiy holatni qanday baholash mumkin? Rossiyaning iqtisodiy ahvoli birinchi navbatda, neft va tabiiy gazning jahon bozoridagi kon’yunkturasiga bog‘liq. Oxirgi bir oy davomida neftning narxi ikki baravarga pasaydi va faqat shuning hisobidan Rossiya yillik hisobda 70-75 milliard dollarlik daromaddan mahrum bo‘lmoqda. Natijada, allaqachon, rubl dollarga nisbatan 12-15 foizga arzonladi. Bu esa muhojirlikdagi vatandoshlarimizning daromadlari shunga mos tarzda kamayganini anglatadi. Energiya resurslari savdosidan kelib tushadigan daromadlarning kamayishi Rossiya mehnat bozoridagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Biz buning natijasida vujudga keladigan muammolarga tayyor bo‘lishimizni anglatadi.
Qo‘shnimiz bo‘lgan Qozog‘istondagi iqtisodiy holat ham kundan kunga murakkablashib bormoqda. Shuni inobatga olib, mamlakat hukumati inqirozga qarshi fondga 13 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda.
Bunday vaziyatlarda ularga yaqin mamlakatlar ham aziyat chekadi. Lekin dunyoning yetakchi iqtisodchi olimlari anchadan buyon jahon iqtisodiyoti navbatdagi global inqiroz arafasida ekanligi to‘g‘risida ogohlantirib, har qanday mamlakat uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor bo‘lishiga chaqirayotgan edi. Jahon iqtisodiyotining kelajagi ushbu signallarning inobatga olinganligi, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga bog‘liq. Umid qilamizki, O‘zbekistonda oxirgi uch yarim yil davomida amalga oshirilgan islohotlar xalqimiz boshiga tushgan bu sinovni katta talafotlarsiz yengishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy faoliyat hamisha iqtisodiy resurslar tanqisligi sharoitida amalga oshiriladi va uning samaradorligi turli xil variantlardan eng maqbullarini tanlab olishga bog‘liq. Shu o‘rinda bir g‘oyani keltirmoqchiman. Karantin paytida kam ta’minlangan fuqarolarga kuniga 10 ming so‘mdan yordam puli berilganda ham bir oyda bu 1 trillion so‘mdan oshadi. Ammo bu tariqa amalga oshiriladigan moliyaviy yordamni inflyasiya puchga chiqarishi hech gap emas. Buning o‘rniga sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga qulay foizlarda kreditlar ajratilsa, qo‘shimcha yetishtirilgan mahsulot bozor narxining pasayishiga olib keladi va aholimiz turmush farovonligini ta’minlaydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 milliard so‘mlik bank foizi preferensiyalari qo‘shimcha tarzda 1,5 million tonna sabzavot va 800 ming tonna kartoshka yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Shu vaqtgacha shunga o‘xshash ilmiy yondashuvlarga yetarli e’tibor berilmadi. Natijada keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishiga qaramasdan, O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi nomutanosiblikni hozirgacha bartaraf eta olmayapmiz. Buning asosiy sababi iqtisodiy faoliyat va ichki ilmiy salohiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratilmaganida.
Ilmiylikdan uzoqlashganimizni isbotlaydigan eng oddiy misol - bu misli ko‘rilmagan darajadagi xufiyona iqtisodiyot. Shu bilan bir qatorda, real sektor tarmoqlari samaradorligi mavjud imkoniyatlarga nisbatan juda past ekanligini ham inkor etib bo‘lmaydi va agrar soha bundan mustasno emas. 400 ming gektardan ortiq maydonni egallagan tomorqachilarning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotidagi ulushi respublika ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallab turgan fermer xo‘jaliklarinikidan ko‘ra salmoqliroq. Sabab nimada?
Mana oddiy misol. G‘alla-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi 20 gektarlik xo‘jalikning 15 gektarida g‘alla yetishtiradi. Endi tasavvur qiling, amaldagi xarid narxlar doirasida har gektarga ekilgan g‘alladan olinadigan foyda 1 million so‘mdan oshmasa-yu, yangi traktorning narxi 300 million so‘m bo‘lsa, samaradorlik bo‘ladimi? Qolgan 5 gektarda sabzavot ekiladi, deb faraz qilaylik. Xo‘jalik mexanizmining sayozligi tufayli mahsulot erkin savdo uchun emas, balki qayta ishlash korxonalari buyurtmasi asosida yetishtiriladi. Natijada aholining sabzavotga bo‘lgan talabini qondirish darajasi pasayadi, bu esa dehqon bozorlaridagi narxning o‘sishiga olib keladi. Sanoat korxonalari xomashyoni bozordagidan ancha past narxga sotib olishga majbur, shunday qilinmasa, tayyor mahsulot soliqlar, bank foizlari va boshqa qayta ishlash hamda transport xarajatlari hisobidan eksportga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Demak, fermer xo‘jaligi qolgan ekin maydonlaridan ham yuqori daromad olish imkoniyatiga ega emas. Nega deganda mehnat unumdorligi past, mahsulot tannarxi esa buning aksi. Respublikada bunday tumanlar 38 ta, xo‘jaliklarning umumiy soni esa 20 mingdan kam emas.
Ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlar fermerdan yerni ijaraga olib pomidor ekadi va bir mavsumning o‘zida zamonaviy uy yoki yengil mashina sotib oladi. Fermer esa qarzga botmaganiga shukur kiladi. Ana sizga manfaatlar to‘qnashuvi va bu mikroiktisodiyot darajasidagi kichkina paradokslardan biri. Bundan jumboqliroq narsa shuki, O‘zbekiston 4 million gektar sug‘oriladigan yerga ega mamlakat bo‘la turib, shu paytgacha aholi o‘z daromadlarining 70 foizini, kam ta’minlangan oilalar esa bundan ham ko‘proq qismini ovqatlanishga sarflaydi. Vaholanki, iqtisodiy faoliyati ilm-fanga tayanadigan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich 25-30 foizdan oshmaydi.
Bu holatni qisqa fursatda o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?
Birinchidan, mamlakatimizda agroklasterlar faoliyat boshlaganidan beri uch yil o‘tdi. Ammo sohani boshqarish, ayniqsa, moliyalashtirish tizimini risoladagidek, deb bo‘lmaydi. Bitta xo‘jalik 4-5 klaster tarkibiga kiradi. Bunday holatni boshqa davlatlarda uchratmaysiz. Qizig‘i shundaki, bunday eksperiment iqtisodchi-agronom, hisobchi va muhandislar ishtirokisiz amalga oshiriladi. Karantin sharoitida aholi daromadlari kamayishi ehtimoli ta’sirida kartoshka va sabzavotlarga talab ortmoqda.
Lekin dehqonlarga ajratiladigan bank kreditlari stavkalari qay tarzda yangilanishi borasida haligacha aniqlik kiritilmagan. Agar ular 22-25 foiz darajasida saqlab qolinsa, kartoshkaning yalpi hosili bashorat qilinayotgan 2,8 million tonna emas, balki rasional me’yorlar (2 million tonna)dan ham kam bo‘lishi mumkin. Cheklangan kredit resurslari "Har bir singlimga bir juft sirg‘adan" degan tamoyil asosida emas, balki aniq va samarali loyihalarga asoslanib, birinchi galda, agrosanoat kompleksi va uning rivojlanishiga xizmat qiladigan sohalar o‘rtasida taqsimlansa, oziq-ovqat xavfsizligi tubdan mustahkamlanadi.
Ikkinchidan, chorvaning 90 foizi aholi xonadonlarida boqiladi. Bu esa go‘sht va sut yetishtirish sohasini ilm-fanga tayanib ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash yo‘li bilan rivojlantirishga, pirovardida narxlarni pasaytirishga imkoniyat bermaydi. Pandemiya tufayli chorvachilik sohasida qo‘shimcha qiyinchiliklar vujudga kelish ehtimoli katta. Shuning uchun moliyalashtirish tizimi o‘ziga xos tomonlarni inobatga olgan holda takomillashtirilishi lozim. Parallel tarzda hal etilishi zarur bo‘lgan dolzarb masala - bu vaqtni boy bermasdan mustahkam ozuqa bazasini yaratishga kirishishdir.
Uchinchidan, agrosanoat sohasining xo‘jalik mexanizmi ichki bozor talablarini qondirish tomon qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Chunki yuqorida qayd etilgan nuqsonlar ta’sirida oddiygina 1 litrlik idishga qadoqlangan pomidor-bodring konservasi yangi yilga yetmasdan 10 ming so‘mga chiqadi.
To‘rtinchidan, statistik faoliyatni zamon talabi darajasiga keltirish lozim. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilda 11 million tonnaga yaqin sabzavot yetishtirilgan. Rasional me’yorlarga ko‘ra, mamlakat aholisining sabzavotga bo‘lgan yillik ehtiyoji 3,5 million tonnani tashkil etadi. 1 million tonnaga yakin mahsulot eksport qilingan. Agroklasterlarning yillik qayta ishlash quvvati 500 ming tonna atrofida. Ko‘rinib turibdiki, raqamlar bir-biriga qovushmaydi. Sabab shundaki, na tomorqalarda, na fermer xo‘jaliklarida hisobot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Joylarda esa ushbu muammoni raqamli iqtisodiyotga tayanib bartaraf etishga qaratilgan hech qanday intilish ko‘zga tashlanmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, ichki bozorni dehqonchilik mahsulotlari bilan to‘yintirish, ularni aholimizning to‘lovchanlik qobiliyatiga mos keladigan narxlarda ishlab chiqarish, pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaning eng qulay va samarali vositasi. Ushbu maqsadga erishishning asosiy yo‘li - bu shubhasiz, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirishdir. Buning uchun ixtisoslashtirilgan, innovasion texnologiyalarga asoslangan yirik davlat agrosanoat birlashmalarini tashkil etish kerak va ularni pandemiya tugagach, hech qanday qiyinchiliklarsiz xususiylashtirish mumkin.
Shunday yo‘l tutsak, agrar sohaga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini tezroq joriy etib, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatidan to‘laqonli foydalanish, pirovard natijada uning raqobatbardoshligini ta’minlash istiqbollari kengayadi. Mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirib, ham aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga, ham mehnat migrasiyasi torayishidan kelib chiqadigan muammolarning oldini olishga erishamiz. Raqamli iqtisodiyot va marketing tadqiqotlariga tayanib davlat va oilalar byudjetini maqbullashtirisha olsak, inflyasiya sur’atlari va bank foizlari keskin pasayadi. Natijada investision faoliyatning samaradorligi oshadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishga asosan ichki potensial hisobidan erishishga imkoniyat yaratadi. Bizda boshka yo‘l tutishning iloji ham qolmayapti. Nega deganda bundan keyin xorijiy investorlar o‘z imkoniyatlarini koronavirus keltirib chiqargan muammolar yechimiga qaratishga majbur bo‘lishadi.
Tan olish kerakki, pandemiya uzoq yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyotida vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratmoqda. Mavjud muammolar va ularning yechimiga xizmat qiladigan takliflarni biz faqat agrar soha misolida ko‘rib chiqdik. Ammo Prezidentimiz ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda iqtisodiyotimizning barcha sohalari takomillashtirishga muhtoj.
Bunday holat respublika va mahalliy boshqaruv organlaridan ilmiy salohiyatga tayanish va jadallik bilan noan’anaviy usullarni qo‘llash yo‘liga o‘tishni taqozo etadi.
Download 84,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish