1. Mamlakatimizda diniy ekstremizm, terrorizm va uyishgan jinoyatchilikka qarsi kurash


S) Narkotik vositalarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va noqonuniy aylanishi



Download 46,03 Kb.
bet3/4
Sana08.07.2022
Hajmi46,03 Kb.
#757803
1   2   3   4
Bog'liq
2 5206587822701549279

S) Narkotik vositalarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va noqonuniy aylanishi
1. Narkotiklar va psixotrop moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish, aylantirish va suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlar va boshqa ularga taalluqli jinoyatlar to‘g‘risida axborot va ma’lumot almashish.
2. Narkotik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning yangi turlari to‘g‘risida axborot almashish va shuningdek, bundan moddalarni qidirish, topish va namunalarini almashish bilan bog‘liq bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va usullar bo‘yicha tajriba almashish.
3. Tezkorlik masalalari bo‘yicha, shu jumladan alohida ishlarda Tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda «Nazorat ostida etkazib berish» kabi masalalarni tergov qilish usuli bo‘yicha o‘zaro yordam ko‘rsatish.
4. Ushbu sohada ichki qonunchilik va huquqiy tartiblarga oid adabiyotlar va matnlar bilan almashish.
3-modda
1. Tomonlar o‘zlarining vakolatli organlari orqali va o‘z davlatlarining qonunchiligi va qoidalariga muvofiq hamkorlikni mustahkamlaydilar hamda yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarga aloqador jinoyatchilarni qidirishda va qamoqqa olishda ko‘maklashadilar.
2. Ushbu Bitim jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish va ekstraditsiya masalalariga daxl qilmaydi.
4-modda
Tomonlar barcha shakllardagi terroristik harakatlar, transmilliy va uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va ularga barham berish uchun va shuningdek o‘z hududlaridan bunday jinoyatlarni rejalashtirish, uyushtirish yoki sodir qilish uchun foydalanmaslik bo‘yicha, shu jumladan ularning mamlakatlariga terroristik va jinoiy unsurlar guruh bo‘lib yoki yakka holda kirishining yoki turishining, moliyaviy yordam olishining, jismoniy yoki harbiy tayyorlanishining oldini olish bo‘yicha qattiq va ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘radilar.
5-modda
Tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar:
1. Ekspertlar va mutaxassislar bilan almashish va shuningdek uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda va ushbu Bitimning 2-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni tergov qilishda qo‘llanadigan eng yangi usullarga o‘rgatish uchun ish tajribasini almashish.
2. Ta’lim va mutaxassislarni va texniklarni tayyorlash sohasida tajriba almashish, shuningdek maxsus institutlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish.
3. Jinoyatchilikka qarshi kurashning yuqorida ko‘rsatilgan sohalarga va xavfsizlikning boshqa sohalariga oid nashrlar, tadqiqot ishlari va kitoblar bilan almashish, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu sohada o‘tkaziladigan seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish.
6-modda
1. Terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotik vositalar va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qilish uchun Tomonlar Qo‘shma qo‘mita tuzadilar.
2. Qo‘shma qo‘mitaning huquqiy maqomi va ish tartibi alohida protokollar doirasida belgilanadi.
3. Bu majlislarning moliyaviy va moddiy xarajatlarini qabul qiluvchi Tomon to‘laydi. Xalqaro transport yo‘l kirasini jo‘natuvchi Tomon to‘laydi.
7-modda
1. Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik Tomonlar vakolatli organlarining so‘rovlar asosida amalga oshiriladi.
2. Bunday so‘rovlarni Tomonlar vakolatli organlari yozma shaklda rasmiylashtirishlari kerak.
3. Ko‘maklashish to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagilar bor bo‘lishi kerak:
a) so‘rayotgan organ nomi;
b) so‘ralayotgan organ nomi;
v) masalaning mohiyati bayoni va uning asosliligi va shuningdek so‘rovni bajarish uchun zarur axborot.
4. So‘rovni bajarishga rad javobi berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda so‘rayotgan Tomon rad javobining sababi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi.
8-modda
Tomonlar maxfiy axborotni boshqa Tomonning ruxsatisiz oshkor qilmaydilar.
Ushbu Bitim doirasida olingan materiallar, axborot, ilg‘or texnika vositalari va uskunalar ularni bergan boshqa Tomonning dastlabki yozma roziligisiz uchinchi Tomonga taqdim etilmasligi va berilmasligi kerak.

Download 46,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish